Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
- 10 mavzu. Yoshlik, yetuklik va keksalik davrining psixologik xususiyatlari
Download 2.17 Mb.
|
3-mig` majmua
9- 10 mavzu. Yoshlik, yetuklik va keksalik davrining psixologik xususiyatlari
Reja Yoshlik davri va uning o`ziga xos xususiyatlari, o`z-o`zini anglash, kasbiy anglanganlik. Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psihologik xususiyatlari, yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psihologik xususiyatlari. Yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik jihatlari. Gerоntopsixologiya - keksalik psixologiyasi haqida umumiy tushuncha. Psixolog olimlarning keksayish davri haqidagi falsafiy fikrlari. Keksalik davrining o`ziga xos xususiyatlari. Biologik keksayish davridagi shaxs psixologiyasi. Keksalik davridagi shaxsning psixologik hususiyatlari. Uzoq umr ko`ruvchilarning psixologik hususiyatlari. Bugungi kundalik hayot har bir katta insonga katta ijtimoiy talablar qo‘ymoqda. U kelajakni ko‘ra olishi, imkon qadar muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritishi va o‘z ishidan qoniqishi kerak. Buning uchun esa katta inson - mutaxassis doimo o‘z ustida ishlashi, o‘z malakasini oshirib borishi, o‘z-o‘zini teran anglashi va hurmat qilishi lozim. Sotsiologlarning ta’kidlashicha, oliy o‘quv yurti bitiruvchisi amaliy faoliyatning samaradorligi 15-20 % egallangan bilimlarga, erishgan muvaffaqiyatlarining qolgan qismi esa bevosita odamlar bilan ishlay olishi mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. SHuni ham ta’kidlash joizki, agar oliy o‘quv yurti bitiruvchisi egallagan bilimini 100 % deb olinsa, bir yildan so‘ng u bilimining 20 % ini avtomatik ravishda yo‘qotadi. SHuning uchun mutaxassis fundamental nazariy bilimlarini saqlab qolishi, chuqur bilimli bo‘lishi uchun bir haftada kamida 6-7 soat o‘z ustida ishlashi, shuningdek, malaka oshirish kurslarida o‘qish uchun vaqt ajratishi lozim. Kattalar ta’limini tashkil etish maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, litsey kollej o‘quvchilarining ta’limini tashkil etishdan tubdan farq qiladi.Ushbu ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini pedagoglar deb atalsa, kattalarga ta’lim beruvchilarni andragoglar deb ataladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, litsey va kollejlarda ta’lim, tarbiya ishlari nazariyasi va metodikasi bilan pedagogika fani shug‘ullansa, kattalar ta’limini tashkil etish masalalari bilan andragogika fani shug‘ullanadi. Androgogika o‘qitish nazariyasining bir qismi bo‘lib, o‘quv faoliyatining katta odam sifatidagi sub’ektini yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishi bilan birga, bu yangiliklardan o‘z kasbiy faoliyatlarida foydalanish yo‘llari bilan ham qurollantiradi. Ma’nosidan kelib chiqadigan bo‘lsak, andragog o‘z etaklayotgan odamining tabiati, qiziqishlari hamda o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishi lozim bo‘ladi. Aynan shu yo‘nalishda XX asrning 60-yillarida B.G.Ananev andragogikaning fanlar tizimiga kiruvchi ilmiy bilimlar hamda amaliyot bilan bog‘liq bo‘lishi lozimligini aniqlab bergan. Kattalar ta’limining asosiy mazmuni siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar sharoitida o‘z oldiga mustaqil ravishda ta’lim maqsadlarini qo‘ya oladigan, unga erisha oladigan faoliyat sub’ektini shakllantirishdir. Kattalar ta’limi bu bir qancha kishilarning jonli munosabati jarayoni hisoblanib, unda katta odam o‘zaro munosabatga kirishishi, eshita bilishi, o‘zgalar holatiga tushishi, boshqalar fikri va nuqtai nazarini, yangilikni qabul qilishga o‘rganishi va bu borada andragog tomonidan imkoniyatlar yaratiluvchi jarayondir. Kattalar ta’limi bilan shug‘ullanuvchilar bu ta’limning asosiy funksiyalariga alohida ahamiyat berishlari kerak. Androgogika fani bevosita umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari o‘qituvchilari uchun, shuningdek, ijtimoiy sohada ish yurituvchilar, menejment ishlari, ommaviy axborot vositalari bilan ishlovchi shaxslar uchun nihoyatda zarurdir. Jurnalist, shifokor, kutubxonachi, siyosatchi, aktyor, amaliy texnolog va juda ko‘p shu kabi sohalarda faoliyat olib boruvchi, “inson – inson” munosabatlarini qamrab oluvchi mutaxassisliklar ham andragogik komponentni o‘z ichiga oladi. Katta yoshli shaxs muhim hayotiy va kasbiy tajribaga ega bo‘ladi. Kattalar ta’limi muassasasiga kelgan kishi bilim, talablar, ma’lumot beriladigan ob’ekt sifatida emas, balki, fikrdoshlar komandasining a’zosi, teng xuquqli sub’ekti sifatida kirib keladi. U o‘zi uchun kerakli va dolzarb mavzularni aniq bilgani holda ularni qanday o‘rganish yo‘llarini ham to‘g‘ri belgilay oladi. O‘zi uchun kerakli masalalar bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganishga harakat qiladi. Kattalarning ta’limida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, rivojlanishlarga nisbatan o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarini mustahkamlash, to‘ldirishga bo‘lgan ehtiyojlari mavjud bo‘lib, bu ehtiyojlar insoniyat ehtiyojlarining asosi hisoblanadi va ko‘p jihatdan kattalar xatti-harakatlari yo‘nalishini belgilab beradi. Kattalarning doimiy ravishda o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini yangilab borish zaruriyatini anglab etishlari va shu ehtiyojning vujudga kelishi kattalar ta’limida muhim hisoblanadi. Bu borada: Kattalar hayotida muammolarning yuzaga kelishi ulardan qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishlarini talab etishi, ma’lum bir yoshdagi odam o‘zining ma’lumotlar bazasi va doirasiga egaligi, yoshidan qat’iy nazar, insonning ta’lim olishga nisbatan qobiliyatining mavjudligi kattalar ta’limining o‘ziga xos xususiyatlaridir. O‘z o‘rnida katta tinglovchilarning maktab o‘quvchilaridan psixologik jihatdan farqi shundaki, u ijtimoiy etuk, ishchi, xodim, mutaxassis maqomiga erishgan, ijtimoiy, psixologik ehtiyojlarini aniq anglagan shaxsdir. Uning o‘quv faoliyati kundalik duch kelayotgan qiyinchiliklari va muammolarini echishga qaratilgandir. Download 2.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling