Ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika


Download 71.02 Kb.
Sana22.11.2023
Hajmi71.02 Kb.
#1793431
Bog'liq
Yashil refarat


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
SIRTQI BO‘LIM MENEJMENT YO'NALISHI
YASHIL IQTISODIYOT

fanidan


Yashil iqtisodiyotga o'tish siyosatining iqtisodiy dastaklari”

mavzusiga







Bajardi: Menejment yo'nalishi 692-21 guruh talabasi

Djabbarov Donobek


Qabul qildi: Boytanov O'rol

Jizzax – 2023-yil






M U N D A R I J A













1

KIRISH……………………………………………………………




2

Asosiy qism:




2.1

I BOB. Mamuriy dastaklari
2.1.2 Utilashtirish dasturi







2.1.3 Ekologik soliqlar va yigʻimlar




2.2

II BOB. Iqtisodiy dastaklari
2.2.1 Savdo ruxsatnomalari







2.2.2 Mas'uliyat qoidasi va kompensasiya dasturlari




2.3

III BOB. Axborot dastaklari
2.3.1 Yashil iqtisodiyot dastaklarini aralash qoʻllash zarurligi
2.3.2 Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki toʻlovlar




3

Xulosa




4

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………






Mavzu: “Yashil iqtisodiyotga o'tish siyosatining iqtisodiy dastaklari”


Kirish
Globallashuv jarayoni sanoati rivojlangan mamlakatlarning texnologik bazasining sifat jihatidan yangilanishini, ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlik darajasini oshirish bilan birga hayot sifatini va yashash muhitini yaxshilashni ta`minlaydigan yangi texnologik tuzilmaga modernizatsiya qilingan iqtisodiyotga o`tishni talab qilmoqda.
Xorijda bu o`tishni amalga oshiruvchi "yashil o`sish" iqtisodiy siyosati Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) tomonidan barcha a`zolarining uzoq muddatli (2030-yilgacha) rivojlanishi uchun strategik yo`nalish sifatida qabul qilingan. Inqirozga qarshi salohiyat nuqtai nazaridan, eko-innovatsiyalar, yashil investitsiya va, umuman, yashil iqtisodiyot, bandlikni oshirish, ishsizlikni yumshatish, iqtisodiyotning barcha sohalarida faoliyatni rag`batlantirish va retsessiyadan tezroq chiqib ketish imkonini beradi.
Eko-innovatsiyalar barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda, atrof-muhitga zararli ta`sirni kamaytirish va tabiiy resurslardan yanada samarali va oqilona foydalanish orqali sezilarli va aniq o`sishga qaratilgan har qanday yangilik shakli sifatida ta`riflanadi, yashil iqtisodiyotning esa umume`tirof etilgan ta`rifi mavjud emas. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo`yicha mutaxassislari (UNEP) "yashil iqtisodiyot"ni iqtisodiy faoliyat sifatida hisobga olib, bu tushunchani keng tushunishni taklif etadi, ya`ni "yashil iqtisodiyot insonlarning farovonligini yaxshilaydi va ijtimoiy adolatni ta`minlaydi, ekologik xavflarni va tabiatning yemirilib ketishini sezilarli darajada kamaytiradi" degan ta`rifni beradi. "Yashil iqtisodiyot"ning bu ta`rifi deyarli yaxshi ma`lum bo`lgan barqaror rivojlanish kontseptsiyasidan farq qilmaydi. Yana tor ma`noda, "yashil iqtisodiyot"ni ifloslantiruvchi moddalar va issiqxona gazlarining emissiyasini nazorat qilish va kamaytirish, iqlim o`zgarishini kuzatish va prognozlash, shuningdek, energiya va resurslarni tejash texnologiyalarini va qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun texnologiyalarni yaratish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish tushuniladi. Bu binolar va inshootlarni harorat, namlik va shamol yukining keskin o`zgarishlaridan himoya qilish uchun texnologiyalar va materiallarni yaratish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni o`z ichiga oladi; ekologik toza mahsulotlar, shu jumladan, qishloq xo`jaligi (oziq-ovqat, tabiiy tolalar) va iste`mol tovarlarini (kimyoviy qo`shimchalarsiz tabiiy va tabiiy asosda dorilar va shaxsiy parvarish mahsulotlari) ishlab chiqarish, boshqacha aytganda, "yashil iqtisodiyot" iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan birga hayot sifatini va turmush sharoitini yaxshilashga ko`maklashadigan xo`jalik faoliyatining turlari va natijalarini o`z ichiga oladi.
Xulosa
Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, "yashil iqtisodiyot" mintaqaviy rivojlanishni,ijtimoiy barqarorlikka erishishni, "yashil iqtisodiyot" tarmoqlarida yangi ish o`rinlari yaratilishi orqali iqtisodiy salohiyatni oshirishni rag`batlantiradi (5). "Yashil iqtisodiyot", asosan, iqtisodiy taraqqiyotga yordam beradi va yalpi ichki mahsulotning o`sishini, mamlakat daromadlarini oshirishni, aholini ish bilan ta`minlash, mamlakatda ishsizlik darajasini pasaytirishni ta`minlaydi. Shu bilan birga, "yashil iqtisodiyotga" o`tish iqlim o`zgarishi, foydali qazilma minerallarning yo`qolishi va suv resurslarining tanqisligi kabi global tahdidlar xavfini kamaytiradi.Ammo butun jahon rivojlanishini olib qaralsa, uning umumiylik xususiyati namoyon bo`ladi, ya`ni, bugungi dunyo sivilizatsiyasi kuch to`plagan, o'z qudratining eng yuqori nuqtasiga yetgan vaqtda jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishda ekologik yo`naltirilgan model tanlanmas ekan, globallashuv sharoitida butun sayyoraning asta-sekin tanazzulga yuz tutishi va butunlay yo`q bo`lib ketishgacha borish xavfi yuzaga keladi, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Download 71.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling