Ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish
Download 15.56 Kb.
|
2. taqriz X. U. Dexqonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajiniyoz nomidagi NDPI Pedagogika kafedrasi mudiri, p.f.n., professor: A.S. Nauruzbaeva
Dexqonov Xasanboy Ubaydullayevichning “Ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) ixtisosligi bо‘yicha pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya va avtoreferatiga TAQRIZ Uzluksiz ta’lim samaradorligini oshirishning yangi mexanizmi sifatida qaralayotgan klaster modelini yanada rivojlantirish natijasida ta’lim samaradorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini topish, ularning samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali istiqbol natijalarini kafolatlash, shaxsning sifatli ta’lim olishiga xizmat qiluvchi yangicha yondashuv va metodlarni ishlab chiqish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasini yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida PQ-4947-son qarori, 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909 son, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son qarorlari va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertasiya muayyan darajada xizmat qilagan. Dissertasiya kirish, 3 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 141 betni tashkil etadi. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, zarurati, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’ekti, predmeti, uning fan va texnologiyalar rivojining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi asoslanib, ishning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy etilishi, aprobatsiyasi, e’lon qilingan ishlar va tuzilishi keltirilgan. Dissertatsiyaning “Ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik zarurat va pedagogik-psixologik yo‘nalishlari tahlil etilgan. Dissertatsiyaning II bobi “Ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga texnologik yondashuvlar” deb nomlanib, ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari hamda ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlangan. Dissertatsiyanig 3-bobi “ Pedagogik tajriba –sinov ishlarini tashkiletish va asosiy natijalari tahlili” deb nomlanib mazkur bobda esa ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari mazmuni va ularning samaradorlik darajalari ilmiy nazariy va amaliy jihatdan asoslangan hamda tegishli xulasa va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tajriba-tadqiqotda talabalarning axborot ta’limiy resurslar vositasida kasbiy auditiv layoqatini rivojlantirish faqat talabalarning bilim darajasinigina emas, balki bilimlarni tushunish, ularni qo‘llashga yo‘naltirilgan test topshiriqlaridan kengroq foydalanish ishlarini tashkil etdi. Undan tashqari ijodiy, mantiqiy, muammoli topshiriqlar orqali ularning bilim, ko‘nikma, malaka egallash jarayonlarini tashxislashga zamin yaratildi. Dissertatsiya va avtoreferatni o‘qib, tahlil qilish jarayonida yuqorida keltirilgan ijobiy fikrlarga qaramasdan ishda ayrim bahsli, munozarali va izoh talab o‘rinlar ham mavjudligi ma’lum bo‘ldi. 1.Dissertatsiyaning kirish qismi ilmiy apparatini muammoga oid mandaalar tahlili bilan takomillashtirish maksadga muvofiq. 2.Dissertatsiyaning birinchi bobida olimlarning qarashlari yanada kengroq berilganda maqsadga muvofiq edi. 3.Disertatsiyaning 3 bobida tajriba sinov ishlari natijalaridagi yanada aniqlashtirish lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklar tadqiqot ishining umumiy axamiyatiga ta’sir yetkazmaydi, ishning ilmiy qiymatini pasaytirmaydi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda avtoreferat bo‘yicha fikr yuritib shuni ta’kidlash mumkinki, Dehqonov Hasanboy Ubaydullaevichning “Ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya mavzusidagi dissertatsiyasi va avtoreferati OAK tomonidan qo‘yilgan barcha talablarga to‘liq javob beradi va uni muhokamaning keyingi bosqichiga tavsiya etish mumkin. Ajiniyoz nomidagi NDPI Pedagogika kafedrasi mudiri, p.f.n., professor: A.S. Nauruzbaeva Download 15.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling