Ta’lim nazariyasi. Reja: Didaktik ta’lim o’qitish nazaryasi ekanligi. Didaktikaning maqsad-vazifalari va asosiy tushunchalari


Boshlang’ich ta’limda ta’lim metodlari va usullaridan foydalanish haqida ma’lumot


Download 60.41 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi60.41 Kb.
#1832502
1   2   3   4   5
Bog'liq
referat 111111

2. Boshlang’ich ta’limda ta’lim metodlari va usullaridan foydalanish haqida ma’lumot
Klassik pedagogik namoyondalar ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi yuzasidan bir qator qoidalarni ishlab chiqqanlar. Ular “didaktik qoidalar” deb yuritiladi:
1. Osondan qiyinga qarab borish.
2. Ma’lumdan noma’lumga borish.
3. Soddadan murakkabga borish.
4. Yaqindan uzoqqa qarab borish.
Ya.A.Komenskiy mazkur qoidaga ta’raf berib bunday deb yozgan edi: “O’quv materiallarini shunday taqsimlab chiqish lozimki, avval bola juda yaqin va aniq narsalarni, so’ngra uncha uzoq bo’lmagan narsalarni, keyin uzoqroq va nihoyat, eng uzoq narsalarni bilib olsin”.
Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Bu so‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”.
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.
Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
Qoida - tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi meyoriy ko‘rsatmalardir.

Bu metodning afzallik tomonlari quyidagicha:


1 O’quvchilarning ba’ri jalb qilinadi;
2 O’zaro fikr almashish yuzaga keladi;
Bu metodning afzallik tomonlari quyidagicha:
1 O’quvchilarning ba’ri jalb qilinadi;
2 O’zaro fikr almashish yuzaga keladi;
“JAMOAVIY O’QITISH USULI”- bu usul bundan 1 asr oldin vujudga kelgan. Jamoaviy o’qitish tizimi shunisi bilan ahamiyatliki, bunda o’quvchi-yoshlar jamoa bilan birgalikda qanday fikr yurita olish, bir-biriga o’rgata olish, birgalikda fikr almashish, nafaqat o’zining fikrini bildira olish balki, boshqa do’stlarinign fikrini hurmat qilishga o’rgatadi. Jamoa bilan hamnafas ishlashga, bir-biridan bilmagan ma’lumotlarini o’rganib, bilim saviyasini yanada kengaytirishga o’rgatadi. Uning yana bir ahamoyatli tomoni shundan iboratki, o’quvchilar endilikda auditoriyaga xohlagan paytda kelishi va imtihonni ham xohlagan paytda topshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
“KICHIK GURUHLARDA ISHLASH”- bu metod o’qituvchilar uchun qulaylik va afzalliklari
ajralib turadi. Chunki, endi aynan o’qituvchi bir paytning o’zida turli xil 3-4 guruhda faoliyat
yuritayotgan o’quvchilarni nazorat qila olishi yengillashadi. Buning sababi o’quvchilar qanday ishlar bilan shug’ullanyapti, berilgan vazifani qay tarzda bajaryapti bari o’qituvchiga ayon. Bu metodni amalga oshirish uchun avvalo, mavzu yoritiladi. Keyin esa kichik guruhlar
shakllantiriladi, har bir guruhga mavzu yuzasidan topshiriq va savollar o’rtaga tashlanadi, aniq ko’rsatma va yo’nalishlar beriladi. Topshiriqlarni bajarib bo’lgan guruhlar o’z taqdimotlarini namoyish etadilar. O’qituvchi tomonidan esa muhokama va tahlil qilinadi, dars yakunida ular topshiriqning qay darajada bajarganligi inobatga olinib rag’batlantiriladilar va baholanadilar.
3. Ta’lim metodlari va vositalarining tavsifi.
Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida ta'lim metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar
Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog'liqdir, ya'ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta'lim jarayoniningmohiyatini vatamoyillarini to'g'ri anglash natijasidir. Ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig'iga bog'liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan boisa, ta'lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog'liq bo'ladi. Pedagogika fani maktablar va ta'lim beruvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy ta'limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijo-diy ravishda izlab topishga yordam beradi.
Shu sababli ham ta'lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
1. O'quv materialini o'rganish yo'li fikr yuritishning didaktik-materialistik usullarini, milliy mafkuraga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak.
2. Ta'lim metodi ilmiy dalillar bilan ravshanva aniq asoslangan bo'lishi lozim.
3. Ta'lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi.
4. Ta'lim metodlari oldiga muqarrar sur'atda qo'yiladigan yana bir talab - ularning tushunarli bo'lishi.
5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'rgatish va o'quv jarayonida ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko'proq foydalanish.
6. Ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan talablardan yana biri – bu bilimlarning asosli va puxta bo'lishi. Ta'lim metodlari yaxshi natija beradigan bo'lishi lozim. Ta'lim beruvchining tushuntirish va ta'lim oluvchilarning o'ziashtirish usuli rejalashtirilgan yoki moijailangan natijani berishi kerak.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o'z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo'linadi. O'quv-biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisob-ga olsak, birinchi guruh metodlariga so'z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari og'zaki metodlar; hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi guruh metodlariga o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari — ko'rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va bosh­qalar; uchunchi guruh metodlariga o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi. Demak, amaliyotda keng qo'llanilib kelayotgan ta'lim metodlarini quyidagi ko'rinishda ifodalash mumkin.
Ta'lim mеtodlari tarkiban o’qitish mеtodlari va o’qish mеtodlaridan iborat. O’qituvchi bilimlarni Og’zaki bayon etsa, bolalar uni tinglaydi; o’qituvchi mustaqil ish topshirsa, o’quvchilar bajarishadi. Bilimlarni Og’zaki bayon etish, mustaqil ishlash kabilar o’qitish mеtodlari bo’lib, ular vositasida didaktik vazifalar (bilimlarni o’rganish, mustahkamlash, takrorlash va sh.k) hal etiladi. O’quv-tarbiya jarayonida ta'lim mеtodlarining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va o’qish mеtodlari majmuasidan foydalaniladi. Masalan, ma'ruza mеtodi tarkiban o’qituvshining o’rganilayottan mavzuni mantiqiy izchillikka, Og’zaki bayon qilishi, o’quvchilarning esa o’quv matеriallarini izchil tinglashi kabi mеtodlardan iborat. Ma'ruza mеtodidan shu yo’sinda foydalanish o’qituvchining, o’quvchining ham faolligi talablariga, binobarin, ta'limning samaradorligini oshirish ehtiyojlariqa mos kеlmaydi. Zеro, ma'ruzaning yuqoridagi ko’rinishi faqat bolalar xotirasiga mo’ljallangan. Ma'ruza ham bolalar xotirasiga, ham ular tafakkuriga mo’ljallab tashkil etilganda, uning samaradorligi yanada oshadi. tajribali o’qituvchilar ma'ruza mеtodining samaradorligini oshirish maqsadida turli variantlardan foydalanishadi.
1-variant. Ma'ruzada oldin o’quvchilar oldiga muammolar qo’yish. Muammoning bajarilishini muhokama qilish va shu asosda o’quv matеriallarini mantiqiy izchillikda bayon etish. Ma'ruzadan oldin qo’yilgan muammo bolalarda bilishga ehtiyojni uyg’otadi. Shu tufayli o’quvchi ta'lim jarayonining faol sub'еktiga aylanadi. 1-variantda ma'ruza quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: .
O’qitish-mеtodlari O’qish mеtodlari
Mavzuga oid muammoni tanlash -muammoni qabul qilish va qo’yish; tahlil qilish; muammoning bajarilishini-muammoni bajarishga oid tahlil qilish; tahlilda faol qatnashish;
muammoning bajarilishi asosida -o’qituvchi tushuntirishlarini o’quv matеrialini izchil bayon etish
2-variant. Ma'ruzadan oldin bolalar faoliyatidan o’tgan omillarni, odatdagi muloqot yo’li bilan o’rganilgan bilimlarni tahlil etish. Bu variantda ma'ruza bolalar faoliyatidan o’tgan omillarni, bilimlarni tahlil qilish asosida tashkil etiladi.
3-variant. Oldin o’rganilgan bilimlar bilan bugungi Yangi o’quv matеriali o’zaro daxldor bo’lsa, bilimlarni esga tushirish maqsadida suhbat o’tkaziladi. Suhbat yo’li bilan o’rganilgan va endi o’rganiladigan bilimlar o’rtasida tabiiy bog’lanish hosil qilinadi. Ma'ruza shu bog’lanishning davomi sifatida o’tkaziladi.
O’quvchi faoliyati -ko’rgazma qurolni tahlil etish;
-qo’yilgan muammo to’g’risida o’ylash;
-o’qituvchi tushuntirishlarini tinglash;
-xulosalarni esda olib qolish;
- bilimlarni o’quv va hayotiy sharoitlarga tatbiq qilish.
4-variant. Ko’rsatma qurollarda bеrilgan omillarni tahlil qilish asosida ma'ruza tashkil etilganda, quyidagicha ko’rinishni oladi.
- O’qituvchi faoliyati ko’rgazma qurolni tahlil ettirish;
- bolalar oldiga muammolar qo’yish;
- qo’yilgan muammo asosida bilim-larni izchil bayon etish;
- xulosalar chiqarish;
- bilimlarni o’quv sharoitlariga tatbiq qilishni tashkil etish;

Download 60.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling