Ta’lim fakulteti
Ma’lumotlarni himoyalashning kriptografik usullari
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Referat namuna
3 Ma’lumotlarni himoyalashning kriptografik usullari
Axborotni qayta akslantirish yordamida himoyalash muammosi inson ongini uzoq vaqtlardan buyon bezovta qilib kelgan. Kriptografiya tarixi – inson tili tarixi bilan tengdosh. Hatto dastlabki xat yozish ham o`z-o`zicha kriptografik tizim hisoblangan, chunki qadimgi jamiyatda faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar. Qadimgi Egipet va Qadimgi Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo`laoladi. Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya alohida fan sifatida vujudga keldi. Dastlabki kriptotizimlardan eramizning boshlaridayoq foydalanilgan. Sezar’ o`z xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan. Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush yillaridan so`ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik usullar yaratishni tezlashtirdi vaularning mukammalligini oshirdi. Kriptologiya – axborotni qayta akslantirib himoyalash muammosi bilan shug`ullanadi (krurtos – maxfiy, sirli, logos - fan). Kriptologiya ikki yo`nalishga bo`linadi – kriptografiya va kriptoanaliz. Bu ikki yo`nalishning maqsadlari qarama- qarshi. Kriptografiya –axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq qiladi. Kriptoanaliz – kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o`rganadi. Zamonaviy kriptografiya quyidagi to`rtta bo`limlarni o`z ichiga oladi: 1. Simmetrik kriptotizimlar. 2. Ochiq kalitli kriptotizimlar. 3. Elektron imzo tizimlari. 4. Kalitlarni boshqarish. Shifrlashning simmetrik kriptotizimida shifrlash va rasshifrovka qilish uchun bitta kalitning o`zi ishlatiladi. Demak, shifrlash kalitidan foydalanish huquqiga ega bo`lgan har qanday odam axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. Shu sababli, simmetrik kriptotizimlar maxfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya’ni shifrlash kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin. Shifrlashning simmetrik kriptotizimi sxemasi 1.3.1-rasmda keltirilgan. 1.3.1-rasm.Simmetrik shifrlash kriptotizimining sxemasi Simmetrik shifrlashning noqulayligi - axborot almashinuvi boshlanmasdan oldin barcha adresatlar bilan maxfiy kalitlar bilan ayirboshlash zaruriyatidir. Simmetrik kriptotizimda maxfiy kalitni aloqaning umumfoydalanuvchi kanallari orqali uzatish mumkin emas. Maxfiy kalit jo`natuvchiga va qabul qiluvchiga kalitlar tarqatiluvchi himoyalangan kanallarorqali uzatilishi kerak. Asimmetrik kriptotizimlarda axborotni shifrlashda va rasshifrovka qilishda turli kalitlardan foydalaniladi: • ochiq kalit K axborotni shifrlashda ishlatiladi, maxfiy kalit k dan hisoblab chiqariladi; • maxfiy kalit k, uning jufti bo`lgan ochiq kalit yordamida shifrlangan axborotni rasshifrovka qilishda ishlatiladi. Maxfiy vaochiq kalitlar juft-juft generasiyalanadi. Maxfiy kalit egasida qolishi va uni ruxsatsiz foydalanishdan ishonchli himoyalash zarur (simmetrik algoritmdagi shifrlash kalitiga o`xshab). Ochiq kalitning nusxalari maxfiy kalit egasi axborot almashinadigan kriptografik tarmoq abonentlarining har birida bo`lishi shart. Kalit k1=k2 Jo`natuvchi Shifrlash С=Е k1 (M) Tiklash M=D k2 (C) Qabul qiluvchi Yovuz niyatli shaxs Маtn М Yopiq matn C Маtn M Asimmetrik shifrlashning umumlashtirilgan sxemasi 1.3.2-rasmda keltirilgan. 2.3.2-rasm.Asimmetrik shifrlashning umumlashtirilgan sxemasi. Hozirgi vaqtda turli xavfsizlik tizimlarida ko`proq asimmetrik kriptotizimlar qo`llanadi. Jumladan, O`zbekistonning ma’lumotlarni kriptografik shifrlash va elektron raqamli imzoni shakllantirish vatekshirish bo`yicha davlat standartlariga asos qilib olingan RSA kriptoalgoritmi ham asimmetrik kripalgoritmlar turiga kiradi. Shifrlash algoritmlari kriptografik akslantirishlarining xususiyatlariga va qo`llaniladigan kalitlardan foydalanish qoidalariga ko`rasinflanishi mumkin. Agar shifrlash jarayonidaochiq ma’lumot alfaviti belgilari shifr ma’lumot alfaviti belgilariga almashtirilsa, bunday akslantirishga asoslangan shifrlash algoritmi o`rniga qo`yish shifrlash sinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayonida ochiq ma’lumot alfaviti belgilarining o`rinlari almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi o`rin almashtirish shifrlash sinfiga kiradi. Ko`rinib turibdiki, o`rin almashtirish shifrlash algoritmlarida ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilarining ma’nosi shifr ma’lumotda ham o`zgarmasdan qoladi. Aksincha, o`rniga qo`yish shifrlash algoritmlarida shifrma’lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilari ma’nosi ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilarining ma’nosi bilan bir hil bo`lmaydi. Shifrlash jarayonida o`rniga qo`yish va o`rin almashtirish akslantirishlarining kombinasiyalaridan birgalikda foydalanilsa, bunday Kalit1 Kalit 2 Jo`natuvchi Shifrlash С=Е k1 (M) Tiklash M=D k2 (C) Qabul qiluvchi Yovuz niyatli shaxs Маtn М Yopiq matn C Маtn M |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling