TA’lim metodlari va vositalari


Download 79.81 Kb.
bet44/56
Sana03.11.2021
Hajmi79.81 Kb.
#170368
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
Qayumova

Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko’proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin bo’lavermaydi. SHu bois o’qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog’ida, turli o’simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy ravishda yaratilgan ob’yektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.

Bu metod yordamida o’qituvchi o’quvchilarni mustaqil ravishda ob’yektlarni o’rganish, zaruriy o’lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o’rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so’z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo’naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o’quvchilarning yoshiga mos holda to’g’ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo’naltirishiga bog’liqdir.


Download 79.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling