Ta’lim olganlikni tashhis etish referat


Nazorat bosqichlari bo’yicha yo’nalish


Download 47.15 Kb.
bet5/9
Sana04.02.2023
Hajmi47.15 Kb.
#1165643
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ta’lim olganlikni tashhis etish. Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni 2

Nazorat bosqichlari bo’yicha yo’nalish:


  1. kirish nazorati (oliy o’quv yurtiga kirishdagi yoki kursni, fan bo’limini va o’qitish bosqichining boshlanishidagi nazorat);

  2. kundalik (joriy) nazorat-bu har kuni amalga oshiriladigan yoki o’quv jarayoni mavzulari bo’yicha o’tkaziladigan nazorat;

  3. oraliq nazorat-bu muayyan fanning alohida bo’lishi tugashi munosabati bilan o’tkaziladigan nazorat;

  4. yakuniy nazorat-bu ma’lum kurs (fan) ning tugashi munosabati bilan o’tkaziladigan nazorat.
  • Testlashtirishning diagnostik (tashhislanganlik) darajasi bo’yicha berilgan testdan ko’zlangan maqsad:


    1. Simptomatik diagnostikaga, ya’ni bilim va o’zlashtirishning “yuqori qatlamlariga” qaratilishi (ya’ni, ma’lum qonuniyat yoki formulalarni bilish, bilmasligi yoki tanish-notanishligi va boshqalar);

    2. Etilogiya diagnostikaga, tekshiruv-aloqa sababi (nima uchun aynan o’sha bilimlarni bilmasligi va buning qay darajada boshqa bilimlarni bilishga bog’liqligi)ga qaratilishi;

    3. tipologiya diagnostikada esa ta’lim oluvchining o’tilayotgan dars va bilimlarni bilishga, o’zlashtirish va uddalay olishida qanday g’oyalarni kuchaytirish kerakligiga qaratilgan bo’ladi.

  • Sinaluvchining testni bajarish faolligini oshirishga esa yozma va og’zaki testlarga mos ravishda yozma va og’zaki javoblarni qo’llash. Masalan, harakat testlarida, ayniqsa, kompyuterlarda klavishlarni bosishdan tortib, dasturlar yoki, qism dasturlarni chiqarishgacha hamda hisoblash ishlarini o’tkazish va grafikrlarni chizish, loyihalashtirish kabilarda. Harakat testlari o’qish yoki ishlash qurilmalarida mashq (trenajerlarda) testlarini mutaxassislik bo’yicha o’qitish tizimlariga kiritish mumkin.

  • Testning nomogenlik darajasi (bir jinslik) testni tuzuvchi muallif tomonidan rejalashtirilgan bo’ladi. Shu jumladan:

    1. ko’zlangan maqsadga qarab testning nimani tekshirish kerakligi, ayniqsa, integrativ xarakterdagi asosiy elementlar ichidan (masalan, ma’lum amallarning talab qilingan darajada yoki shu amallarni bajarishda sifat, miqdor, tezlik, ketma-ketlik, javobgarlik kabi bir qancha) asosiy omillarni hisobga olish;

    2. shakllantirilgan testda topshiriqlar tuzilishi shaklining bir jinsligi (gomogenligi) yoki turli shaklda bo’lishligi.


    1. Download 47.15 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling