Pedagogik vazifalar (professor-o‘qituvchi faoliyati):
1. «Metod», «ta’lim metodi», «usul», «qoida» tushunchalarining mohiyatini anglab olinishiga erishish.
2.Ta’lim metodlarini tasniflashga doir zamonaviy yondashuvlarni o‘ziga xosliklarini ajrata olishga o‘rgatish.
3. Ta’lim metodlarini o‘quv jarayoniga qo‘llash ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.
4. Talabalarni ta’lim vositalaridan foydalanish va ularni yaratishga o‘rgatish.
O‘quv faoliyati natijalari (talabalarning o‘quv-bilish faoliyati):
1.Metod», «ta’lim metodi», «usul», «qoida» tushuncha-larining mohiyatini tushunib olishadi.
2.Ta’lim metodlarini tasniflashga doir zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtiradilar.
3.Ta’lim metodlarini o‘quv jarayoniga qo‘llash ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishadi.
4. Ta’lim vositalaridan foydalanish va ularni yaratishga o‘rganadilar.
NAZARIY MA’LUMOTLAR:
Metod - grekcha metohodos - biron-bir narsani bilish yo’li degani. Metod, umuman olganda, ma’lum maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan faoliyat usullari yig`indisidir.
O’qitish metodlari muammosi didaktikadagi eng asosiy, dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bu masalaning to’g`ri hal etilishi orqali o’qitishning barcha sohalari samaradorligi tahmin etiladi. Yosh, endi ish boshlayotgan o’qituvchi o’quvchilarni bilmaslikdan bilishga tomon yetaklash borasida katta qiyinchiliklarga uchraydi. Qanday yo’l, usul yoki vosita bolalarning chuqur, mustaqil, keng qamrovli bilim olishini ta’minlaydi, ijodiy fikrlash sari yetaklay oladi, mustaqil bilish faoliyatini yo’lga qo’ya oladi? Bu masalani o’qitish metodlari hal etadi.
Ayni vaqtda, pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta`riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Mazkur o’rinda ularning ayrimlarini keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |