Ta’lim sifatiga erishish “ Umumiy pedagogika” fani taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlari sifatida. Talaba: Abduvoxidova M. S ilmiy rahbar: Kiyamov N. S annotasiya


Download 50.32 Kb.
Sana30.03.2023
Hajmi50.32 Kb.
#1309543
Bog'liq
Abduvoxidova.M.S.


Ta’lim sifatiga erishish “ Umumiy pedagogika” fani taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlari sifatida.
Talaba: Abduvoxidova M. S
Ilmiy rahbar: Kiyamov N.S
Annotasiya.
Maqolada ta’lim sifatiga erishishda Umumiy pedagogika fani taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlari ochib berilgan. Darhaqiqat o’qitish tizimining sifati va samaradorlik holatini ta’minlashda yetakchi asos sifatida o’qituvchi shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, tafakkuri, va kasbiy mahoratini ochib bergan. Maqolada o’qituvchilik kasb ekanligi bilan ahamiyatli ekanligi yoritilgan va ta’lim sifati, oliy ta’limning sifati, sifat va samaradorlik darajalari bayon etilgan.
Kalit so’zlar: Ta’lim, fan, ustuvorlik, saviya, kasbiy tayyorgarlik, fidoiylik, kasb, sifat, ta’lim sifati, samaradorlik va boshqalar.
Достижение качества образования «Общая педагогика» как приоритетное направление развития.
Ученик: Абдувохидова М.С
Научный руководитель: Киямов Н.С
Аннотация .
В статье раскрываются приоритетные направления развития общей педагогики для достижения качества образования. По сути, в качестве ведущей основы обеспечения качества и эффективности системы образования педагог раскрывал духовно-нравственный облик, мышление, профессиональные качества человека. В статье подчеркивается важность преподавания как профессии и описываются качество образования, качество высшего образования, а также уровни качества и эффективности.
Ключевые слова: образование, наука, приоритет, уровень, профессиональная подготовка, самоотверженность, профессия, качество, качество образования, эффективность и др.
Achieving the quality of education "General pedagogy" as a priority direction of development.
Annotation .
Student: Abduvokhidova M.S
Scientific supervisor: Kiyamov N.S
The article reveals the priority directions of the development of General Pedagogy in order to achieve the quality of education. In fact, as a leading basis for ensuring the quality and efficiency of the education system, the teacher revealed the spiritual and moral image, thinking, and professional skills of a person. The article highlights the importance of teaching as a profession and describes the quality of education, the quality of higher education, and the levels of quality and efficiency.
Key words: Education, science, priority, level, professional training, dedication, profession, quality, quality of education, efficiency, etc.
Zamonaviy sharoitda har bir jamiyatning taraqqiyotida ijtimoiy omillardan biri ta’lim tizimining rivoji deb e’tirof etilgan. Binobarin, yosh avlodning kamoloti bevosita ta’lim tizimining mazmuni va uning o’zida qay darajada aks etishiga bog’liq. O’qitish tizimining sifat va samaradorlik holatini ta’minlashda esa yetakchi asos o’qituvchi shaxsining ma’naviy-axloqiy qiyofasi, tafakkuri va kasbiy mahorat sanaladi.
O’qituvchining ma’naviyati va mahorati kishilik jamiyatining pedagogik soha shakllangan deyarli barcha bosqichlarida shaxs kamolotini belgilovchi yetakchi mezon sifatida e’tirof etib kelinmoqda. Darhaqiqat, o’qituvchining bilimdonligi, boy madaniyati, hissiy yetukligi, ta’lim oluvchilarga nisbatan ijobiy yondashuvi va albatta, ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak mahorat bilan tashkil eta olishi yosh avlodni har tomonlama kamol topishini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda mahoratli o’qituvchilarni tayyorlashga bo’lgan ijtimoiy talab yanada oshdi. Zero, bu yillar umumbashariy globallashuv jarayoniga to’g’ri keldi. Axborotning katta oqimi, shaxslararo munosabatlarda axborot almashinuvining tezkorligi o’z-o’zidan bugungi kun o’qituvchi zimmasiga turli ijtimoiy to’siqlarga nisbatan bardoshli, immunitetga ega yoshlarni tarbiyalash vazifasini qo’ymoqda. Ta’lim maqsadlariga erishish, ta’lim oluvchilarning turli (bilish, tadqiqotchilik, ijtimoiy va b.) faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol shaxs etib tarbiyalash o’qituvchilar zimmasiga ulkan mas’uliyatni yuklaydi. Yosh avlod kamoloti timsolida jamiyat ravnaqi, yurt istiqboli ta’minlanadi. Shunday ekan, jamiyatning istiqboli ko’p jihatdan o’qituvchiga, uning saviyasi, kasbiy tayyorgarligi, fidoyiligi, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashdan iborat faoliyatiga bo’lgan munosabatiga bog’liq.
O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o’kituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariya asoslarinigina o’zlashtirishning o’zi yetarli emas. Zero, pedagogik nazariya shaxsni o’qitish va tarbiyalashning umumiy qoidalari, qonuniyatlari, tamoyillari, metodik g’oyalarini nazariy jihatdan yoritib beradi. Ta’lim jarayonini tashkil etish esa amaliy xarakter kasb etadi. Bu jarayonda kutilmagan tasodif tufayli ba’zan nazariy jihatdan asoslangan g’oyalar bo’yicha ish ko’rish ijobiy natijani kafolatlay olmaydi. Ta’lim amaliyotida har bir voqyea, hodisa, jarayonga uning mohiyatidan kelib chiqqan holda individual yondashish talab etiladi. Bu esa o’z-o’zidan o’qituvchining bilimdon, mahoratli, tadbirli bo’lishini zarurligini taqozo etadi.
Pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli, samarali olib borish uchun o’qituvchi o’z kasbining ustasi bo’la olishi zarur, qolaversa, u soha muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladigan sifatlar, pedagogik qobiliyat, jismoniy, ruhiy va amaliy tayyorgarlikka ham ega bo’la olishi zarur.
Kishilik tarixi taraqqiyotidan yaxshi ma’lumki, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi hamda keng ko’lamga ega bo’lib borishi bilan birga yosh avlod ta’limi va tarbiyasini tashkil etish, bu borada yuqori natijalarni qo’lga kiritishga alohida e’tibor qaratila boshlagan. Yosh avlod kamolotini ta’minlashda muhim rol o’ynovchi subyektlar sirasida o’qituvchi va uning roli behad qadrlangan. Asrlar davomida o’qituvchi shaxsiga nisbatan alohida hurmat ko’rsatilib qolmasdan, o’z navbatida uning ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lishiga alohida e’tibor qaratilgan va yuksak talablar qo’yilgan. Ana shunday talablar mohiyati ilk yozma manba sanaluvchi «Avesto», Islom dinining muqaddas manbalaridan biri bo’lgan «Hadis», shuningdek, ulug’ mutafakkirlar – Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar tomonidan yaratilgan asarlar mazmunida ham o’z ifodasini topgan.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib maqolamizning mavzusini “Ta’lim sifatiga erishish “Umumiy pedagogika” fani taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari sifatida” deb nomladik.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab butun dunyo bo’ylab “sifat inqilobi” sodir bo’ldi. Dunyoninng yetakchi ishlab chiqarish korxonalari asosiy e’tiborni son va miqdorga emas, balki mahsulot sifatiga qarata boshlashdi. Sifat raqobatbardoshlikni ta’minlovchi asosiy omil sifatida namoyon bo’la boshladi.
Sifat – umumiy tushuncha sifatida insonlarning ehtiyojlari va talablarini qondirish bilan asoslanuvchi mahsulot, material, ish turi, mehnat, xizmatlar va shu kabilarning xususiyatlari hamda xususiy belgilarining majmui bo’lib, ularni qo’yilgan talablar va o’z vazifalariga to’liq mos kelishi bilan baholanadi.
Bunday moslik asosan standartlar, shartnomalar, kelishuvlar, iste’molchilarning talablari bilan aniqlanadi.
Sifatga e’tibor va uning rivojlanish bosqichlarini mantiqan quyidagi davrlarga bo’lish mumkin:
1. XX asrning 60-yillari: Bozor raqobatbardoshligi sharoitida asosiy omil – mahsulot sifati.
2. XX asrning 70-yillari: mahsulot sifatidan texnologiya va ishlab chiqarish sifatiga o’tish bosqichi.
3. XX asrning 80-yillari: texnologiya va ishlab chiqarish sifatidan “sifatni boshqarish tizimi” bosqichiga o’tish davri.
4 . XX asrning 90-yillaridan boshlab: ta’lim sifati, bevosita intellektual resurslar sifati, inson hayoti darajasi va uning sifati – asosiy omil sifatida namoyon bo’la boshladi.
Bu holat ta’lim muassasasining o’quv-tarbiyaviy faoliyatini turli qirralarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar majmui orqali baholanadi. Ushbu ko’rsatkichlarga ta’lim oluvchilar kompetentligining rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim mazmuni, o’qitish shakli va uslublari, material-texnik baza, xodimlar tarkibi kabilar kiradi. Qolaversa, ta’lim sifati shaxsning hayotiy faoliyati sifatini oshirish va aniq maqsadga erishishda foydalanish uchun zarur bo’ladigan, aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmui sifatida ham talqin etiladi.
Hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya sifati o’ta muhim, muammoli va dolzarb masala hisoblanadi. Chunki, boshqa barcha ijtimoiy masalalar, siyosiy muammolar va iqtisodiy ko’rsatkichlar aynan ta’lim sifati darajasiga bog’liq holda rivojlanadi. Shuningdek, ta’lim sifati davlat va jamiyat istiqbolini, butun insoniyat taqdirini belgilab beradi. Shu sababli ta’lim sifatini “hayot sifati” deya izohlash xato bo’lmaydi.

Talabalarning bilimlari sifati odatda ta’lim muddati yakuniga yetgach, ular tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarning amaliy ahamiyat, qiymatga egaligi, yuqori darajadaligi va kasbiy faoliyatda qo’l kelishi bilan belgilanadi.


“Ta’lim sifati” tushunchasi mohiyatida quyidagi omillar birligi namoyon bo’ladi: oliy ta’lim ishtirokchilarining manfaatlari; kirish ma’lumotlari, ta’lim-tarbiya jarayonlari, chiqish ma’lumotlari, maqsad va vazifalar kabi tushunchalarning o’zaro nisbati; baholanadigan akademik sohaning xususiyatlari yoki tavsifi; oliy ta’limning tarixiy rivojlanish davri.
Tushunchaning o’zi turli bir necha holatlarga berilgan baho, munosabat tarzida aks etadi. Ya’ni, sifat – 1) eng yuqori ko’rsatkich; 2) maqsadga to’liq erishilgan faoliyat; 3) yanada takomillashtirilgan faoliyat.
O’qitish amaliyotida “ta’lim sifati” absolyut va nisbiy tushuncha sifatida talqin etiladi.
Absolyut tushuncha tarzida u ta’lim muassasasining maqomi, mavqyei va ustunligini aks ettirishni nazarda tutadi. Bu vaziyatda u ta’lim muassasasi imidjining yuksalishi, rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Absolyut ko’rsatkich tarzida u ta’lim sifati bo’yicha eng yuqori darajadagi ta’lim standartiga yetishishni ifodalaydi.
Tushuncha nisbiy tarzda ham ifodalanadi. Unga ko’ra sifat ta’lim xizmatning asosiy atributi (ajralmas qismi, asosiy xususiyati) deb hisoblanmaydi va ta’lim jarayonini davlat ta’lim standartiga mos kelishi bilan baholanadi. Ana shu holatga ko’ra tushuncha ikki xil talqin etiladi:
1) sifat ko’rsatkichining ta’lim standartiga mos kelishi;
2) sifat ko’rsatkichining ta’lim xizmati iste’molchilarining rasmiy talablariga mos kelishi.
Tushuncha birinchi holatda ishlab chiqaruvchi (ta’lim muassasasi) nuqtai nazaridan sifatni belgilasa, ikkinchi holda iste’molchi, ya’ni, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mutaxassis kasbiy tayyorgarligining e’tirof etilishini anglatadi.
Ayni o’rinda shuni ham aytib o’tish kerak, ko’pincha ta’lim xizmati sohasi va iste’molchilarning manfaatlari sifat nuqtai nazardan bir-biriga to’liq mos kelmaydi. Shu sababli barcha oliy o’quv yurtlarida ta’lim sifati muammosiga ikki xil yondashuv kuzatiladi:
- ta’lim muassasasining yondashuvi (bunda marketing tadqiqotlari ta’lim jarayoni mavjud holatining davlat ta’lim standartiga mosligini o’rganatdi);
- ta’lim xizmati iste’molchilarining yondashuvi (marketing tadqiqotlari ta’lim xizmati iste’molchilari talablarining qondirilganlik darajasiga ko’ra baholanadi).
Ta’lim sifatiga baho berishda “ta’lim samaradorligi” tushunchasi ham e’tiborga olinishi zarur. Binobarin, ular bir-birini taqozo etadi. Biroq, ko’p holatlarda sifat va samaradorlik negizida aynan bir xususiyat e’tirof etiladi. Ular o’rtasida keskin farq mavjud.
Xo’sh, ta’lim sifati va samaradorligi tushunchalarini aniqlovchi mezonlar bir-biridan qanday farq qiladi?

Ta’lim sifati va ta’lim samaradorligi jamiyatda ijtimoiy subyektlarning turmush darajasini ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat umumiy va kasbiy ta’limga qanchalik ko’p mablag’ sarflasa va natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga javob bersa, hayot sifati shunchalik yuqori bo’ladi. Ta’lim samaradorligini belgilashda eng optimal xarajatlar hisobida yuqori ta’lim sifatiga erishish talab etiladi.


Ta’lim sifatini belgilashda muayyan omillar inobatga olinadi hamda mezonlarga tayangan holda ish ko’riladi.
Ta’lim sifatini baholashda quyidagi ketma-ketlikdagi tashkil etuvchilar hisobga olinishi talab etiladi:
- bilim sohibi, tarqatuvchisi;
- bilimni uzatish texnik vositalari;
- bilimni uzatish texnologiyasi;
- bilim oluvchi;
- bilimni mustahkamlik darajasi;
- olingan bilimlarni zarurligi, kerakligi;
- yangi bilimlar olish zarurligi va imkoniyati.
Shunday qilib, “ta’lim sifati” ham ta’lim muassasasi faoliyatining, ham bitiruvchining kasbiy tayyorgarlik, kompetentlik darajasini ifodalashga xizmat qiladi. Ta’lim sifatiga erishish kuchli raqobat mavjud sharoitda jahon ta’limi darajasiga yetish hamda talabalarning mutaxassis sifatida yuqori darajadagi kasbiy kompetentlikni namoyon eta olishi uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligini ham belgilab beradi. Zamonaviy sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish, turli sohalarda ro’y berayotgan keskin, inqilobiy o’zgarishlar ta’lim sifatida erishishda ilg’or pedagogik va innovasion xarakterga ega axborot texnologiyalarini o’qitish amaliyotiga tatbiq etishni taqozo etmoqda. Bitiruvchilarning ta’lim davrida qanday kasbiy tayyorgarlikka ega ekanliklarini izchil nazorat, tahlil qilib borish har bir o’qituvchidan o’z faoliyatida ilg’or pedagogik va innovasion axoborot texnologiyalarini samarali qo’llay olishni taqozo etmoqda.


FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI



  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 2015.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” / Barkamol avlod – O’zbekiston

  3. Abdurasulov G’.R. “Pedagogik mahorat” fanidan oraliq va yakuniy nazorat savollari bo’yicha uslubiy ko’rsatma. – Jizzax: Jizzax, 2010.

  4. Axmedjanov M.M., Xo’jayev B.Q., Hasanova Z.D. Pedagogik mahorat / Darslik. – T.: “Fan va texnologiyalar”, 2008.

  5. Karimjonov A. Pedagogik tizimni boshqarish asoslari / O’quv qo’ll. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007.

  6. Mirzaxmedova Sh.A. “Pedagogik mahorat” fanidan ma’ruzalar matni. – T.: Toshkent avtomobil-yo’llar instituti, 2010.

  7. Muloqot psixologiyasi / Tuzuv.: X.G’.Sharafutdinova. – Termez: Termez DU, 2008.

  8. Pedagogika / Darslik / Prof. M..Toxtaxodjayevaning umumiy ta’riri ostida. – T.: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010.

  9. Pedagogika / Nopedagogik oliy ta’lim muassasalari uchun darslik. U.Inoyatov, N.Muslimov, D.Ro’ziyeva, M.Usmonboyeva. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.

Download 50.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling