Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
1-SON 1-TO’PLAM IYUL 2023 yil
187
BADIIY MATNDA KONNOTATIV MA’NONING FONETIK USUL BILAN
IFODALANISHI
(O‘.Hoshimov.“ Dunyoning ishlari” qissasi misolida)
Mo’minova Yulduz Aminboyevna
TGFU O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada badiiy matnda qo‘llanilgan konnotativ ma’noning
fonetik usullar bilan ifodalanishi: tovush o‘zgarishi,
tovush orttirilishi, tovush
tushish jarayonlar badiiy matnlardan to‘plangan misollar asosida o‘rganiladi.
Annotation. In this article, the phonetic expression of the connotative meaning
used in the poetry:
sound change, rising sound, and
falling sound processes are
studied on the basis of examples collected from poetic texts.
Kalit so’zlar: konnotativ ma’no, bo‘yoqdorlik, fonetik usul ,
tovush tushishi,
tovush ortishi , tovush almashish hodisalari, pragmatika , sema va sememia.
Key words: connotative meaning, coloring, phonetic method, falling sound, rising
sound, phenomena of sound exchange, pragmatics, seme and sememia.
Til - kishilar o‘rtasida muhim aloqa vositasi bo ‘libgina qolmay, balki
kommunikativ va ekspressiv vazifalarni ham bajaradi.
Bu esa tilning nominative
va ekspressiv funksiyaga ega ekanligi, ayniqsa, so‘zda o‘z aksini topadi.
So‘zlar tilda ikki xil ma’noda qo‘llanadi: denotativ (atash) va konnotativ
(qo‘shimcha) kabi. So‘z ma’nosida faqat denotative ma’no
bilan cheklanib
qolmasdan, konnotativ ma’no ham ifodalanadi. Konnotativ ma’noning turlari,
ularning so‘zni til va nutq elementi sifatida olingan holatlarda so‘z semantikasiga
munosabati, shuningdek, fonetik vositalarda ifodalangan konnotativ ma’nolar,