Ta`lim jarayonida axborot-kommunikaciya texnologiyalarining o`rni va ahamiyati Ta`lim jarayonida axborot – kommunikaciya texnologiyalarning o`rni va imkoniyatlari - Reja :
- 1. Ta`lim jarayonida axborot kommunikaciya texnologiyalarining o`rni va imkoniyati;
- 2.Ta`lim jarayonida ishlatiladigan axborot texnologiyalari,texnik,va dasturiy vositalardan foydalanish;
- 3.Zamonaviy o`qish texnik vositasi va klassifkatsiyasi;
- 4.Pedagog – axborot kommunikatsiya komponentligi.
Ta`lim jarayonida axborot – kommunikaciya texnologiyalaridan foydalanish zamonaviy jahon talab darajalariga kiradi,chunki rivojlanib borayabgan XI asrimiz barqaror rivojlanishni,o`sishni talab etadi.Jahon standartlariga mos keluvchi milliy tizimimizda iqtisodiyat,boshqarish,fan va ta`lim samaradorligini oshirish kabi dolzarb omillarni iqtisodiy, tuzilmaviy, va boshqa amallarni amalga oshirish uchun axborotlashtirish sistemasi zarur.O`quv fanlari bo`yicha elektron o`quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o`qitishda zamonaviy axborot – kommunikaciya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.Bu o`z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo`yicha bilimlarini chuqur o`zlashtirishlarining asosiy omili bo`lib, ta`lim – tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi..Bu jarayonlarning amalga oshirilishi ta`lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tatbiq etishni yanada jadallashtirish, professor – o`qituvchilarni ilg`or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan ta`minlash, ularning mahoratini oshirish , xorijiy oliy ta`lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.Ta`lim jarayoniga axborot texnologiyalarini qo`llash har bir o`quvchining dars jarayonida yangi mavzuga oid o`quv materiallari bilan mustaqil ishlash imkoniyatini yaratib beradi.Axborot texnologiyalarini qo`llash masofaviy o`qitish imkoniyatlarin ham yaratadi.Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayoniga qo`llash esa, mustaqil ta`limning sifatini oshirish, o`quv jarayoniga ijodiy yondashish, yangi bilimlarni olish malakasini hosil qilishga yordamlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |