Rahbar ma’ruzalarni tayorlashda quyidagilarga amal qilishi lozim:
ma’ruza mavzusi qisqa, maqsadi aniq va reja asosida bo‘lishini ta’minlash;
Ma’ruzachilarni oldindan ogohlantirish;
Qaror loyihasini tayyorlash;
Qilingan ijobiy ishlarni birma-bir sanash bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni e’tibordan chetda qoldirmaslik;
O‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha muammolar va takliflar kiritish;
Pedagogik jamoa oldida turgan vazifalarni aniq belgilab berish;
Eng muhim va dolzarb jihatlarni alohida belgilash;
Ma’ruza matnini o‘rinbosarlar, ijodkor o‘qituvchilar va tajribali mutaxassislar bilan muhokama etish;
Ta’lim mazmuniga tegishli bo‘lmagan mavzularni rejaga kiritmaslik va bu mavzularda ma’ruza qilmaslik;
Ma’ruza mazmuniga muvofiq qisqa tezis tuzib olish.
Metodik kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
O‘quv dasturi mazmuniga minimal o‘zgartirish kiritishda ishtirok etish;
O‘quv fani bo‘yicha dars o‘tish metodikasiga oid metodik ma’ruza uyushtirish va o‘qituvchilarning malakasini va malakaviy toifasini oshirishda ishtirok etish;
Taqvim-mavzu rejasini muhokama qilish va tasdiqlash;
Yangi axborot texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha pedagogik tadqiqotlar olib borish;
O‘quv laboratoriya bazasini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish;
Tajriba almashish maqsadida metodbirlashma a’zolarining darslarini kuzatish va tahlil qilishni tashkillashtirish;
Metodik kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
o‘zaro tajriba almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari metodbirlashmalari ish tajribasini o‘rganish;
tajribasiz va yosh mutaxassislarni ilg‘or ish tajribaga ega bo‘lgan pedagoglarga biriktirishni tashkil etish;
muassasada fanlar bo‘yicha olimpiada, konkurslar, musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha tartib ishlab chiqish;
Maktabda (metodbirlashma doirasida) ijodkor, iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida ish olib borilishini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |