Ta`lim sifati ma`rifiy (ta`limiy, tarbiyaviy) faoliyatni baholash va… nazorat qilish muammosi sifatida
Download 159.5 Kb.
|
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tizimi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa …………………………………………………………... Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………….. KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
- Mirziyoyev.
Reja: Kirish Asosiy qism. Ta`lim sifati ma`rifiy (ta`limiy, tarbiyaviy) faoliyatni baholash va… nazorat qilish muammosi sifatida…………………………………... Ta`lim sifatini nazorat qilishning mazmuni, shakllari, metodlari va turlari (joriy, oraliқ, yakuniy)………………………………………. Ta`lim muassasalarini boshqarish, O`zbekistonda ta`lim taraqqiyoti muammolari va istiqbollari…………………………………………. Xulosa …………………………………………………………... Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………….. KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta'limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig'ilishi boshlandi."Ta'lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak. Chunki biz ko'p vaqt yo'qotganmiz. Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta'limi vazirligining ishi, deb o'ylasa, mutlaqo yanglishadi. Maktab ta'limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo'lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin", - dedi davlatimiz rahbari yig'ilish avvalida.1"Besh yillik yangi Taraqqiyot strategiyamizni e'lon qildik. Oldimizga yalpi ichki mahsulot va eksportni karra-karra oshirish, sanoatni va axborot texnologiyalarini keskin rivojlantirish, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha ulkan marralarni oldik. Bu vazifalarni kim uddalaydi? Albatta, maktabda zamonaviy bilimlarni egallagan, raqobatbardosh yoshlar.Umuman, respublika bo'yicha 10 ming 130 ta maktabni isloh qilish 6 milliondan ziyod o'quvchi, 500 mingdan ortiq muallim, umuman, jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagi bilan chambarchas bog'liq.Shu bois, bizga sifatli ta'lim tizimi, zamon talablariga javob beradigan va barcha shart-sharoitlarga ega maktablar, ularda malakali pedagog-kadrlar, boshqaruvchilik va liderlik qobiliyatiga ega maktab direktorlari kerak. Kirish Taraqqiyot strategiyasida to'rtinchi ustuvor yo'nalish ham, “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad”ning 5 ta maqsadi hamda undagi 18 ta vazifalar ham bevosita maktab ta'limi bilan bog'liq", -dedi Shavkat Mirziyoyev.Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo’lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan birdavrda kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni ijodiy g’oyalari va ijodkorligini hartomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg’or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon vatalablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi” PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi”doirasida O’zbekistonda ta’lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllantirilmoqda.Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishlardagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar,agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi“Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi” tashkiletildi. O’z navbatida, “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi” ga ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlabchiqish hamda joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib boorish, ta’lim sifatinibaholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi. Download 159.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling