Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Kattalarning yosh xususiyatlari va ta’lim olish layoqatlari


Download 2.17 Mb.
bet75/110
Sana19.06.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1605721
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110
Bog'liq
3-mig` majmua

Kattalarning yosh xususiyatlari va ta’lim olish layoqatlari
Kattalar ta’limida ularning yoshlariga xos xususiyatlarini hisobga olinishi ham ta’lim samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan hisoblanadi. Kattalik davri ham bir necha davrlarga bo‘linib, bu o‘spirinlik, yoshlik, etuklik, keksalik va qarilik davrlaridir..
18-30 yoshlik davri hisoblanib ,bu o‘z hayot yo‘lini, maqsadlarini belgilab olish va shu yo‘lda faol harakat qilish davridir.
18-19 yoshlik – har tomonlama faollik. O‘z-o‘zini to‘liq qidirish, anglash. O‘zining keyingi taqdirini belgilab olish. Bu bajarib ko‘rish, xato qilish davri. Demak,qo‘llab- quvvatlashga muhtoj bo‘lgan davr.
22-28 yosh – real hayotga kirishda o‘z yo‘nalishlarini tanlashga, belgilab olishga harakat qilish, o‘z hayotiy maqsadlarini belgilab olish;
Etuklik 30-55-60 yosh hisoblanib, fiziologik, psixik va ijtimoiy jihatdan etuk bo‘lgan davr. Etuklik insonning ko‘p yillik intellektual va ma’naviy xususiyatlari uning shaxsi asosi shakllangan va ro‘yobga chiqadigan davridir. Bu davr kishining o‘zini shaxs sifatida namoyon etishga harakat qilishining natijasi hisoblanadi.
29-34 yosh – savollar krizisi. O‘zi tanlagan yo‘llarning to‘g‘riligidan xavotirlik va ayrimlarini to‘g‘rilashga harakat, fikrlar qarama-qarshiligi;
35-43 yosh – kechiktirib bo‘lmaslik krizisi. Hayotning ko‘p yo‘llari bo‘lganligini anglagan holda kasbiy faoliyatda, shuningdek, shaxsiy hayotda maqsadlari bilan qay darajada erishganligini tahlil qilish;
44-50 yosh – barqarorlikka erishishga harakat. O‘z shaxsiy hayotini vazminlik bilan idrok etish, o‘z hayot maqsadlariga erishish uchun jiddiy va tezkor harakat;
50 va undan katta yosh – aql va mulohaza bilan ish yuritishga intilish, hayotdan zavq olishga erishish, yumshoqlik, vazminlik.
Keksalik hayotning mazmunini, qadrini tushunadigan, o‘zhayotidan mehnatining xosilini yig‘adigan davr. O‘zining bilim va tajribalarini baholaydigan va ularni boshqalarga o‘rgatadigan davr muammosi.
Keksalarni o‘qitish dunyo miqyosida ham katta ahamiyatga ega masaladir. CHunki butun dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda umumiy xalqning 3/1 qismini keksalar tashkil etmoqda. Bu davr donolik davri hisoblanadi. Atrofdagilar uchun bilim va tajriba manbaidir. Ko‘p rivojlangan mamlakatlarda keksalar uchun akademiyalar, universitetlar, kurslar mavjud.
Katta yoshdagi har bir inson o‘z ehtiyoj va motivlaridan kelib chiqqan holda o‘z bilimlarini oshirib, malakalarini rivojlantirib borishga ehtiyoj sezadi.
YOsh o‘tgan sari katta odamda ta’lim olishga nisbatan layoqat kamayib bormaydimi? Olingan bilimlarni kerakli hajmda va tempda o‘z faoliyatiga qo‘llay oladimi?
Aslida tabiat kishi hayotining barcha davrlarda atrof hayot, boshqa odamlar bilan bog‘liq informatsion- ta’limiy o‘z munosabatida bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan barcha biologik va neyrofiziologik shart-sharoitlarni yaratgan. Kishi turli yoshida olayotgan bilimlari samarali bo‘lishi uchun ularga albatta tafakkur jarayoni kerak bo‘ladi. B.G.Ananev, L.I.Ansiferova, YU.N.Kulyutkin, V.S.Rotenberg, E.N.Stepanova, G.S.Suxobskayalarning ko‘p yillik o‘tkazgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, tafakkur inson hayotining barcha davrlarida faolligini yo‘qotmaydi, lekin uning sturukturasida, tizimida ma’lum bir kattalar ta’limi bilan shug‘ullanuvchi insonlar bilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
18-25 yoshgacha kishilarda obrazli va verbal tafakkur ustunlik qiladi. Amaliy tafakkur asosan 21 yoshdan verbal va obrazli tafakkurning rivojlanganlik darajasiga etib oladi va 27-28 yoshlarda esa ular rivojlanishda amaliy tafakkur verbal va obrazli tafakkurdan o‘tib ketadi. 30-40 yillarga yaqin obrazli tafakkur yanada rivojlanadi. 40 yoshga yaqin o‘zida shakllangan intellektual tizimni o‘z mehnat faoliyati tabiati va xususiyatlari bo‘yicha tadbiq eta oladi. 40 yoshdan 55 yoshga odatda amaliy tafakkurda pasayish kuzatiladi uning faolligi obrazli va verbal mantiqiy shakllarga tenglashadi. Ta’kidlash mumkinki, 50 yoshdan keyin verbal tafakkur obrazli tafakkurdan ustunlik qiladi.
Inson hayotining 34-35 yoshlarida va 45-50 yoshlarida xotiraning nisbatan pasayishi ko‘zga tashlanadi. Lekin inson organizmining imkoniyatlari, kuchli motivatsiya, o‘z yoshiga xos layoqatlar dinamikasining hisobiga katta inson muammolarini bartaraf eta oladi, o‘zgarishlarni hal eta oladi. Katta bo‘lgan sari informatsion talablar, muammolarni hal eta oladi. Sog‘liq, madaniyat, oila 40 yoshgacha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu yoshdagi ayollarda esa kasbiy faoliyat bo‘yicha talablaridan zaruriy bilimlarni olish ehtiyojlaridan tashqari sog‘liq va oila masalalari bo‘yicha bilimlarni egallash ehtiyoji yuqoriroq o‘rinni egallaydi. Bu holat ularda 35-40 yoshgacha davom etadi.
40 yoshdan boshlab esa erkaklarda ham sog‘liqni saqlash va mustaxkamlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish ehtiyoji chiqadi. Erkaklarda 2-o‘rinda kasbiy faoliyat bo‘yicha bilimlarga qiziqishlari saqlanib qolsa, bu qiziqish ayollarda 41-55 yoshda 4-o‘ringa 56 yoshda esa oxirgi o‘ringa tushadi.
Kattalarning ta’lim olish layoqatlari andragog faoliyatining psixologik jihatdan tashkil eta olinganligiga ham bog‘liq. Samaradorlik ko‘rsatkichlari kattalar auditoriyasining professor-o‘qituvchiga nisbatan ishonchi va ochiqligi; tinglovchilarning ishga jalb etilishining yuqori darajasi; mashg‘ulot davomida bilish faolliklarining qat’iyligi; tinglovchilar orasida yuzaga keluvchi samimiy psixologik muhit; tinglovchilarning bir-biriga hamda ma’ruzachi-trenerga yordam so‘rab samimiy murojaati; ta’lim jarayonida biron-bir tinglovchida yuzaga keluvchi muammo va qiyinchiliklarga ijobiy munosabat; mashg‘ulot davomida tinglovchilarning hamkorlikda muhokama qilish uchun o‘z muammolarini izhor eta bilishlari; tinglovchilarning o‘z nuqtai nazarini erkin bayon eta bilishlari; hamkorlikdagi faoliyatning o‘rnatilganligi; andragog shaxsi va uning kasbiy nuqtai nazariga (pozitsiyasiga) bo‘lgan hurmat va qiziqish; ma’ruzachi-trener (andragog) o‘qituvchi fikriga qo‘shilish istagi; kattalar ta’limi tajribalarining ta’lim sohasiga kiritilishi natijasida ta’lim mazmuni samarasining namoyon bo‘lishi; ta’lim natijasiga qarab kasbiy va shaxsiy muammolarining hal etilishi imkoniyati; tinglovchining ta’lim natijalaridan qoniqishi; tinglovchilarning ta’lim yakunidan so‘ng o‘zaro aloqalarni davom ettirish istagining yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi, hamda bu xususiyatlar andragogikaning muhim jihatlaridir. Demak,

  • andragogik bilimlar ta’lim jarayoni, maqsad va vazifalarini to‘g‘ri belgilashda, ta’lim texnologiyalarini to‘g‘ri qo‘llashdagina yaxshi samara beradi;

  • tinglovchilarning yosh xususiyatlarini va ularning ehtiyojlarini bilgan holda ta’lim berish ta’lim sifatini oshirishga va ko‘zlangan natijalarga erishishga xizmat qiladi;

  • malaka oshirish jarayonida andragogik bilimlar qo‘llanilayotgan yangi ta’lim shakllarini mazmun va mohiyatini to‘g‘ri aniqlash hamda to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.

Malaka oshirish jarayoni samaradorligi tinglovchining shaxsiy faolligiga ham bog‘liqdir.
Faollik quyidagi komponentlarga ega:

  • o‘quv topshiriqlarini bajarishga tayyor turishi;

  • mustaqil faoliyatga harakat;

  • vazifalarni ongli bajarish;

  • o‘qishdagi uzviylik;

  • o‘z shaxsiy darajasini oshirishga harakat.

Samaradorlik tinglovchining malaka oshirish davomidagi mustaqil ta’lim olishlariga ham bog‘liq: mustaqil ta’lim quyidagilardan iborat.

  • kutubxonada ishlashi;

  • internetdan foydalanishi;

  • o‘zaro tajriba almashishi;

mustaqil ravishda kursdan keyingi ta’lim dastur mazmunini tanlay bilishi. Tinglovchida malaka oshirishga nisbatan ijobiy motivning shakllanganligi. Kattalar ta’lim jarayoni samaradorligiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri markazda psixologik xizmatning tashkil etilishidir. O‘qituvchiga psixologik xizmat ularning:

  • psixologik onglarini oshishiga;

  • o‘zliklarini tahlil etish va anglashga;

  • o‘z shaxsiy muammolarini hal etish yo‘llarini belgilab olishlariga;

  • o‘zlariga nisbatan ishonchni orttirishga;

  • qat’iylashgan hayotiy qarashlarining o‘zgarishiga;

  • psixologik va pedagogik xizmat haqidagi tushunchalarini kengayishiga;

  • qiyin va muammoli vaziyatlardan chiqish yo‘llarini bilishga;

samarali muloqot yo‘llarini bilish va hokazolarga yordam beradi. Kattalar ta’limini tashkil etishda ularning yoshlariga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olish, kattalar ta’limi prinsiplariga amal qilish andragogika samaradorligining muhim omili hisoblanadi.

Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling