Ta’lim shakllari, metodlari va vositalari tasnifi


Download 1.39 Mb.
bet4/12
Sana19.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1620736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-мавзу 2023

Seminar – bu o‘qituvchining ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir.

  • Seminar – bu o‘qituvchining ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir.
  • Seminar quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladi:

  • 1) nazariy materialni tartibga solish;
  • 2) bilimlarni mustahkamlash;
  • 3) ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;
  • 4) bilimlarni nazorat qilish.
  • Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish

    Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda quyidagi savollarga javob topiladi:

  • 1. Nima uchun? – Seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad.
  • 2. Qanday tarzda? – Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish.
  • 3. Nimani muhokama qilish? – Seminarni olib borish vaqtida muhokama qilinadigan materiallar mazmuni.
  • 4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? – Seminarni tashkil etish jarayonida ma’lum omillarni hisobga olish.

SEMINAR TURLARI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


Seminar turlari

O‘ziga xos xususiyatlari

Ma’ruza(doklad)li seminar

Seminar mashg‘uloti talabalarning ma’ruzalarni tinglash va munozara shaklida o‘tkaziladi.

Dialogli seminar

Seminar mashg‘uloti ommaviy va indiviudal savol-javoblar tariqasida tashkil etiladi

Refleksiv seminar

Seminar mashg‘uloti mavzuga doir ma’lumotlarni muhokama qilish va aniq xulosalarga kelish tarzida o‘tkaziladi.

Seminar-fikrlar almashuvi

Seminar mashg‘ulotini tashkil etishda manbalardan foydalaniladi va turli fikrlarni shakllantirishga erishiladi

Seminar-Illyustratsiya

Seminar mashg‘uloti manbalar bilan ishlash tarzida tashkil etiladi va materiallar illyustratsiya tarzida namoyish etiladi.

Evristik seminar

Seminar izlanishli-topshiriqli tarzda tashkil etiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling