Ta’lim olganlikni tashhis etish referat


Download 47.15 Kb.
bet4/9
Sana04.02.2023
Hajmi47.15 Kb.
#1165643
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ta’lim olganlikni tashhis etish. Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni 2

Mezonlarga ko’ra testdan o’tkazishda natijalar o’zgarmas, doimiy standartlar bilan solishtiriladi. Masalan, haydovchilik guvohnomasini berish uchun talabgorning bilimi mavjud standart bilan solishtirilishi kerak. Uni boshqa soha xodimining qobiliyatlari bilan solishtirib bo’lmaydi.
Mezonlar bo’yicha o’tkazilgan testlar ta’lim beruvchiga ta’lim oluvchilar bilimi va imkoniyatlarini aniqlashga ko’mak beradi. Masalan, to’rt xonali sonlar bilan arifmetik amallarni bajarish bo’yicha 20 ta misol berilgan bo’lsa, ta’lim oluvchi ularni o’zlashtirgan, deb hisoblash uchun misollarning eng kamida 17 tasi to’g’ri bajarilgan bo’lishi kerak.
Ayrim hollarda tavsiya etilgan testlarni 100 foiz to’g’ri bajarish talab etiladi.
Yangi mavzuni o’tishdan avval ta’lim oluvchining shu mavzuni o’rganishga tayyorligi hamda emotsional va psixomotor holatini aniqlashda, shuningdek, ularni o’qitish uchun guruhlashda mezonga ko’ra o’tkaziladigan testlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Standartlashtirilgan testlar ma’lum standart talablari qo’yilgan dastur asosida tuzilib, ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakasini aniqlashga mo’ljallanadi. Ularning erishilgan darajani, qobiliyatlarni (qiziqishlarni ham) aniqlovchi hamda tashhislovchi turlari mavjud.
Ta’lim beruvchilar ko’proq erishilgan darajani va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar bilan ishlaydi.
Erishilgan darajani aniqlovchi testlar ta’lim oluvchi ma’lum sohada o’zlashtirgan bilimlar miqdorini o’lchaydigan standartlashtirilgan testlardir. Bu kabi testlarni butun guruhga yoki individual ravishda ishlatish, natijalarni hisoblashda turlicha ball tizimi qo’llanilishi mumkin.
Tashhislovchi testlar ta’limdagi muammolarni belgilab olish uchun individual ravishda qo’llaniladi.

  1. Testlarning didaktik-psixologik yo’nalishi qanday test ishlab chiqilayotganligi yoki adaptatsiyasidan o’tayotgan testni uning muallifi qanday xarakterlashni aniqlaydi:

    1. nazariy bilimlarni nazorat qilish uchun o’zlashtirish testlari;

    2. berilgan fan (o’quv va mutaxassislik) bo’yicha bilim va malakalarni nazorat qilish testlari;

    3. o’qitish testlari (ma’lum fan yoki uning tsikli bo’yicha o’quv imkoniyatlarining diagnostikasi).

  2. Download 47.15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling