Ta’lim sifatini o‘zgartirishda o‘qituvchi kompetentligining roli


Download 143.22 Kb.
bet2/4
Sana21.01.2023
Hajmi143.22 Kb.
#1107854
1   2   3   4
Bog'liq
4-PED

Oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonida abiturientlarning past natija ko'rsatishi maktablarimizdagi ta'lim sifatida ayrim muammolar borligini namoyon qiluvchi yagona holat emas. 2019-yili Sirdaryo viloyatida o'tkazilgan o'rganishlar jarayoniga jalb qilingan o'qituvchilarning yarmidan ko'pi o'zi dars beradigan fandan qoniqarsiz natija ko'rsatgan. Yomoni, mazkur o'qituvchilarning o'quvchilari ham tegishli fanlardan juda past ball to'plagan.

  • Oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonida abiturientlarning past natija ko'rsatishi maktablarimizdagi ta'lim sifatida ayrim muammolar borligini namoyon qiluvchi yagona holat emas. 2019-yili Sirdaryo viloyatida o'tkazilgan o'rganishlar jarayoniga jalb qilingan o'qituvchilarning yarmidan ko'pi o'zi dars beradigan fandan qoniqarsiz natija ko'rsatgan. Yomoni, mazkur o'qituvchilarning o'quvchilari ham tegishli fanlardan juda past ball to'plagan.
  • Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o'rgatish milliy-tadqiqot instituti oxirgi ikki yilda o'tkazgan tahlillar biologiya o'qituvchilarining 90,6 foizi, fizika o'qituvchilarining 97,6 foizi o'z fanidan juda ham sayoz bilimga ega ekanini ko'rsatdi.

O'zida yo'q bilimni birovga berib bo'lmaydi

  • O'zida yo'q bilimni birovga berib bo'lmaydi
  • Maktablarimizda o'qituvchilar kasbiy mahoratining pastligi, ta'lim sifati talab darajasida emasligi, bitiruvchilarning bilimi etarli bo'lmagani uchun oliy ta'lim muassasalariga kirolmayotgani, sifat tarkibi yuqori bo'lmagan abiturientlardan shakllantirilgan talabalardan tayyorlangan o'qituvchilarning etarli darajada raqobatbardosh emasligi kabi muammolar asosiy masala o'qituvchining tajribasi va mahorati bilan bog'liqligini ko'rsatyapti. Chunki maktabdagi ta'lim sifati undagi o'qituvchilar saviyasidan yuqori bo'lolmaydi.
  • Ta'lim sifatiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar borligini ta'kidlovchi fikrlar ham ko'p bildiriladi. Shulardan biri — sinflarda o'quvchilar sonining ko'pligi. Yuzaki qaraganda kam sonli o'quvchilarni o'qitish ko'p sonli o'quvchilarga dars berishdan ko'ra, osonroq tuyuladi. Biroq bu kam sonli bolalarning ta'lim sifati yuqori bo'ladi, degani emas.
  • 2000 - yillarning boshida ta'lim islohotini boshlagan rivojlangan mamlakatlarda sinflardagi o'quvchilar sonini kamaytirish o'qitish sifatini ta'minlashning yo'llaridan biri hisoblangan. Keyingi tahlillar bunday yondashuv kutilgan natija bermaganini ko'rsatdi. Evropa Ittifoqining deyarli barcha va Osiyo mintaqasining bir qator davlatlari ana shu yo'ldan borib, ta'limga xarajatni sezilarli darajada oshirgan. Biroq ularning faqat bir nechtasi ta'lim sifatining sezilarli yaxshilanishiga erishgan, aksariyatida o'qitish sifati o'zgarmasdan qolgan yoki hatto pasaygan.

Download 143.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling