Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv
Qayta takrorlanish tamoyili
Download 19.3 Kb.
|
15 – mavzu Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik jarayonda shaxsga yo’naltirilganlikning mohiyati.
- Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning asosiy tamoyillari
7. Qayta takrorlanish tamoyili
Qayta takrorlanish tamoyili, ma’lum fani bo‘yicha ishlab chiqilgan pedagogik texnologik xaritani, turli guruhlarda turdosh ta’lim muassasalarida boshqa sub’ektlar bilan ko‘p marotaba (takroriy) qo‘llash imkoniyatini anglatadi. 8. Samaradorlik tamoyili Ushbu tamoyil, pedagogik texnologiya o‘qitishning ko‘zlangan natijalariga maqbul xarajatlar bilan kafolatli erishish imkoniyatini yaratishini ko‘rsatadi. O‘quv jarayonining samaradorligiga pedagogik texnologiyaning yuqorida bayon etilgan tamoyillari: - ilmiylik, loyihalanish, tizimlilik, maqsadga yo‘naltirilganlik, faoliyat yondashuvi, boshqariluvchanlik, qayta takrorlanuvchanlikni amalga oshirib erishiladi. Pedagogik jarayonda shaxsga yo’naltirilganlikning mohiyati. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning diqqat markazida turli obrazli hayotiy vaziyatlarda ongli tanlashga qobiliyatli, yangi tajribalarni idrok etishga tayyor, o‘z imkoniyatlarni o‘zi amalga oshirishga ishtiyoqmand noyob yaxlit inson turadi. Bunday shaxsning muvafaqkiyati an’anaviy texnologiyadagi bilim va ijtimoiy me’yorlarni tarbiyalanuvchilarga formal uzatishdan farqli ravishda, erkin fikrli shaxsni shakllantirish ekanligini bildiradi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya har bir bolaning individual o‘ziga xosligi bilan bog‘liqlikda ta’lim va tarbiyaning metod va vositalarini izlab topishga harakat qiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya an’naviy texnologiyadagi bolaga avtoritar, mustaqilligini e’tirof etmagan xolda qarashga qarama-qarshi qo‘yiladi. Sevish, g‘amxo‘rlik, hamkorlik asosida shaxs ijodiyligi va o‘zini-o‘zi rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning asosiy tamoyillari individ doimiy o‘zgaruvchan dunyoning markazida joylashadi: har bir kishi uchun borliqni idrok etishda shaxsiy dunyosi muhim ahamiyatga ega. Bu ichki dunyoni hech kim tashqaridan oxirigacha bila olishi mumkin emas; inson borliqni shaxsiy munosabati va tushunishi asosida idrok eta-di; individ o‘zini-o‘zi bilish va o‘zini-o‘zi realizatsiyalashga harakat qiladi, u o‘zini-o‘zi takomillashtirishda ichki imkoniyatlarga ega bo‘ladi; muloqot natijasida erishish mumkin bo‘lgan rivojlanish uchun zarur o‘zaro bir-birini tushunish; o‘zini-o‘zi takomillashtirish, rivojlanish muhit, boshqa odamlar bilan o‘zaro harakat asosida kelib chiqadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yashirin aloqalar natijasida erishiladigan tashqi baho inson, uning o‘zini-o‘zi bilishi uchun juda muhim. Download 19.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling