Taʼlim elementlarini o‘zlashtirish natijalarini baholash. Baholash turlari va mezonlari. O‘qituvchi: U. X. Xayrullayev Reja
Download 0.59 Mb.
|
3-mavzu
Baxolash tartibi va mezonlari
31. Talabaning xar bir fan bo’yicha o‘zlashtirish darajasi talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalari 5 baxolik tizimda amalga oshiriladi. 32. Talabaning semestr mobaynidagi xar bir fan bo‘yicha o’zlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baxolanadi, 33. Talabalar bilimini xisobga olish elektron tizimida aloxida baxolanadigan kurs ishi (loyixa, jadval-xisoblash ishi), amaliyot (stajirovka), yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha o’zlashtirish 5 baxolik tizimda amalga oshiriladi, 34. Nazorat unga ajratilgan maksimal ballning l00 foizidan kelib chikkan xolda baxolanadi, Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baxolashda quyidagi namunaviy mezonlardan (bundan buyon matnda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) kelib chikish tavsiya etiladi a) 90-100 % (”a’lo”) olish uchun talaba (ta’lim kredit tizimi sharoitlarida amalga oshirilganda 87-100 foiz (”a’lo”)): b) 80-89 % (”yaxshi”) olish uchun talaba (ta’lim kredit tizimi sharoitlarida amalga oshirilganda 73-86 foiz (”yaxshi”)) v) 60-79 % (”qoniqarli”) olish uchun talaba (ta’lim kredit tizimi sharoitlarida amalga oshirilganda 60-72 foiz (”konikarli”)) g) talabaning bilim darajasi 0-59 foiz (”qoniqarsiz”) ga baxolanadi Qayta o‘qishni tashkil etish 36. Kredit-modul tizimi joriy etilgan kurslarda taxsil olayotgan talaba, akademik qarzdorligi bo‘lgan fanidan qayta ta’lim olish uchun ta’til vaqtida o’z hisobidan (qarzdorlik saqlanib qolinayotgan fanga ajratilgan kredit miqdorida mos qiymatda mablag’ to’lash orqali) qayta o’qish huquqiga ega. Qayta o’qish davomida talaba mazkur yo’riqnoma asosida baholanadi, Akademik qarzdor talabaga qayta topshirishda nazoratlar uchun ajratilgan maksimal ballning 60 foizidan ortiq ball qo‘yilishi mumkin emas. 37.Ta’til davomida akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talabalar akademik qarzdorligi mavjud fanlari kelgusi o’quv yili (semestr)da o‘qitilishi belgilangan fanning uzviy davomi bo‘lmasa tegishli fanlar bo‘yicha akademik qarzdorlikni qayta o‘qish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga, o‘qitilishi belgilangan fanning uzviy davomi bo‘lsa, uzviy davomi bo’lgan fanni kelgusi o’quv yilida o‘qish sharti bilan keyingi o’quv yili (semestr)ga) o’tkaziladi. Davlat granti asosida taxsil olayotgan talabalarga akademik qarzdorlik bartaraf etilmaguncha stipendiya to‘lanmaydi. Ushbu qoida bakalavriat yoki magistratura bosqichida nazariy o‘qishning oxirgi semestrida o‘tiladigan o’quv fanlariga tatbiq etilmaydi. Talabani bosqichdan-bosqichga o‘tkazish uning GPA qiymatini xisobga olgan xolda amalga oshiriladi, GPA qiymati 2,6 dan past talaba qayta o‘qish uchun tegishli bosqichda qoldiriladi. Kursda qoldirilgan talaba amaldagi qonunchilikka ko‘ra, shartnoma to‘lovini akademik qarzdor bo‘lib qolgan fanining kreditiga mos miqdorda amalga oshiradi. Talabaning boshqa fanlar bo‘yicha to‘plangan kreditlari saqlanib qolinadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling