Stereofonik va ko‘p kanalli audiofayllarni yuqori aniqlik bilan tahrirlash mumkin. - Tahrirlashda kesib olish, nusxa olish, qo‘yish, ovozli ma’lumotlarni mikshirlash qo‘llaniladi. Dasturda kanallar va fayllar orasidagi ma’lumotlarni qulay o‘tkazish uchun Drag and Drop texnologiyasi qo‘llaniladi.
- Sound Forge 24 bitgacha ruxsat berilgan va 192 kilogersgacha semplashtirish chastotasida suzuvchi nuqtali 32/64 bit ovozli ma’lumotlarni tasvirlashga, raqamli ovozni yuqori aniqlakda eshitishga ruxsat beradi. Yozuvda musiqali asboblar va vokalning juda past ovozi saqlanadi.
- Dasturga kuchli va moslashuvchan virtual effekt-protsessor o‘rnatilgan. Unda 40 dan ziyod professional studiya effektlari mavjud, ularga quyidagilarni keltirish mumkin: normalizatsiya, ekvalayzer, diley, xorus, universal dinamik ishlov, geyt, ton balandligini o‘zgartirish, flenjer va vibrato. Sound Forge ga aniq chatota polosalarida signalning dinamik diapazoniga samarali ta’sir etishga ruxsat beradigan ko‘p polosali kompressor o‘rnatilgan.
- Sound Forge 9 audioeffektlar sonini cheksiz ko‘paytiradigan DX-i VST-plaginlarni ishlatadi. Audiofayllarning kattagina qismini avtomatik paketli ishlov berish rejimida ixtiyoriy murakkablikdagi bir turli algoritm bo`yicha o`zgartirish mumkin.
- Sound Forge 9 AVI, WMV, MPEG-1 va MPEG-2 kabi videoformatlarni qo‘llaydi, tasvir va ovozni kadrosti sinxronizatsiyasini ta’minlaydi. Dasturga MPEG-2 va WMVkodlashtirish formatida fayllarni yozish uchun shablonlar kiritilgan. Sound Forge 9 ko‘p kanalli WMA-audiofayllarni yuklash va tahrirlashga, Dolby Digital AC-3 sozlangan plaginni ishlatib AC-3 formatli surround-fayllarga ko‘p kanalli audiofayllarni eksport qilishga ruxsat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |