Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Tadqiqotchilik o‘qitish metodini


Download 2.17 Mb.
bet81/110
Sana19.06.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1605721
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110
Bog'liq
3-mig` majmua

Tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda andragog tinglovchi bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi, tinglovchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni mavjud bilimlar orasidan saralaydilar va etishmayotgan zaruriy bilimlarni aniqlab ularni o‘zlashtiradilar. Masalaning echimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydilar. Masalani echish davomida tinglovchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish bo‘yicha mavjud ko‘nikma va tajribalarini mustaxkamlaydilar.
Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda andragog va tinglovchi tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

Andragog faoliyatining tuzilmasi

Tinglovchi faoliyatining tuzilmasi




Evristik va tadqiqotchilik metodlari tinglovchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalarini namoyon etishni taqozo etadi. Buning natijasida tinglovchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda tinglovchilarning mavjud bilim va ko‘nimalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlar tinglovchilarning o‘z faoliyatlariga doimiy ravishda yangicha yondashuv bilan qarash ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.CHunki kattalar ta’limini faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling