Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Beva bo‘lib qolish, yoki turmush o‘rtog‘ining vafoti munosabati
Download 2.17 Mb.
|
3-mig` majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nikohdan tashqari oila
- Alternativ oila turlari
- Aralash oilalar
Beva bo‘lib qolish, yoki turmush o‘rtog‘ining vafoti munosabati bilan noto‘liq bo‘lgan oila ham ko‘proq onaning farzandi bilan yolg‘iz qolishidir. Bunday oilalardagi ma’naviy muhit ajrim tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oilanikidan farq qiladi. O‘zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan farzandlarida yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga intiladi. Bunday o‘ziga xoslik qator tadqiqotlarda alohida qayd etilgan (G. YAdgarova, 2003).
Nikohdan tashqari oila 90-chi yillarda ko‘paygan oila turi, unda asosan yolg‘iz qolgan ayol-ona oilani tebratadi. Bunday oilalar o‘sha davrda Rossiyada 20-21 foizni, Buyuk Britaniyada va Fransiyada – 32-35 foizni tashkil etgan bo‘lib, ko‘proq yoshgina bo‘la turib ona bo‘lganlar (15-19 yoshlilar) yoki aksincha, reproduktiv yoshdan o‘tib qolganlar – 40-44 yoshlilar tashkil etadi. Bu o‘rinda ikkala holatda xotin-qizlarning nikohga kirmasdan tug‘ish motivlari turlicha bo‘ladi. Rossiyada ota-onalardan bittasigina bo‘lgan oilalarda 1989 yilda 4,5 mln. bola yashagan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 1994 yilda 5 millonga etdi (A.G.Volkov, E.L.Soroko, 1999). O‘zbekiston sharoitida bu kabi holatlar favqulotda holatlar sifatida qaraladi, chunki ayrim udumlar va milliy qadriyatlarimiz farzandning nikohdan tashqari paydo bo‘lishini qoralaydi, SHunday bo‘lsa-da, turli sabablar va otag‘onalarning vaziyatlar qurboni bo‘lishi natijasida mamlkataimizda otalikni belgilash holatlari ortib bormoqdaki, unda ham ko‘pincha rasman oila nikohsiz oiladay tasavvur etiladi. SHa’riy nikoh o‘qilgani bilan rasmiy ravishda nikohning o‘z vaqtida qayd etilmasligi mentalitetimizga zid bo‘lgan shu toifa oilaalrning rasmiylashtirilib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Alternativ oila turlari – kam uchraydigan oila turlari bo‘lib, ular ayrim jihatlari bilan boshqalardan farqlanib turadi va o‘z navbatida toifalarga bo‘linadi. Masalan, ulardan biri – fuqarolik nikohi deb atalib, unda erkak va ayol o‘z ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd emay, yashayveradi. Ba’zan bunday qarorga ular kutilmagan homiladorlik paydo bo‘lganda ham kelishlari mumkin. Bunday nikoh bizning sharoitimizga, musulmonchilikka sira ham to‘g‘ri kelmaydi. Alternativ nkiohlar ko‘proq g‘arb mamlakatlariga xosdir. Lekin Golodning ta’kidlashicha, hozirda Rossiyada mavjud oilalarning 7% shunday nikoh asosida tashkil topgan. Oilaning muqaddasligini tinimsiz targ‘ib etishimiz azaliy qadriyatlarni ardoqlab kelayotgan yurtimizda bunday salbiy holatlarning bo‘lmasligiga xizmat qiladi. Alternativ nikohning yana bir ko‘rinishi qayta nikohlardir. Odatda bunday nikoh turi beva yoki tul qolgan shaxslarda uchraydi. Aslida ham birinchi qayta nikohlar XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan. Hozirda esa bunday nikohlar odatda beva qolganlar yoki ajrashib ketganlar o‘rtasida qayd etilishi mumkin. Bunday oila turi ham ajrimlar ko‘payishiga mos tarzda ortib bormoqda. Aralash oilalar yoki begona ota-onalar bilan yashaydiganlar oilasi. Bu – etimlarni boqib olish hisobiga paydo bo‘ladigan, otalikka olish, o‘gay ota yoki ona bilan yashaydiganlar oilasidir. Ming afsuski, turli hayotiy vaziyatlar tufayli shunday oila ham bor, ular nisbatan ko‘p bo‘lmasa-da, O‘zbekistonda ham mavjud. Download 2.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling