Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 2.17 Mb.
bet79/110
Sana19.06.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1605721
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110
Bog'liq
3-mig` majmua

Tashhis qilish – tinglovchi va uning faoliyat yo‘nalishlarini oldindan bila olish. O‘quv jarayoni davomida foydalanish uchun tanlangan uslublarining ta’siri va samarasini oldindan ko‘ra olish.
Loyihalashtirish – pedagog o‘zi o‘qitayotgan fanning missiyasi, maqsad va vazifalarini to‘liq anglab olishi, o‘quv faoliyati hamda o‘quv jarayonini loyihalashi.
Kommunikativ-informatsion – eng yangi ilmiy, uslubiy ma’lumotlar va ularni tinglovchilarga etkazish yo‘llarini topish va ularni bir tizimga solish. O‘quv jarayoni davomida tinglovchilar bilan uzviy, keng qamrovli, maqsadga yo‘naltirilgan muloqotni o‘rnatish.
Motivatsiya – tinglovchilar faoliyati yo‘nalishini belgilovchi va ularni faollashtiruvchi ichki va tashqi sharoitlar birligiga samarali ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash va singdirish.
Boshqarish – o‘quv faoliyati davomida tinglovchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi bo‘yicha ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olishi, o‘quv jarayonini mahoratli boshqarish.
Tashkil etish – belgilangan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishni tashkillashtirish.
Tinglovchilarga o‘zining o‘quv va ijodiy faoliyat natijalaridan lazzatlanish va o‘z-o‘zidan qoniqish hissini berish.
Rivojlantiruvchi – o‘qituvchi shaxsiga psixologik ta’sir ko‘rsatish.
Baholash – o‘quv faoliyatining talab va me’yorlarini ishlab chiqish va ularning tinglovchilar bilim, ko‘nikma va malakalari bilan muvofiqlik darajasini aniqlash. O‘qituvchiga o‘z-o‘zini baholash imkoniyatini berish.
Nazorat – o‘quv faoliyati davomida erishilgan natijalarni belgilangan maqsad bilan taqqoslash.
Korreksiya – o‘quv faoliyatini boshqaruvchi maqsad va o‘qitish dasturiga kerakli o‘zgartirishlar kiritish.
Malaka oshirish tizimida xizmat qilayotgan pedagoglar ana shu ko‘rsatilgan 12 ta ko‘rsatkichni to‘liq egallagan va o‘quv jarayonida mahorat bilan qo‘llay olgan taqdirdagina ularning faoliyatlari ijobiy psixologik samara beradi..
Mamlakatimizda yangilangan ta’lim mazmunini joriy etishda o‘qituvchi maktabdagi asosiy shaxs hisoblanadi. SHunday ekan, u zarur kasb mahorati va nazariy bilimlarga ega bo‘lmog‘i shart. O‘qituvchilar malaka oshirish kurslaridan ularni qiziqtirgan, o‘ylantirgan barcha muammolarni hal qilib ketishlari kerak. Bizga ma’lumki, institutimizda 20 ga yaqin mutaxassislikka ega bo‘lgan o‘qituvchilar kelib malakasini oshiradilar. Ularning har biri o‘ziga xos qiziqish, ehtiyoj talab va o‘z-o‘zidan ma’lum shaxsiy psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar.
Tinglovchilarning qiziqish va ehtiyojlarini asosan quyidagi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganib chiqish maqsadga muvofiqdir, ya’ni:
A) o‘quv jarayonini tashkil qilish va olib borilishiga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlar (talablar);
B) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishiga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlar (talablar);
V) o‘z shaxsiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishga nisbatan qiziqish va ehtiyojlari;
G) tinglovchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashi, ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha qiziqish va ehtiyojlarini (talablarini) o‘rganib chiqish.

Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling