Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil qilish


Ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash sho‘'basi mutaxassisi


Download 15.34 Kb.
bet3/4
Sana08.09.2023
Hajmi15.34 Kb.
#1674264
1   2   3   4
Bog'liq
Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil qilish-fayllar.org

Ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash sho‘'basi mutaxassisi

ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: yoshlarni milliy g‘oyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma'naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, diniy aqidaparastlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik ishlarini muvofiqlashtiradi va shu ishlarni oldini olish maqsadida jamoatchilikni, mahallani, oilalarni, ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda tadbirlar o‘tkazilishini ta'minlaydi;


tuman (shahar) hokimliklari xuzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaning qarori va ko‘rsatmalarini xalq ta'limi sohasida amalga oshirilishini ta'minlaydi.
tuman (shahar) prokuraturasi, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport ishlari bo‘limlari va mahalla, «Kamolot» YOIH tuman kengashlari bilan ta'lim-tarbiya sohalarida hamkorlik qiladi;
ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, sinf rahbarlari ishini muvofiqlashtiradi, ular uchun ma'naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishida seminar-mashg‘ulotlarni tashkil etadi va o‘tkazadi.
ota-onalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda diniy ekstremizm, aqidaparastlik va turli xil diniy oqimlarga o‘quvchi-yoshlarni kirib qolishlarini oldini olish borasida o‘qituvchilar uchun uslubiy va amaliy yordam beradi;
huquq-tartibot idoralari xodimlari, «Mahalla» hayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda tarbiyasi og‘ir bolalarni ta'lim muassasalariga jalb qilish ishlarini ta'minlaydi;
o‘quvchilar o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalari faoliyatini tashkil etadi, bu borada «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Kamalak» bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda ish yuritadi va bolalar yetakchisi ishini amalga oshirilishini ta'minlaydi;
sog‘liqni saqlash bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom muhitni targ‘ib qilish borasida, OIV/OITS (VICH/SPID) kasalligini oldini olish, giyohvandlik profilaktikasi va ekologik ta'lim-tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etishni ta'minlaydi;
Ta'lim muassasalarida «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar», Milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari, «Vatan tuyg‘usi», «Odobnoma» fanlarining o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy yordamlar ko‘rsatadi.
«Vatan himoyachilari kuni», «8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami», «So‘nggi qo‘ng‘iroq», «Navro‘z», «Mustaqillik kuni», «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni», «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni», «Bilimlar kuni», «Konstitutsiya kuni» va shu kabi nishonladigan bayram sanalariga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etilishini ta'minlaydi.
JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA: o‘ziga biriktirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida Tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining turli xil topshiriq va ko‘rsatmalarining so‘zsiz bajarilishini nazorat qiladi.

Download 15.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling