TA’lim metodlari va vositalari


bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi


Download 79.81 Kb.
bet42/56
Sana03.11.2021
Hajmi79.81 Kb.
#170368
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56
Bog'liq
Qayumova

bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi;

jonli til, o’z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish;

auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o’quvchilarning aqliy faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;

ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi;

ma’ruzaning asosiy qismlarini o’quvchilar tomonidan qayd etib (yozib) borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;

zarur (yozib olinadigan) o’rinlarni oldindan ajratib qo’yish;

o’rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida, qabul qilish va ularning mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko’rgazmalar (namoyish, illyustratsiya, videofil’m va boshqalar)dan foydalanish;

alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma’ruzani seminar, amaliy mashg’ulotlar bilan uyg’unlashtirish.

Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko’rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.

Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko’rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko’rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko’rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo’nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo’ladiki, shaxs tomonidan o’zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko’rish retseptorlari yordamida o’zlashtiriladi. Demak, o’zbek xalqi tomonidan ko’p bora qo’llaniladigan «YUz marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan.


Download 79.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling