Ta’lim asoslari


Download 182.03 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi182.03 Kb.
#1580462
1   2   3
Bog'liq
2-topshiriq

Abduqodir Shakuriy ijodi.

  • Birinchi navbatda, alifbe tuzadi. «Rahnamoi savod», deb atalgan bu kitob yaxshi qog'ozda nasta’liq xati bilan yozilgan edi. Shakuriyning shogirdi, yozuvchi Rahim Hoshimning aytishiga qaraganda, bu kitobda so'zlar bo'g'inlarga ajratib ko'rsatilgan, kitob oxirida o'qish uchun kichik-kichik matnlar berilgan ekan. Shakuriy ko'pyillik pedagogik faoliyati natijasida bolalarni o'qitishda «tovush-harf» metodi(har bir tovushni alohida harf bilan yozish)ning qulay va oson ekanligini aniqladi va 1913-yili uning rahbarligida o'z shogirdlaridan va Samarqandning mashhur pedagoglaridan biri Ismatulla Rahmatullaev tovush-harf usuli asosida yangi alifbe tuzdi.

Abduqodir Shakuriy ijodi.

  • Bu kitob Toshkent shahrida nashr qilindi. Kitobning kirish qismida tez va osonlik bilan savodli bo'hsh masalasiga oid metodik maslahatlar beriladi. «Alifbe ta’limi» Ismatulla Rahmatullaevning 10-12 yillik ijodiy ishlari va uning ustozi Abduqodir Shakuriyning ko'pyillik amaliy faoliyatining natijasida yaratildi. Ular ko'pyillar davomida boshlang'ich ta’limning turh metodlarini qo'llash, o'z tajribalari, yangi usuldagi o'qish-o'qitish usullari va ko'pdan-ko'p alifbe kitoblarini o'rganish, umumlashtirish asosida bu kitobni tuzdilar. Alifbe 46 betdan iborat bo'lib, taxminan 90 dars uchun mo'ljallangan.

Abduqodir Shakuriy ijodi.

  • Shakuriy tomonidan 1907-yili yozilgan ikkinchi kitob «Jome’ ul hikoyat»(«Hikoyatlar to'plami»)dir. U qayta tuzatilib, to'ldirilib, 1911- yili ikkinchi marta nashr qilingan. Kitob boshlang'ich maktabning ikkinchi sinfi uchun xrestomatiyadir. Yetmish ikki betli bu kitobning matni nafis qog'ozda aniq, chiroyli xat bilan yozilgan. Birinchi qismiga tarbiyaviy ahamiyatga molik 48 kichikkichik hikoyalar kiritilgan. Ikkinchi qismida mumtoz yozuvchilarning asarlari va tarjimalaridan olingan 15 she’riy parcha berilgan. Kitobning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, undagi o'quv materiallarining hammasi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Xulosa

  • Xulosa o’rnida shuni aytaolamizki, Abduqodir Shakuriyning pedagogika sohasining rivojlanishidagi sa’y- harakatlari tahsinga loyiqdir. Shakuriylаr хаlq оmmаsining ko’prоq yuqоri qаtlаmini ziyoli qilish оrqаli o’z mаqsаdlаrini аmаlgа оshirishdi va «ilm-mаrifаt shundаy bir vоsitаki, uning yordаmidа butun bir ijtmоiy tuzumni yaхshi tоmоngа o’zgаrtrish mumkin, lеkin buning uchun mаrifаt ishlаridа, hаmmаning mаnfааtlаrini birgа qo’shish kеrаk», dеgаn bаrchа dаvrlаr uchun dоlzаrb fikrni ilgаri surishdi vа аnа shuni хisоbgа оlib mаktаblаr tаshkil etshdi.

Download 182.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling