Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari arxiv uz


Download 216.24 Kb.
bet1/11
Sana15.06.2023
Hajmi216.24 Kb.
#1476665
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nazarova Madina Raximjonovna

“Ta’lim jarayoni va uni boshqarishga doir nazariyalar tahlili ”

Reja:

I.KIRISH

II.ASOSIY QISM


    1. Ta`lim jarayoni mohiyati

    2. Ta`limning umumiy va xususiy qonuniyatlari.

    3. Ta`limning mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillari.

III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR






Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Ta’lim berish g’oyatda murakkab va mas’uliyatli ish, buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, pedagogning ta’lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta’minlashga urinish va harakatlarini saqlashga intilishi o’rtasidagi ta’limga xos dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbaidir.
Ta’lim maqsad, mazmun, o’qituvchining shaxsi, tinglovchilardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o’qitishning moddiy-texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgiladani. Bunda o’qituvchi tinglovchilar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o’zining ko’rsatmalari, yo’naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirishlari va hakozalar bilan ularning o’quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko’ra ta’lim birinchidan, o’qitish, ikkinchidan, o’qitishni, ya’ni o’qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o’z ichiga oladi.
“Ta’lim ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunadi va umumfalsafiy metodologiyaga muvofiq bu qonunlar ta’lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar o’rtasidagi umumiy, muhim zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta’limning alohida komponentlari, ya’ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usullari va uslublari o’rtasidagi ichki bog’lanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan qator asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish o’qituvchining sifatli va samarali amalga oshiruvini ta’minlaydi”.
Ta’lim natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi hatti-harakatlari, umumiy kamolotiga, pirovardida esa uning xulqiga ta’sir etadigan bilimlar, ko’nikmalar va malakalar majmuasining shakllanishiga bog’liq holda namoyon bo’ladi.

Download 216.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling