Taʼlim elementlarini o‘zlashtirish natijalarini baholash. Baholash turlari va mezonlari. O‘qituvchi: U. X. Xayrullayev Reja


Nazorat turlari va baxolash mezonlari


Download 0.59 Mb.
bet2/6
Sana13.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1090192
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu

Nazorat turlari va baxolash mezonlari
6. Institutda talabalar bilimini nazorat qilish mustaqil ta’lim (MT) topshiriqlarini himoya qilish hamda yakuniy nazorat (YaN) turini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi,
MT topshiriqlarini bajarish, himoya qilish va yakuniy nazorat jadvallari, shakllari, MT topshiriqlar himoyalari, YaN nazoratlar uchun belgilangan maksimal va saralash ballari kafedra mudiri tavsiyasi bilan fakultet O‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o‘quv dasturi (sillabus)da mashg‘ulot turlari bilan birgalikda ko‘rsatiladi, (Maksimal va saralash ballari har bir MT topshiriq uchun belgilanadi).
Talabaning MT topshiriqlarni, amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlarida faolligi (DF) ni baholash
7. MT topshiriqlarni himoya qilish semestr davomida ishchi fan dasturining (sillabusning) tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida, fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi grafik asosida o‘tkaziladi.
8. MT topshiriqlarni bajarish turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirish mumkin.
Talabaning mustaqil ravishda bajargan topshirqlarining yozma bayoni (ma’ruza va referat matnlari, konspektlari, topshiriq daftarlari, nazorat ishlari, ijodiy ishlar, taqrizlar va maqolalar va h.k.) kafedraga topshiriladi, qat’iy grafik bo‘yicha kafedra komissiyasida taqdimot (prezentatsiya) shaklida himoya qilinadi.
9. Himoya paytida taalaba ishning mazmuni va mohiyatini gapirib berishi, savollarga javob berishi, tushuntirib va asoslab bera olishi, chuqur o‘zlashtirganligini namoyon bo‘ilishi, topshirishi bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda bajarganligini isbotlay olishi lozim.
10.Himoyada ma’ruza va amaliyot o‘qituvchilari bahoni bir qatorda kafedradan yana kamida bir kishi (ekspert) ishtirok etadi. Ekspert ximoyagacha baljarilgan topshiriqning yozma bayonini (referat, konspek, ma’ruza, amaliy topshiriqlar bajarilgan daftar, ijodiy ish namunalari va h. k.) ko‘rib chiqib, /qisqacha xulosa (taqriz) beradi va talabaning bilim olish faoliyatini baholashda ushbu xulosa e’tiborga olinadi.
11. Talabaning MT bo‘yicha faoliyatini baholashda uning topshiriqlarni qanchalik to‘liq, to‘g‘ri va sifatli bajarganligi, yangi bilimlarni o‘zlashtrish darajasi, topshiriqlarni bajarishga qanchalik ijodiy yondashganligi, topshiriqlarni bajarish muddatiga qanchalik amal qilganligi hisobga olingan holda ball qo‘yiladi.
12. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlarida faolligi (DF), amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradigan fan o‘qituvchisi tomonidan dars davomida baholab boriladi. Bunda:
talabaning darsda faolligi; fan o‘qituvchisi tomonidan berilgan uy vazifalarni va qo‘shimcha topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri, aniq va mustaqil tushingan holda bajarganligi; laboratoriya topshiriqlarini nazariy va amaliy bilimlardan to‘g‘ri foydalangan holda bajarishi inobatga olinadi.
13. MT va DF bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish natijalari qaydnomada belgilangan ustunga qayd etiladi va jamlanmasi hemis.uzfi.uz platformasiga kiritiladi, baholash nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling