Ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari reja
Download 99.5 Kb.
|
TA`LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYA
TA`LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYA DARSLARINI TASHKIL QILISH VA O‘TKAZISH USULLARI Reja: 1. Jismoniy tarbiya ta’limining maqsad va vazifalari 2. Jismoniy tarbiya darsining pedagogik tuzilishi 3. Umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarining jismoniy tarbiyasining asosiy shakllar O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuniga ko`ra Davlat ta’lim standarti davlatning ta’lim sohasida o`z fuqarolari oldidagi va har bir fuqaroning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini aks ettiradigan asosiy hujjatlardan biridir. Ta’limtarbiya muassasalarida ta’lim uzluksizligi davomida tegishli saviyani ta’minlovchi Davlat ta’lim standarti har bir shaxsga ijtimoiysiyosiy,iqtisodiy va shaxsiy muammolarini hal etishga to`laqonli kirishish imkoniyatini beradi. “Ta’lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim olish yo`llarining xilma-xilligi sharoitida har bir ta’lim muassasasi “jismoniy tarbiya” maktab kursining maqsadi o`quvchilarning sog`lig`ini saqlash va mustahkamlash, jismoniysifatlar va imkoniyatlarini rivojlantirish, ularda jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirishni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratib berishga majburdir. Umumiy o`rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo`yicha Davlat ta’lim standarti “Jismoniy tarbiya vata’lim” kursi mazmuniga,o`quv yuklamasi hajmiga(o`quv rejasidagi o`quv soatlari), majburiy jismoniy tayyorgarlik darajasiga(jismoniy sifatlarning rivojlanishi, harakat malaka va ko`nikmalarining shakllanishi), sutka, hafta, yil davomidagi harakat rejimining majburiy hajmiga; o`quvchilarning nazariy tayyorgarligiga (jimoniy tarbiya, gigiyena, shifokor nazorati, sport tibbiyoti, o`zo`zini nazorat va boshqalar) qo`yiladigan talablar yig`indisini belgilab beradi. Mazkur standart o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari, shuningdek, shaxsning asosiy ma’naviy, axloqiy va jismoniy sifatlari doirasini tartibga soladi; o`quvtarbiya jarayoniga miqdoriy va sifat jihatdan baho berish tartibi va usullarini ko`rsatadi. Jismoniy tarbiya ta’limining asosiy vazifalari: - jismoniy madaniyat ta’limi ning darajasiga mosligi va barcha uchun barobarligini ta’minlash; jismoniy tarbiya mazmunining halqaro mezonlarga mosligini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida o`quvchilarni jismoniy imkoniyatlari va bilimlariga ko`ra jahon darajasiga olib chiqish; - jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini tartibga solish; - turli yo`nalishlarda jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini nazorat qilish va boshqarish; - ta’limni insonparvarlashtirish; - jismoniy tarbiya ta’limi sifatini oshirish. “Jismoniy tarbiya” maktab kursi maktabning o`quvchilar sog`lig`ini saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish, hayotiy zarur harakatlar ma laka va ko`nikmalarini shakllantirish, o`z-o`zini jismoniy takomillashtirish istak va ehtiyojlarini shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy qiziqishlarni o`stirish faoliyatida asosiy bo`g`in hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va ta’lim maktab kursining tarkibi. “Jismoniy tarbiya va ta’lim” kursi umumiy o`rta ta’limda quyidagilardan tarkib topadi: - jismoniy tarbiya darslari - maktabda jismoniy tarbiya va ta’limning asosiy shakli. Ularning miqdori tayanch o`quv rejasida haftasiga 2 o`quv soati hisobidan belgilangan; -harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari: -darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika; -umumiy o`rta ta’lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar; -ko`ngilochar o`yinlar; -jismoniy mashq mashg`ulotlarining sinfdan tashqari shakllari: sport seksiyalari, fakultativlar,o`quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to`garaklar va boshqalar; - umum maktab tadbirlari: bayramlar, sport turlari bo`yicha musobaqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar; - mustaqil mashg`ulotlar: ko`pincha uy vazifalarini bajarish tarzida; BO`SM sport sho`balaridagi mashg`ulotlar, safarlar, o`yinlar va boshqalar. Mashg`ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun 8-10 soat, 5-9-sinf o`quvchilari uchun 10-12 soat harakat rejimini ta’minlab berishi kerak. Belgilangan hajm o`quvchilarning ko`rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir. Nosog`lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o`quvchilar uchun maxsus (individual-differentsial) rejim o`rnatiladi. Jismoniy tarbiya va ta’lim mazmuni, metodik asosi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan jismoniy tarbiya dasturi bilan belgilab berilgan. “Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayoni pedagoglardan maktabda ishlash uchun jismoniy tarbiyaning asosi nimalardan iboratligi, uning mazmuni, tashkil qilinishini, bolalarni harakatga o`rgatish bilishni talab qiladi”. Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayonining maqsadi asta sekinlik bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya darsla ri ta’lim borish (o`qitish), tarbiyalash va sag’lomlashtirish jismoniy tarbiya jarayonining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq “Tanishtirish”, “O`zlashtirish”, “mustahkamlash”, “Takomillashtirish”dek mazmunga ega bo`lgan xususiy vazifalarni qo`yish va uni hal qilishni nazarda tutadi. Yosh avlodni ham jismoniy, ham aqliy jihatdan yetuk va komil etib tarbiyalash vazifasi qo`yilgan davrlarda ikki tarbiyaviy yo`nalishni uyg`un holda olib borish va samaradorligini ta’minlash bosh masala hisoblangan. O`quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi. Umumiy vazifalar – bilim berish, jisman tarbiyalash va sog`lomlashtirishdan iborat bo`lib, xususiylari esa jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standarti dasturidagi maxsus vazifalar tarzida hal qilinadi. xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi: o`quvchilar organizmning sog`ligini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtiris; turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo`lish uchun shu yoshga mos bo`lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish; hayot uchun kerakli harakat malakalari va ko`nikmalarini rivojlantirish va Keyinchalik kerak bo`ladiganlari bilan qurollantirish; o`quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlarni berish; o`quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug`ullanishiga qiziqtirish va unga odatni shakllantirish; o`quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni hal qiladi. Bu vazifalar ma’naviy tarbiyaning elementlari hisoblangan axloqiy ruhiy estetik va mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgalikda o`quvchilarni yoshini ulg`ayishi, jisman tayyorgarligiga qarab o`qitishning ayrim etaplarida aniqliklar kiritiladi va maktab yoshining quyidagi p xil guruhidagi ta’lim tarbiya ishlarida hal qilinadi. Maktab yoshining 6 (7), (10) 11 yoshlilarda (14 sinflar) organizm tabiiy rivojlanishida bo`ladi. Biz uni garmonik rivojlanishini yo`lga qo`yishimiz kerak bo`ladi. Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funktsiyasi, harakat tayanch apparati faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga e’tibor beriladi, bulardan tashqari qomatni to`g`ri tuta bilishga o`rgatiladi. Bu jarayonga shaxsiy gigiyenaqoidalariga oid bilimlar qo`shib berish bilan tarbiya jarayoni yo`lga qo`yiladi. 1215 yoshlilarda (59 sinflar) jismoniy mashqlar o`sayotgan yosh organizmga samarali ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun jismoniy sifatlarni rivojlanishiga qulay imkoniyatlar ochilgan bo`ladi. Jismoniy tarbiyaning jismoniy bilimlar berish vazifasi hayotda uchraydigan harakat malakalarini ratsional texnikasi bilan tanishtirish (gimnastika, yengil atletika, sport o`yinlari, velosipedda yurish va sport taktikasi)ga oid oz bo`lsa ham nazariy tushuncha berishdir. Bu davrda bolalarni “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testining talablari va normalarini topshirishga tayyorlash yo`lga qo`yiladi. Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish natijasida sport mahoratini oshayotganligini, jismoniy madaniyatni jamiyatdagi roli va ahamiyatini tushuntirish jarayoni yo`lga qo`yiladi. Asta sekinlik bilan tashkilotchilik qobiliyati takomillashtiriladi, musobaqa qoidalari o`zlashtiriladi, hakamlik qilish malakalari rivojlantiriladi va chiniqtirish maqsadida tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlaridan fo ydalanishga o`rgatish lozim bo`ladi. 16-18 yoshdagi umumta’lim maktabi, akademik litseylari va kasb hunar Kollejlarining o`quvchilari organizmi yoshi ulg`aygan sari baquvvatlashadi. Jismoniy tarbiya esa bu jarayonni yanada kuchaytirishga yo`naltiriladi. Jismoniy mashqlar bilan tizimli shug`ullanish ta’lim tizimining shu yoshdagilarida ish qobiliyatini yaxshilash, asosiy harakat faoliyatlari uchun chidamlilik zahiralarini oshirish, o`z tanasini boshqara olish, kuch, tezkorlik, chaqqonlik va boshqa har kim jismonan garmonik tarbiya alomatlarini chuqurlashtirishga e’tiborni qaratadi. Organizm o`sib borar ekan uning funktsional imkoniyatlarini oshib borishi ham tabiiy.Oldin egallangan harakat malakalari zahirasi bazasida yangi, keyin egallanishi lozim bo`lgan harakat malakalari uchun poydevor yaratiladi. Bu yoshdagilarda ularning jismoniy madaniyat sohasidagi bilimlarni boyitish, spor trenirovkasi asoslari, sportchini o`z- o`zini nazorat qilishi qoidalariga o`rgatish maqsadga muvofiq bo`ladi. Jismoniy tarbiya vositalari. 6 (7) - (10) 11 yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi uchun asosiy vosita qilib asosiy gimnastika, harakatli o`yinlar, rolikli konkida, velosipedda yurish, ekskursiya va sayohat hamda tabiat qo`ynida o`ynaladigan o`yinlar va jismoniy mashqlar olingan. Bu yoshdagilarda suzish, Tennis bo`yicha muntazam mashg`ulotlar uyushtirish mumkin. Sog`ligi yomonlashgan bolalarga maxsus mashg`ulotlar – davolash gimnastikasi tarzidagi yoki maxsus tibbiy guruhga ajratilgan bolalar uchun alohida mashg`ulotlar yo`lga qo`yiladi. 16-18 yoshdagilar uchun jismoniy tarbiya vositasi qilib asosiy gimnastika (kichik yoshdagilarga nisbatan og`irroq mashqlar bilan), tanani boshqarish mashqlari, “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testi mashqlari, to`siqlardan oshish, jamoa bo`lib o`ynaladigan harakatli o`yinlar (osonlashtirilgan qoidada) va boshqalar olinadi. Bu yoshda sport o`yinlariga, gimnastika, yengil atletika, rolikli konkida yurish, yugurishdek sport turlarida bolalar yuqori natijalariga erishishlari mumkin. Bulardan tashqari ularda turistik poxodlar, piyoda yurish, krosslar hamda dalada o`ynaladigan va harbiylashtirilgan o`yinlar o`tkazilishi mumkin. 16-18 yoshdagilar uchun (litseylar) asosiy va sport gimnastikasi va boshqa sport turlari vosita bo`ladi. Umumiy jismoniy tayyorgarligining ko`rsatkichlari “Alpomish” va “Barchinoy” kompleksi talablari va normalari darajasida bo`lishi lozim. Bulardan tashqari sayir va poxodlar uyushtirilishini tarbiya jarayonidagi samarasi katta bo`lishi mumkin. 2. Jismoniy tarbiya darsining pedagogik tuzilishi Dars ham boshqa jismoniy mashg`ulotlari singari uch qismga: tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga bo`linadi. So`ngra belgilangan qismlarning oldiga qo`yilgan vazifalarni hisobga olgan holda darsning aniq vazifalariga muvofiq uning detallashgan tuzilishini ishlab chiqishga kirishiladi. Natijada, darsning quyidagicha tipik tuzilishi hosil bo`ladi. Tayyorgarlik qismiga avvalo o`quvchilarni dastlabki uyushtirish kiradi. Bu asosan qism xonalarda tartib o`rnatishdan, kiyim kechaklarni va foydalaniladigan asboblarni tayyorlab qo`yishdan, navbatchilar bilan qisqacha instruktaj o`tkazishdan, mashg`ulot o`tkaziladigan maydonchaga chiqishdan oldin o`quvchilarnin saflanishidan va shu kabilardan iborat bo`ladi. Darsning boshlanishida vazifa qo`yish funktsiyasini turli harakatlar ado etishi mumkin: dars oldidan bir qator saflanish, bildirgi berish, diqqat uchun maxsus mashqlar, darsning maqsadini e’lon qilish va boshqalar shular jumlasidandir. Ulardan alohida-alohida yoki kompleks tarzda foydalanish mumkin. Pedagogik jihatdan darsni dastlabki uyushtirish paytida hilma-xil masalalar hal etiladi: o`quvchilarni saflanishga o`rgatish, qomatni to`g`ri tutishga odatlantirish, buyruqni ijro etishda aniqlikka erishish va shu kabilar. Tushuntirish ishlari butun dars davomida uchrab turadi. Aslini olganda darsda har bir yirik masala hal etilishi oldidan va darsni umuman intihosiga yetkazish oldidan shunday bo`lishi kerak. Darsning tashkiliy tomonlarini to`g`ri amalga oshirish o`qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir. Shundagina o`quvchilar batartib harakat qiladigan, butun e’tiborlarini boshlanadigan ishga jalb etadigan bo`ladilar va hokazo. Darsning birinchi qismida boshlanadigan asosiy faoliyatga funktsional tayyorgarlik markaziy o`rinni egallaydi. Bunga me’yorlash oson, tayyorlanish va bajarishga ko`p vaqt ketmaydigan mashqlar yordamida erishiladi. Yurish, sakrash, umumiy rivojlantirish mashqlari, oddiy raqs qadamlari, o`yinlar va o`tgan mashg`ulotlardan o`quvchilarga yaxshi tanish bo`lgan harakatlar shular jumlasidandir. Bu harakatlarni bajarish vaqtida bilim va tarbiya berish vazifalari (tanishtirish, o`rgatish va takomillashtirish, tezlikni oshirish va h. k) hal etilishi mumkin. Biroq har safar bu vazifalarni shunday hal qilish kerakki, unda ishga psixologik va fiziologik kirisha borish keraklicha birin-ketinlikda mumkin qadar Tez, lekin darsning tayyorgarlik qismi doirasidan chiqib ketmay bajarilishi kerak. Darsning tayyorgarlik qismida hal etiladigan vazifalar orasida ham fiziologik omillarga, ham mashqlarning mazmunan birin-ketinligiga mos muayyan mantiqiy aloqadorlik bo`lishi ko`zda tutilishi kerak. Masalan, umumiy rivojlantirish mashqlari kompleksini birin-ketinlik printsipiga rioya qilgan holda ko`pincha quyidagi tartibda bajariladi: kerishish mashqlari; qo`l va yelka kamari uchun mashqlar; oyoqlar uchun mashqlar, cho`nqayishlar; gavda uchun mashqlar; sakrash; muskullarni bo`shashtirish mashqlari. Darsning tayyorgarlik qismi undan keyingi qismlar bilan bog`liq bo`lishi kerak. Dars boshida koordinatsiya mexanizmlari va jismoniy yuklamalarning harakteriga qarab tanlanadigan mashqlar boshlanadigan asosiy faoliyatning xususiyatlariga muvofiq bo`lmog`i zarur. Buning uchun maxsus yaqinlashtiruvchi mashqlar qo`shiladi, Tayyorgarlik qismiga hammasi bo`lib umumiy vaqtning taxminan 10-15 foizi ajratiladi. Darsdagi eng murakkab vazifalar darsning asosiy qismida hal etiladi. Bu qism ham aniq mazmunga qarab bir yoki bir necha bo`limdan iborat bo`lishi mumkin. Ish qobiliyatining, ayniqsa, ruhiy ish qobiliyatining maksimal bo`lishi g`oyat qisqa muddat davom etadigan hodisadir. Bu fakt ma’lum darajada darsning asosiy maqsadini hal etish tartibini belgilaydi. Odatda printsipial yangi materialni, Koordinatsion jihatdan juda murakkab harakatlarni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan eng murakkab vazifalar darsning asosiy qismi boshida hal etiladi. Bunda o`rgatish bosqichlari hisobga olinadi va vazifa qo`yishda quyidagi tartibga rioya qilinadi ya’ni, tanishtirish, o`rgatish, takomillashtirish. Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash odatda quyidagi tartibda rejalashtiriladi: Tezkorlikni, kuchlilikni, chidamlilikni oshiruvchi mashqlar. Qobiliyatlarni kompleks tarbiyalashdagina shunday qilinadi. Sportning har xil turlari bo`yicha o`tkazilayotgan darslarda ish qobiliyatining eng yuksak paytidan maxsus qobiliyatlarni rivojlantirish uchun foydalaniladi. Masalan, shtangachilar bu paytdan kuch-quvvatlarini oshirish uchun foydalanadilar. Hayotda, amaliy faoliyatda u yoki bu harakat vazifalarini turli sharoitda hal etishga to`g`ri keladi. Shuning uchun bilim berish vazifasini hal etish bilan jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash ketma-ketligini shunday tanlash kerakki, unda o`quvchilar organizmning turli holatlarida yuksak ish qobiliyati namoyon etishga o`rgansinlar.Darsning asosiy qismida mashqlarning tayyorlov, asosiy va boshqa turlari bo`ladi. Ularni o`tkazishda ham har safar ma’lum tartibni ko`zda tutish kerak. Zarur bo`lsa, biron asosiy pedagogik vazifani hal etishdan oldin tayyorlov mashqlari yordami bilan ishga kirisha boorishmumkin. Masalan, yuqori razryadli gimnastikachilar shunday qiladilar. Darsda shug`ullanuvchilarning emotsional holatini ko`tarish va jismoniy qobiliyatlarni namoyon bo`lishini intensivlashtirish uchun musobaqa va o`yin metodlaridan keng foydalaniladi. Dars asosiy qismining aniq qancha davom etishi mashqlarning intensivligiga, shug`ullanuvchilarning yoshi va jinsiga, darsni boshlash hamda tugatish uchun zarur bo`lgan vaqtning miqdoriga bog`liq. Masalan, maktabdagi darsda asosiy qismga 25-30 daqiqa, sport mashg`ulotlarida esa 90 daqiqa va undan ortiq vaqt ajratiladi. Shunday qilib, asosiy qismning tuzilishi ham tayyorgarlik qismidagi singari g`oyatda murakkab bo`lishi mumkin. Darsni yakunlash ish qobiliyatini pasaytirish bilan bog`liq. Snaryadlarni yig`ishtirish, mashg`ulotlarni tugatish uchun qayta saflanishning o`ziyoq deyarli stixiyali ravishda shug`ullanuvchilarni bir qadar tinchlantiradi, yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi. Biroq o`quv-tarbiya vazifasining spetsifikasi hamda dars yakuniy qismining mazmuni shug`ullanuvchilardan intensiv harakat faoliyatini oqilona tugallay bilishni talab qiladi. Darsning yakuniy qismi uchun quyidagi pedagogik vazifalar tipik hisoblanadi: turli daraja kuchlanishdagi harakatlarni ixtiyoriy bajara bilishni, mashqlar kuchini, sur’atini, tezligi asta-sekin kamaytira bilishni o`rgatish; bajarilgan ishni tahlil qila bilishni o`rgatish; diqqatni o`qishga, mehnatga, dam olishga ko`chira bilishni o`rgatish. Bu vazifalarni hal etmoq uchun me’yorlash oson bo`lgan yurish, yengil yugurish, oddiy harakatlar, raqs elementlari va boshqa shu singari mashqlar tanlanadi. Bu vazifalarning hal etilish tartibi bir vaqtning o`zida yuklamani kamaytirishni ta’minlashi kerak. Darsning yakuniy qismi mantiqan bir-biri bilan bog`liq bo`lgan bir necha bo`limdan iborat bo`lishi mumkin. Darslarda yakuniy qism vazifalarining didaktik jihatdan to`g`ri, ketma-ketligi nazarda tutilgan bo`lishi kerak. Uy vazifalariga alohida e’tibor berish kerak. Darslar jismoniy tarbiya jarayonining bir qismigina bo`lib, mustaqil mashqlar, musobaqa, o`yin va shu kabilarda ishtirok etish bilan to`ldiriladi. Uy vazifalariga e’tiborsizlik mashg`ulotlarning dars va darsdan tashqari formalari o`rtasidagi aloqani buzadi. 3. Umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarining jismoniy tarbiyasining asosiy shakllari O`quvchilarning jismoniy tarbiyasining mashg`ulotlari maktabda o`quv ishlari, sinfdan tashqari ishlar jismoniy tarbiya sog`lomlashtirish ishlari, maktabdan tashqari muassasalarda va oilada quyidagi shakllarda: “jismoniy tarbiya darsi”, “darsgacha gimnastika”, “jismoniy tarbiya daqiqalari”, “katta tanaffusdagi uyushtirilgan o`yinlar”, “sport ko`ngil ochishlari (vaqt o`tkazish uchun)”, “uzaytirilgan kunli maktablardagi jismoniy madaniyat mashg`ulotlari”, “sport sektsiyalari”, “bayramlari, musobaqalar “Quvnoqlar va zukkolar” uchrashuvlari, “Salomatlik kuni” va o`ndan ortiq xil sinfdan tashqari ishlar tarzida tashkillanadi. Maktabdan tashqari muassasalarda jismoniy tarbiya: bolalar, o`smirlar sport maktablari, sport inshoatlari va suv havzalari, istirohat bog`lari, madaniyat uylari, madaniyat saroylari qoshidagi sport sektsiyalari, jismoniy tarbiya to`garaklari, uy joy boshqarmalari, mahalla fuqarolari yig`ini tomonidan yo`lga qo`yilayotgan bolalar sport sektsiyalari va boshqalar tarzida sog`ligi, yoshi, jismoniy tayyorgarligiga qarab ajratib olinib, turli yoshdagilar uchun muntazam ravishdagi mashg`ulotlar tashkillanadi. O`zgarib turadigan tarkib bilan o`yinlar, oilaviy musobaqalar uloqtiruvchilar kuni, ommaviy krosslar (yuguruvchilar kuni), turli xil tanlovlar o`tkaziladi. Oilada jismoniy tarbiya uy sharoitida, dars tayyorlash paytidagi daqiqalari, jismoniy tarbiyadan uyga berilgan vazifalarni bajarish, sport harakteridagi mashqlar, oilaviy sayohatlar va jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug`ullanish mushg`ulotlari, o`yinlar, trenirovkalar sifatida uyushtiriladi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan “Ta’lim to`g`risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi ta’lim tizimini jahon talablari darajasida isloh qilishdan iborat bo`lib, bunda amalga oshirilishi lozim bo`lgan asosiy yo`nalishlardan biri o`quvchilar jismoniy tarbiya bo`yicha tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat. Mamlakatimizda izchil ravishda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy g`oyasi barkamol kasb egasini tarbiyalashdan iboratdir. Islohotlar natijasi sifatida shakllantiriladigan barkamol shaxsning mustaqil va ijodiy fikrlash sifatlarini tarbiyalash umumiy o`rta ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil qilish alohida ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligining dastlabki davrlaridanoq jahon taraqqiyotida muhim o`ringa ega milliy ma’naviyatimiz asosida Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bosh maqsad etib belgilandi. Ushbu buyuk maqsadga erishishda asosiy e’tibor yosh avlodni barkamol, ma’naviy va jismonan sog`lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilganligi milliy an’analarimiz, mentalitetimizning o`ziga xos ifodalanishidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan taklif etilgan va Respublikamizda izchil amalga oshirib borilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modeli bugungi kunda jahon miqyosida e’tirof etildi va o`zining dastlabki natijalarini bermoqda. Biroq, qayd etilgan yutuqlar bilan birga, jismoniy tarbiya bo`yicha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun to`laqonli xizmat qilmayotgan sohalar ham mavjud. Jumladan, o`quvchilarning jismoniy tarbiya bo`yicha bilim va ko`nikmalarini dars jarayonida shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg`ulotlarni tashkil qilishda tizimlilik, maqsadga yo`naltirilganlik yetarlicha o`z aksini topmay kelmoqda. Mazkur muammo uzoq yillar davomida pedagog olimlar tomonidan Respublikada va xorijda keng tadqiq etilgan. Jumladan, Salomov S.R., Yunusova Yu.M., Kerimov F.A., Mahkamjanov K.M. va boshqalar muammoning Texnologik asoslari, jismoniy tarbiya darslarini, darsdan tashqari ishlarini hamda yoshlarning faoliyatini nazariy ta’lim bilan bog`lab olib borish masalalarini o`z ilmiy tadqiqot ishlarida yoritganlar. O`quvchilarni jismoniy tayyorgarlikga yo`llash ishlarida ularning ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Pedagog olimlarning fikrlarini tahlil qilish natijalariga ko`ra maktabda va darsdan tashqari mashg`ulotlarda o`quvchilarni jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga yo`naltirishda texnik ijodkorlik va qishloq xo`jalik tajribachiligining rivojlanishi o`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy, mehnat, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi birligi asosida ularni milliy mafkuramiz asosida tarbiyalashga majmuaviy yondoshish g`oyalarini amalga oshirishda yordam beradi degan xulosaga keldik. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi o`quvchilarni jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotidagi tarixiy kunlarga bag`ishlangan maktab kechalarini tayyorlash va o`tkazishga jalb qiladi. Demak, o`quvchilarni dars mashg`ulotlari va darsdan tashqari vaqtlarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga yo`llash ishlarini uyushtirishda jismoniy tarbiya o`qituvchisi asosiy bo`g`in hisoblanadi. Albatta, u o`z faoliyatini dastlab ta’lim standartlari asosida olib borishi talab etiladi. Zero, jismoniy tarbiyaning vazifalari Davlat ta’lim standartlari (DTS) va o`quv dasturida ifodalangan. Ushbu hujjatlarda maktabdagi jismoniy tarbiya va tarbiyasining maqsadi izchil ta’riflanib, bu to`g`rida sportga muhabbat va sport ahliga hurmat tuyg`usini singdirishdan, o`quvchilarni hozirgi zamon sporti asoslari bilan tanishtirishdan ularda jismoniy tarbiya ko`nikmalari va mahoratini hosil qilishdan, ongli ravishda jismoniy tayyorgarlikga undashdan iboratligi ta’kidlangan. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari turli davrlarda turlicha tashkil etib kelingan. Uning maqsad va vazifalari ham xilma-xil bo`lgan. Bu holatlar o`z navbatida jismoniy tarbiya atamasini o`ziga xos tushunishni taqozo etgan. Jismoniy tarbiya tushunchasiga izoh berishdan oldin, umuman mazkur sohaga daxldor tushuncha va iboralarni sanab o`tish ma’qul bo`lar edi. Ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin: jismoniy tarbiya, jismoniy ta’lim, jismoniy mashg`ulot, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy madaniyat, jismoniy ulg`ayish, jismoniy kamolot, jismoniy mahorat, jismoniy mashqlar, jismoniy sifatlar va boshqalar. Jismoniy tarbiya – inson hayotining boshidan oxirigacha davom etadigan, organizmni har tomonlama takomillashtiradigan, hayot uchun muhim bo`lgan harakat ko`nikma va malakalarini yosh davrlariga mos holda o`zgartirib boradigan Pedagogik jarayondir. Pedagogika fanida ta’lim va tarbiya tushunchalari o`zaro bir-biri bilan aloqada bo`lgan, biri ikkinchisini to`ldirib boradigan inson faoliyatining turlari deb hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy tajribani, insonlar tomonidan to`plangan ijobiy fazilatlarni yosh avlodga o`tkazish, singdirish jarayonidir. Ta’lim esa insonning aqlini, moddiy borliq haqidagi ma’lumotlarni, jamiyat va tabiat taraqqiyotining qonuniyatlarini, ilm-fan yutuqlari va ularning amaliyotga tadbiqini o`rganish jarayonidir. Jismoniy tarbiya tushunchasiga berilgan ta’rifda ma’lum darajada tarbiyaning ta’lim bilan uzviy bog`liqligi e’tiborga olingan. Biz o`rgangan pedagogik va psixologik adabiyotlarda insonning shaxs sifatidagi kamolotida aqliy va axloqiy tarbiyaga kuchli ahamiyat berilganligi alohida ajralib turgani sezildi. Ammo nazarimizda jismoniy tarbiya ikkinchi darajada turgandek his qilingan bo`lsada, jismoniy tarbiyasiz, aniqrog`i jismoniy tarbiyaning ta’sirisiz, na aqliy va na axloqiy tarbiya mukammal bo`lmasligi e’tirof etilgan. Jismoniy tarbiya inson organizmini morfologik va funktsional jihatlardan takomillashtiradi. Bu degani, tanadagi barcha a’zolarni normal rivojlanishi, jumladan bosh miya va oliy nerv sistemasini to`g`ri shakllanishi hamda faoliyat yuritishini ma’lum normaga solishi deb tushunish mumkin. Bosh miya, oliy nerv sistemasi, qon aylanish tizimlari aqliy va boshqa tarbiya yo`nalishlarining nerv-fiziologik asoslari bo`lishi mumkinligini e’tirof etganda, beixtiyor jismoniy tarbiya insonni komillikka olib boruvchi asosiy tarbiya turi ekanligi tan olinadi. Jismoniy tarbiya organizmni mukammal rivojlanishini yo`lga qo`yishi bilan birga, tananing sog`lom bo`lishini, har qanday tashqi yuklamaga chidamliligini ham ta’minlaydi. Insondagi irodaviy sifatlar jismoniy tarbiya bilan shug`ullanganda bir necha baravar ustun bo`lishi olimlar tomonidan isbotlangan. Jismoniy tarbiya kuch, chaqqonlik, tezkorlik kabi inson uchun hayot yo`lida doimiy kerak bo`ladigan sifatlarni tarkib toptiradi. Bu o`z navbatida mehnat faoliyatini samarali bo`lishiga hissa qo`shadi. Har qanday boshlagan ishni oxiriga etkazish, kutilgan natijalarni qo`lga kiritish ko`nikmalari tezroq tarkib topadi. Jismoniy tarbiya kishilarda insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantiradi. Vatan manfaatlarini himoya qilish, zarur bo`lsa nafaqat kuchini, balki hayotini bag`ishlashga odatlantiradi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy ahamiyatga molik bo`lgan hodisadir. U insonning sihat-salomatligini yaxshilaydi, har taraflama rivojlanishini amalga oshiradi. O`zi, millati va xalqi uchun unumli mehnat qilishga, bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin faoliyat yuritishga, o`z imkoniyatlarini to`la namoyon etishga o`rgatadi. Vatanning shonu-shuhratini dunyoga yoyishga, zarur bo`lsa har qanday g`arazli kuchlardan ehtiyot qilishga, mardonavor himoya qilishga tayyorlaydi. Qadim zamonlardan beri jismoniy tarbiyaning inson hayotidagi beqiyos o`rni to`g`ri tushunilgan holda, uni qanday qilib samarali bo`lishini ilmiy pedagogik muammo sifatida o`rganib kelinadi. Xalq og`zaki ijodi namunalarida, dostonlarda, ertak va afsonalarda, maqol va matallarda jismoniy tarbiya yuksak baholanib kelingan. Diniy manbalarda; “Qur’on” va payg`ambarimizning hadislarida jismoniy etuklik nihoyatda qadrlangan. Yozma pedagogik adabiyotning paydo bo`lishi jismoniy tarbiyaning nazariy asoslarini tarkib topishi va rivojlanishiga zamin hozirladi. Ota-bobolarimizdan bebaho madaniy va ma’rifiy yodgorlik sifatida yaratilgan va bizgacha yetib kelgan “Avesto” kitobida jismoniy tarbiya haqida ko`p yaxshi fikrlar aytilgan. Kuchlilik, chaqqonlik, mardlik, chidamlilik, qora kuchlarga nisbatan mardonavor kurashish jismoniy tarbiyaning qirralari sifatida ulug`langan. Adolat, haqiqatgo`ylik, mehnatsevarlik alohida shakllantirilishi zarur bo`lgan fazilatlar qatoriga kiritilgan. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Bahovuddin Naqshband, Amir Temur, Muhammad Tarag`ay Ulug`bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi buyuk alommalarimiz jismoniy tarbiya va shaxs kamolati haqida qimmatli fikrlar bildirganlar. Ayniqsa Abu Ali ibn Sino inson salomatligini saqlash, tibbiy yordam ko`rsatish haqidagi ta’limotlarini yaratganlarida birinchi o`ringa jismoniy tarbiyani qo`ygan. Uning fikricha xastalikni davolashdan ko`ra oldini olish afzal hisoblanadi. Buning uchun har bir kishi muntazam jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanishi, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishi kerakligi uqdirilgan. Abu Nasr Farobiy ham fozil odamlar yashaydigan shahar aholisi kuchli, chaqqon, mehnatsevar, o`quvli va sog`lom bo`lishi kerakligini aytgan. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida ta’rif-tavsif etgan kishilarning ko`pchiligidagi jismoniy sifatlarga yuqori baho bergan. O`zi ham shoh, sarkarda, olim va shoir bo`lishi bilan birga jismoniy mashqlar va chiniqishni o`ta qadrlagan inson ekanligi bayon etilgan. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” nomli asarida “badan tarbiyasi”ga alohida e’tibor qaratgan. Badan tarbiyasi boshqa barcha tarbiyalar uchun zamin hozirlaydi deb uqtirgan. Chet el olimlari ham jismoniy tarbiyaga katta e’tibor bergan. Arastu, Aflotun, Suqrot kabi antik davr olimlari quldorlarning farzandlariga jismoniy tarbiya berishning nazariy asoslarini ishlab chiqishga harakat qilganlar. Ular har bir tarbiya ko`rgan shaxs jismonan kuchli bo`lishini, qilichbozlik, nayza uloqtirish, otda chopish, suvda suzish, qiyinchilikka chidash kabi jismoniy sifatlarga ega bo`lishi kerak deb hisoblaganlar. Fransua Rable “Gargantua va Pantagruel” nomli roman traktatida aqliy tarbiya bilan bir qatorda jismoniy tarbiya inson kamoOotini belgilashini ta’riflagan. Italiyalik Tomazzo Kampanella, buyuk chex pedagogi Yan Amos .komenskiy, shveytsariyalik Iogann Genrix Pestalotsi, shotlandiyalik RoEert Ɉuen, nemis olimi Iogann Gerbart, amerikalik Jon Dyui va boshqalar pedagogik ta’limotlarida jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor berdilar. Rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiy, I.N,Betskiy, N.I,Novikov, N.I.PiroJov, I.M.SecheQov, ȿ.A..Pokrovskiy, ȿ.M.DePentev, P.F.Lesgaft va boshqalar jismoniy tarbiya nazariyasining ilmiy asoslanishiga o`zlarining hissalarini qo`shganlar. Haqli ravishda Petr Frantsevich Lesgaftni (18p7-1909 yillar) Rossiyadagi jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslarini yaratgan olim deb hisoblaydilar. Uning “Anatomiyaning jismoniy tarbiyaga munosabati va maktabda jismoniy ta’limning asosiy vazifasi”, “Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasiga doir qo`llanma”, “Nazariy anatomiya asoslari”, “Oila tarbiyasi” nomli asarlarida jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslari bilan birga, amaliyotga tadbiq etish meTodikasi masalalari ishlab chiqilgan. P.F.Lesgaft o`zidan oldingi jismoniy tarbiya nazariyachilaridan farqli o`laroq, jismoniy ta’lim atamasini ishlatgan. Uning fikricha butun jismoniy tayyorgarlik tizimida asosiy o`rinni ta’lim egallashi zarur. Jismoniy ta’lim aqliy ta’lim bilan uzviy bog`liq bo`lgandagina uning ta’siri samarali bo`ladi deb hisoblagan. P.F.Lesgaftning (p1), fikricha har qanday ta’limning asosiy maqsadi odamning shaxsiy manfatini emas, balki jamiyatga foyda keltirishini birinchi o`ringa qo`yishga erishishdan iborat bo`lmog`i lozim. Inson ijodiy fikrlaydigan, mustaqil va faol mashq qiladigan, hosil bo`lgan narsalarni bir-biridan farq qiladigan, ularni bir-biri bilan taqqoslay olish hamda o`zicha baholay oladigan, ya’ni tahlil qila olishni jismoniy ta’limning eng muhim vazifalaridan biri deb hisoblagan. P.F.Lesgaft har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalash tarafdori bo`lgan. Uning fikricha har taraflama kamol topishgina juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt orasida eng yaxshi natijalarga erishib ishlash imkonini beradi. Jismoniy ta’lim shug`ullanuvchining yoshiga, jinsiy va individual xususiyatlariga mos holda amalga oshirishning tarafdori bo`lgan. Asta-sekin murakkablashib borishi, ko`nikma va malakalarning mukammal bo`lishi kerakligi qayd etilgan. P.F.Lesgaft jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini o`qituvchi tushuntirishi orqali tashkil etishning tarafdori bo`lgan. Shaxsiy namuna sifatida ko`rsatib berishni ma’qullamagan. Tarbiyalanuvchi fikr yuritmaydigan, mexanik tarzda bajaradigan bo`lib qoladi deb sanagan. Uning ta’limoti asosida jismoniy ta’lim aqlga suyanishi, aqlni ishlatgan xolda jismoniy ko`nikma va malakalar hosil qilishi, takomillashtirib borib, jismoniy mahorat va madaniyatga aylantirish kerakligi ta’kidlangan. P.F.Lesgaft ommaviy jismoniy ta’limning tarafdori sifatida barcha turdagi o`quv muassasalarida jismoniy mashg`ulotlarni ilmiy asoslangan reja va dasturlar asosida olib borishning targ`ibotchisi bo`lgan va o`zining barcha bilim va tajribalarini shunga qaratgan. Nafaqat Rossiyada, balki butun dunyo miqyosida uning jismoniy tarbiya tizimi haqidagi ta’limoti ijobiy ahamiyat kasb etadi va xozirgi davrgacha dolzarbligini yo`qotmasdan kelmoqda. Tayyorgarlik paytida qisqa masofaga mo'ljallangan barcha yugurish mashqlari qo'llaniladi: startdan - 15 - 20 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig'i bilan 2-3 marta) takroriy yugurish; og'irliklar bilan - 15 - 20 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig'i bilan 2-3 marta) takroriy yugurish; asta-sekin tezlashib boradigan 20 - 25 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig'i bilan 2-3 marta) takroriy yugurish va finish; masofani muayyan vaqtda yugurib o'tish; 1-2 o'rinlarni aniqlash uchun nazorat yugurishlari va eng kuchlilarning yakuniy yugurishlari. 2. Chidamlilik bo'yicha 6 daqiqa yugurish. Yugurish yo'lakchasi voleybol maydonining chiziqlari bo'ylab o'tadi, maydon burchaklari va maydon markazining chiziqlarida 0,5 metr uzoqlikda rangli ustunchalar o'rnatiladi. Yo'lakchaning uzunligi 54 metr bo'lib, shug'ullanuvchilar 6 daqiqa davomida iloji boricha ko'p marotaba maydon bo'ylab yugurishlari kerak. 10 kishilik guruh bo'lib yuguriladi. 6 daqiqa davomida yurish va yugurishga ruxsat beriladi va shug'ullanuvchilarning har biri belgilangan vaqt tugashi bilan, 6 daqiqadan so'ng joyida to'xtaydi. Bunda natija - shug'ullanuvchilar orasidagi oraliq, ya'ni shug'ullanuvchilar 6 daqiqa davomida yugurishgan aylana soni (bir aylana 54 metr) va shu bilan birga, oxirgi boshlangan yugurish masofa oralig'i bilan aniqlanadi. 3. Mokisimon yugurish - sport maydonining yugurish yo'lakchasida amalga oshiriladi. 10 metrlik masofa belgilanadi. Yugurish "start" chizig'idan yuqori startdan boshlanib, 10 metrlik chiziqqacha yuguriladi, tezkorlik bilan orqaga burilib, "start" chizig'iga yugurish davom etiladi, qayta burilish bilan 10 metrlik chiziqqacha yuguriladi hamda orqaga burilib "finish" chizig'igacha yugurib tugatiladi. Ishtirokchilarga start, yugurish yo'lakchasi soniga qarab va hakamlarning alohida vaqtni belgilashi bilan beriladi. 4. 1000, 2000, 3000 metrga chidamlilikni tarbiyalashga yordam beruvchi me'yoriy yugurishlar. Bular yugurish masofasiga mos ravishda qat'iy o'lchanib start va finish chiziqlari mavjud stadionning yugurish yo'lagida yoki tekis joyda qabul qilinadi. Yugurishlar yuqori startdan boshlanadi. Yugurishda bir vaqtda tegishli ravishda raqamlangan 12 - 15 kishi qatnashishi mumkin. Hakamlar hay'ati tomonidan yugurish qatnashchilari bo'yicha qat'iy nazorat o'rnatiladi. Finishda vaqt 1 soniyagacha aniqlik bilan qayd etiladigan sekundomerda o'lchanadi. Mashg'ulot (trenirovka) jarayonida uzoq muddatli yugurishga doir barcha turdagi yugurish mashqlaridan, shuningdek, past-baland joylarda, parklar, xiyobonlar, qumli va boshqa joylarda yugurishlardan foydalaniladi. Mashq jarayonida masofaning yarmini tezlikni asta-sekinlik bilan oshirib borish orqali yugurib o'tish, so'ngra butun masofani yugurish darajasini o'zgartirgan holda bosib o'tish tavsiya qilinadi. 5. Ko'p sakrashlar. Bu tezlik, chaqqonlik, kuch kabi jismoniy sifatlarni va sakrovchanlikni rivojlantiradi. Bunda o'quvchilarni bir oyoqda oxirgi kuchi qolgunigacha sakrab to'xtashigacha yoki ikkinchi oyoqqa o'tib ketishigacha bo'lgan sakrashi hisobga olinadi. Mashqlarni sport zalida yoki tekis maydonda bajarish mumkin. Sakrash sanog'ini bolalarning o'zlari mustaqil yoki sherigi sanashlari mumkin. Ko'p sakrash turini tayyorgarlikni arg'amchida sakrash, harakatli o'yinlarda (quyon, kenguru, qurbaqa, qushlar va boshqalarga) taqlid qilib sakrashlarni bajarish orqali muvaffaqiyatli topshirish mumkin. Ko'p sakrashda faqat bir oyoqda sakrash sanog'i hisobga olinadi. 6. Joydan turib uzunlikka sakrash. Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me'yor. Ushbu me'yor tekis joyda (maydonchada) imkon qadar yumshoq yerga tushadigan qilib bajariladi. Shunga mos keladigan maydonchada start chizig'i o'tkaziladi, ruletka (santimetrli lenta, lineyka) yordamida sakraladigan joy tomonga 5 (10 sm.) bo'linishlar asosida belgilar tushiriladi. Qatnashuvchi start chizig'ini bosmagan holda turishi lozim. Ishtirokchi yarim cho'qqaygan tayanch holatidan qo'llarni oldinga-yuqoriga erkin silkitib, ikki oyoqlari bilan keskin depsinib (sakrab) yerga tushishni bajaradi. Natijasini o'lchash start chizig'iga yaqinroq tovonlar (yoki gavda)gacha bo'lgan masofa o'lchanadi. Agar qo'llar (gavda)ning biror qismi orqaroqqa yerga teksa o'lchash start chizig'idan start chizig'iga yaqinroq bo'lgan (gavda) masofa o'lchanadi. Sakrash paytida start chizig'ini oyoq uchi bilan bosib olinsa sakrash hisoblanmaydi. Sakrash uch imkoniyatda bajariladi va eng yaxshi natija santimetrlarda bayonnomaga yoziladi. Natija 1 sm.gacha aniqlik bilan qayd etiladi. Mashg'ulot jarayonida quyidagi sakrash mashqlari bajariladi: arg'amchida sakrash, og'irlikni oshirgan holda bir joyda turib sakrash, ko'tarib qo'yilgan tayanchga va tayanch osha sakrash, joydan turib natijaga sakrash. Aynan shu talablar yugurib kelib uzunlikka sakrashga ham tegishli. 7. Arqonda sakrash. Bunda tezlik, chaqqonlik, kuch kabi jismoniy sifatlar va sakrovchanlik rivojlanadi. Ishtirokchilar arqon yordamida ikki oyoqda oxirgi kuchi qolgunicha yoki xato qilgunigacha bo'lgan sakrashlar hisobga olinadi. Arqonda sakrashlar 10 - 15 marta amalga oshiriladi. 8. Tennis to'pi yoki granatani uloqtirish. Bular harakatlarning muvofiqlashganligi, aniqligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi me'yor hisoblanadi. Uloqtirish granatani yoki 150 gr. og'irlikdagi to'pni (tennis to'pini) tekis maydonchada uzoqqa otish hamda balandligi 150 sm. bo'lgan 100x100 sm. kattalikdagi nishonga belgilangan masofalardan to'pni otib tekkazish orqali amalga oshiriladi. Uloqtirishlar start chizig'idan bajariladi. Nishonga qarab otish uchun nishon 8, 10, 12, 15, 20 metrli tegishli masofaga o'rnatiladi. Ishtirokchilar turgan joylaridan 2 marta otib mashqni bajarib ko'radilar, so'ngra 5 marta hisobga olinadigan uloqtirishni bajaradilar. Nishonning mo'ljalga olinganligi "tegdi" yoki "tegmadi" deb qayd qilinadi. Tennis to'pi yoki granatani uloqtirish paytida natijaning uzoqqa tushganligi metr va santimetrlarda 1 sm. aniqlik bilan qayd etiladi. Mashg'ulotlar jarayonida uloqtirish mashqlaridan foydalaniladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni barcha mushaklarga qo'llash lozim: yelka bo'g'inlarida qo'llarning aylanma harakatlari, taqlidiy mashqlar, mayda toshlarni otish, tennis koptokchalarini uzoqqa, nishonga qarab otish, masofani kamaytirib yoki ko'paytirib otish (uloqtirish)lar, turgan joydan uloqtirish, yugurib kelib uloqtirish, ko'rish mo'ljalisiz uloqtirish, me'yorlarini bajarish. Mashqlar o'ng va chap qo'l bilan bajariladi. 9. Futbol to'pini darvozaga tepish. Bu 6 - 8 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan sinov turi bo'lib, 3 metr uzoqlikda futbol to'pi qo'yiladi. Ishtirokchilar 1,5x1,5 metr hajmli darvozaga futbol to'pini kiritishlari lozim bo'ladi. Urinish uchun 6 marta imkon beriladi. Mashqlar o'ng va chap oyoq bilan bajariladi. Ishtirokchilar imkoniyatdan foydalanib, amalga oshirgan gollari hisoblanib, yuqori baho belgilanadi. Mo'ljalga olinganligi "hisob" yoki "hisob emas" deb qayd qilinadi. 10. Basketbol to'pini savatga tashlash. Ushbu shart ishtirokchilarning mo'ljalni aniq olish qobiliyatini rivojlantiradi. Ishtirokchilar basketbol koptogini 3 metr uzoqlikdan 5 marta urinishda savatga tushirishlari lozim bo'ladi. Basketbol koptogini 5 ta imkoniyatdan to'liq foydalanib, savatga tushirgan ishtirokchi g'olib sanaladi. 11. Basketbol to'pini dumalatib keglilarni yiqitish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo'ljallangan bo'lib, basketbol to'pini dumalatib, 2 metr uzoqlikdagi keglilarni yiqitish lozim. 5 marta urinishda ko'proq keglilarni yiqitgan ishtirokchiga yuqori baho belgilanadi. 12. Arqonga tirmashib chiqish. Me'yoriy talablar standart arqonlarida qabul qilinadi. Oyoq va qo'llar yordamida hamda oyoqlarning yordamisiz tirmashib chiqishga ruxsat beriladi. 13. Gimnastika narvonini ushlab o'tirib, turish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo'ljallangan bo'lib, ishtirokchilar gimnastika narvonini ikki qo'l bilan ushlab, o'tirib, turish mashqini bajaradilar. Kim ko'p o'tirib, tursa yuqori baholanadi. 14. Qo'llarni oldinga cho'zib o'tirib, turish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda, suyaklar va mushaklar faoliyati yaxshilanadi. Qo'llarni oldinga cho'zib o'tirib, turish mashqi bajariladi. Kim ko'p o'tirib, tursa yuqori baholanadi. Vaqt hisobga olinmaydi. 15. Gimnastika devoriga navbatma-navbat bosib (tepa va pastga) tirmashib chiqish. Tirmashish mashqlari maxsus gimnastika devorlari zinalarida o'tkaziladi. 16. Yon tomon bilan mokisimon yurish. Sport maydonining yugurish yo'lakchasida amalga oshiriladi. 10 metrli masofaga 3 marta yon tomonlama mokisimon yurish belgilanadi. Yon tomonlama mokisimon yurish "start" chizig'idan yuqori startdan boshlanib, 10 metrli chiziqqacha yuriladi, "start" chizig'iga yurish davom ettiriladi, qayta burilgan holda 10 metrli chiziqqacha yuriladi hamda orqaga burilib "finish" chizig'igacha yurib tugatiladi. Ishtirokchilarga start yurish yo'lakchasi soniga qarab va hakamlarning alohida vaqtini belgilagan holda beriladi. 17. Gimnastika o'rindig'i bo'ylab yurish. Gimnastika o'rindig'ining o'tiradigan qismi polga yotqizilib, ingichka qismi yuqoriga qaratiladi va muvozanatni saqlab yurish mashqlari bajariladi. 18. Skandinavcha yurish - 500 m. Ishtirokchilar ikkala qo'lda qo'ltiqtayoq yordamida 500 metr uzoqlikka skandinavcha yurib borishlari lozim. Marraga birinchi bo'lib yetib kelgan ishtirokchi g'olib hisoblanadi. Skandinavcha yurishda vaqt hisobga olinmaydi. 19. Gimnastika o'rindig'iga tayanib qo'llarni bukib-yozish. Qo'llarni bukish va yozish - ishtirokchilar qo'llarga tayanib yotgan holda dastlabki holatini egallaydilar, ishora berilishi bilan ishtirokchilar qo'llarini bukib, so'ng qo'llarini yozadilar. Ishtirokchilarning mashqni bajarishda qo'llarni bukib yozish sanog'i olib boriladi. 20. Polga tayangan holda qo'llarni bukib yozish. Ishtirokchilar polga tayangan holda qo'llarni bukib yozishda qo'llarga tayanib, boshni to'g'ri tutib, yotgan holda dastlabki holatini egallaydilar, ishora berilishi bilan ishtirokchilar qo'llarini bukib, so'ng qo'llarini yozadilar. Ishtirokchilarning mashqni bajarishida qo'llarni bukib yozish sanog'i olib boriladi. 21. Gimnastika o'rindig'idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish (oyoq ostidan pastga hisoblanadi). Ishtirokchilar gimnastika o'rindig'iga chiqib, oldinga egilishlari lozim. Bunda oyoq ostidan pastga tushirilgan qo'llar uzunligi santimetr bo'yicha hisoblanadi. 22. Oldinga egilish. Asosan qariyalar uchun mo'ljallangan bo'lib, bosh va qo'llar quyiga egiladi. Bunda vaqt hisoblanmaydi. Sanoq bo'yicha ko'p marta oldinga egilgan ishtirokchi g'olib hisoblanadi. 23. Kurakda yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib yuqoriga ko'tarish. Ushbu mashq suyaklar va mushaklar harakatlanishining yaxshilanishiga yordam beradi. Bunda ishtirokchilar yerga kuragi bilan yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib, yuqoriga 900ga ko'tarib, tushirishlari lozim. Sanoq bo'yicha ko'p marta oyoqlarni yuqoriga ko'tarib tushirgan ishtirokchi g'olib hisoblanadi. 24. Yiqilishda o'zini himoya qilish (yonga, oldiga, orqaga). Ikki ishtirokchi bir-birini yiqitadi. Bunda yiqilgan ishtirokchi o'zini yonga, oldinga va orqaga yiqilayotgan vaqtida lat yeyishdan himoyalanadi. Ushbu mashq ochkolar bo'yicha baholanadi. 25. Darts. Bu o'yin mo'ljalni aniq olish uchun foydali hisoblanadi. Ishtirokchilarning yoshiga qarab darts taxtasining masofasi belgilanadi. Dartsda 6 ta imkoniyat beriladi. Ko'p ochko to'plagan ishtirokchi g'olib hisoblanadi. 26. 45 kg.lik qo'g'irchoqni qo'li va belidan ushlab bo'ksadan oshirib yiqitish (o'ng va chap tomonlarga). Ishtirokchilarning kuch va epchillik sifatlarini rivojlantirishda ushbu mashq foydali hisoblanadi. 27. 16 kg. sport anjomini (gira) bir qo'lda yuqoriga ko'tarib tushirish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me'yoriy mashq hisoblanadi. Ishtirokchi sport anjomini o'ng va chap qo'llarida yuqoriga ko'tarib tushirishi soniga qarab, ochkolar hisoblanadi. 28. Turnikda tortilish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me'yoriy mashqdir. Baland turnikda yuqoridan ushlab, to'g'ri qo'llarga osilib turgan holatda (oyoqlar yerga tegmaydi) bajariladi. Qo'llar orqali tortilish iyak (engak) turnikning grifini kesib o'tishiga qadar bajariladi, 5 soniyadan ortiq to'xtashga hamda tortilish paytida silkinish harakatlariga ruxsat berilmaydi (10, 15 marta va hokazo). Turnikda bir vaqtning o'zida "Mumkin!" buyrug'iga ko'ra ikki ishtirokchini tortilish mashqini bajarishiga ruxsat beriladi. Sanashni ijrochilarning ro'paralarida turgan hisobchi-hakamlar baland ovoz bilan olib boradilar. Noto'g'ri bajarilgan tortilish "Hisoblanmasin!" degan buyruq bilan qayd etiladi. Mashq tugashi bilan natija ishtirokchi va musobaqa qaydnomasini yozayotgan kotibga eshittirib e'lon qilinadi. Mashg'ulot jarayonida buyumlarsiz va buyumlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar: tortilishning har xil usullari (yotgan, osilgan, turgan holatda), baland turnikda, yuk bilan sherigining yordamida osilgan holatda tortilish; maksimal miqdorda, qo'lda osilib turgan statik tavsifdagi mashqlar; natijani hisoblash uchun tortilish qo'llaniladi. Muntazam ravishda tortilish miqdorini asta-sekinlik bilan oshirib borish uchun ularni "ertalabki badan tarbiya mashqlari" majmui oxirida bajarish mumkin. 29. Past turnikda tortilish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi yana bir me'yoriy mashq hisoblanadi. Past turnikda pastdan ushlab (qo'lning ichki tomoni bilan ushlagan holda), to'g'ri qo'llarga osilib turgan holatda (oyoqlar yerga tekkan holda) bajariladi. Qo'llarda tortilish iyak (engak) turnikka tekkanga qadar bajariladi, 5 soniyadan ortiq to'xtashga hamda tortilish paytida silkinish harakatlariga ruxsat berilmaydi (10, 15 marta va hokazo). Ushbu mashq asosan xotin-qizlar bajarishi uchun mo'ljallangan. 30. Chalqancha yotgan holatda gavdani ko'tarish. Bu jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun xizmat qiladigan me'yordir. Mashq tekis yuzada orqasi bilan (chalqancha) yotgan holatda bajariladi, oyoqlar yuzi sherigi tomonidan ushlab turiladi, qo'llar bosh ortidam bo'ladi. Dastlabki holat qabul qilingandan keyin qatnashchilarga "Mumkin!" degan buyruq beriladi. Gavdani ko'tarish natijasi necha martaligi bilan qayd qilinadi (20, 30 va hokazo). Agar gavda tik holatda ko'tarilayotgan bo'lsa mashqlar bajarilgan hisoblanadi. Mashg'ulot to'g'ri tutilgan oyoqlarda bajariladi. Stulda, o'rindiqda, yerda o'tirgan holatda turli xil silkitish harakatlarini qo'llagan holda umumrivojlantiruvchi mashqlar, oyoqlarni silkitish, oyoqlarni tizzadan bukish bilan bir vaqtda tizzalarni ko'krakka tekkizish, to'g'ri tutilgan oyoqlarni yuqori burchak holatigacha ko'tarish. Orqasi bilan yotgan holatda galma-gal to'g'ri tutilgan oyoqlarni ko'tarish, qo'llarning turli holatida (qo'llar belda, yelkada, boshning orqasida) gavdani ko'tarish, tirkab qo'yilgan oyoqlar holatida (gimnastika o'rindig'i, gimnastika devori, boshqa buyumlar va sherigi) gavdani yuqoridagi kabi ko'tarishlar, me'yorlarni to'liq bajarish 31. Suzish. Bu jismoniy chidamlilik va boshqa sifatlarni hamda suv muhitida harakat ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beruvchi me'yordir. Suzish mashg'ulotlarini tashkil etish, suzish bo'yicha me'yorlarni qabul qilish alohida diqqatni va ehtiyotkorlikni talab etadi, mashg'ulotlar va musobaqalarning xavfsizligini ta'minlovchi barcha qoidalarga rioya qilish zarur. Mashg'ulotlarni va me'yorlarni suv havzasida yoki tabiiy (daryo, ko'l) suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda, maxsus jihozlangan joyda qabul qilish mumkin. Mashg'ulot suv havzalarida masofa qirg'oq bo'ylab 90 - 120 sm. chuqurlikka ega bo'lgan joylarda o'tishi kerak. Me'yorni topshirish suza oladigan qatnashchilarga ruxsat etiladi, suza olmaydiganlar uchun mashg'ulotlar tashkil etib, suzishga o'rgatilgandan keyingina ularni musobaqalarga qo'yish mumkin. Suzishni qabul qilish uchun start hakami qatnashchilariga buyruq berib (cho'ziq xushtak bilan) start joyiga chaqiradi. Hakamning "startga" degan buyrug'i bilan qatnashchilar "suzuvchining starti" holatini egallaydilar va start pistoletidan o'q uzish bilan suzishni boshlaydilar. Suzishda ishtirok etuvchilar soni basseyndagi yo'laklar soniga bog'liq bo'ladi. Natija 0,1 soniya aniqlik bilan har bir yo'lak boshida turgan sekundomerli hakamlar tomonidan o'lchanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Yusupova N. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti. O’quv qo’llanma 2019 K. Mahkamdjanov, R.Salmanov, I.Ikramov Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. Darslik. 2008 Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. o‘quv qo‘llanma Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil - 300 b. 4. Yunusova. Yu.M. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturы. Uchebnoye posobiye, Tashkent. UzGosIFK. 2007 g. 5. Salomov. R.S. Sport mashg‘ulotning nazariy asoslari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. O‘zDJTI, 2005 yil - 238 b. 6. Mahkamdjanov. K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. Darslik. Toshkent. “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b. 7. David C. Watt Sports management and administration © 1998 David C.Watt. Download 99.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling