Ta’lim sifatini o‘zgartirishda o‘qituvchi kompetentligining roli


Download 143.22 Kb.
bet3/4
Sana21.01.2023
Hajmi143.22 Kb.
#1107854
1   2   3   4
Bog'liq
4-PED

AQSHning bir nechta shtati va shaharlarida, shuningdek, Singapur va Janubiy Koreyada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, agar o'rtacha qobiliyatga ega etti-sakkiz yoshli ikki o'quvchiga bir-biridan juda farq qiladigan (yuqori va past saviyali) o'qituvchilar biriktirilsa, uch yildan keyin ularning bilimi darajasi bir-birinikidan 50 foizdan ziyodroqqa farq qilarkan. Demak, yuqori malakali o'qituvchilar dars bergan sinflarda o'quvchilar uch barobar tezroq rivojlanar ekan.

  • AQSHning bir nechta shtati va shaharlarida, shuningdek, Singapur va Janubiy Koreyada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, agar o'rtacha qobiliyatga ega etti-sakkiz yoshli ikki o'quvchiga bir-biridan juda farq qiladigan (yuqori va past saviyali) o'qituvchilar biriktirilsa, uch yildan keyin ularning bilimi darajasi bir-birinikidan 50 foizdan ziyodroqqa farq qilarkan. Demak, yuqori malakali o'qituvchilar dars bergan sinflarda o'quvchilar uch barobar tezroq rivojlanar ekan.
  • Joriy yil iyun` oyida mamlakatimizda bo'lgan Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti bosh kotibining ta'lim siyosati bo'yicha maslahatchisi Andreas Shlyaxerga “O'qitish sifatini ta'minlash uchun nima muhim: sinflardagi o'quvchilar sonini qisqartirishmi yoki o'qituvchilarning saviyasini oshirishmi?” degan savol berildi. Unga javoban mutaxassis shunday dedi: “Agar siz darslarni qisqartirish yoki o'qituvchilarning malakasini oshirishdan birini tanlashingiz kerak bo'lsa, pedagoglarning saviyasi muhimroq. Bu borada yuqori natijalarga erishgan davlatlar, masalan, Xitoy tajribasini o'rganishimiz mumkin. Darhaqiqat, bu mamlakatda juda katta sinflar mavjud. Lekin, ikkinchi tomondan, bu davlatda pedagog kadrlar malakasini muntazam oshirib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda”

Samarali o'qitish uchun uzluksiz o'qish kerak

  • Samarali o'qitish uchun uzluksiz o'qish kerak
  • Zamonaviy dunyoda o'qituvchilarning intellektual salohiyatini oshirish jamiyat rivojlanishini ta'minlovchi asosiy mexanizmdir. Ta'lim siyosati sohasida jahonning etakchi ekspertlaridan biri bo'lgan Maykl Barber bir maqolasida samarali maktab tizimini tavsiflovchi tarkibiy elementlardan biri yuqori malakali o'qituvchilar jamoasi hamda ularning pedagoglik fazilati va malakasini muttasil takomillashtirishdir, deb ta'kidlaydi.
  • Haqiqatan ham, bugun tez o'zgarayotgan zamonda iqtisodiyot, fan va ta'lim mislsiz sur'atda rivojlanib bormoqda. Mavjud ilmiy axborotlar, shu jumladan, maktab fanlariga doir ma'lumotlarni har yili to'la yangilashga ehtiyoj sezilyapti. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun o'qituvchi har kuni o'qib o'rganishi zarur. Mazkur talabni bajarishi uchun davlat va jamiyat muallimga tegishli sharoitlar yaratib beradi.

Download 143.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling