Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


O‘qishni anglangan bo‘lishi prinsipi


Download 2.17 Mb.
bet77/110
Sana19.06.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1605721
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110
Bog'liq
3-mig` majmua

O‘qishni anglangan bo‘lishi prinsipi. Bu prinsip o‘quvchi va o‘qitayotgan kishi tomonidan o‘qish jarayoni barcha parametrlarini va o‘qish jarayonini tashkil etish bo‘yicha o‘z xatti-harakatlarini anglab olishni bildiradi.

SHunday qilib, o‘qitishdagi andragogik prinsiplar o‘qishning andragogik modeli singari o‘qitishning pedagogik prinsiplari va o‘qitish modelidan tubdan farq qiladi.Lekin shuni ta’kidlash mumkinki, dars berishning pedagogik prinsiplaridan kattalar ta’limi sohasida ham foydalanish mumkin. Pedagogik modelda o‘quvchi to‘liq holda o‘qituvchiga qaram bo‘ladi O‘qituvchi o‘quvchiga nimani o‘rganish kerak, qanday o‘rganish kerakligini, ya’ni ta’lim maqsadini, mazmunini va ta’lim natijalarini belgilab beradi.
Samaradorlik o‘quv jarayonining shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida tashkil etilganligiga bog‘liq.
Rivojlantiruvchi ta’lim. Malaka oshirish jarayonidagi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tinglovchining mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olgan holda potensial imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, asosida amalga oshiriladi.
SHaxsni rivojlantirish, jahon standarti talabiga javob beradigan, o‘ziga, boshqa insonga, jamiyatga, davlatga, tabiatga va mehnatga o‘zining to‘g‘ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat yurita oladigan, ijodkor, tadbirkor shaxsni tayyorlash, mustaqil ishlashga, o‘z-o‘zini tarbiyalashga sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Mazkur ta’lim jarayonida muammoli, qisman izlanuvchan, axborot- reproduktiv, interfaol metodlar qo‘llaniladi.
Muallim androgogning shaxsni rivojlanish psixologiyasi bo‘yicha bilimlarni bilishi va ulardan o‘z faoliyatlarida foydalanishi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish uchun tinglovchilarning akademik, didaktik, ijtimoiy - psixologik ehtiyojlarini bilishi va shu ehtiyojlarni hisobga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil qilishi, malaka oshirish uchun kelgan tinglovchilar bilan o‘zaro ijobiy munosabatlarni o‘rnata olishi, androgogik ta’lim texnologiyalari va o‘qitish shakllarini bilishi, mashg‘ulotlar davomida umumiy va shaxsga yo‘naltirilgan qoidalarni ishlab chiqa bilishi haqida ham o‘z tavsiyalarini berishi juda muhim.
Mazkur jarayonda professor o‘qituvchi:

  • o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta bilishi;

  • androgogik bilimlarga ega bo‘lishi;

  • zamovaniy ta’lim texnologiyalarini bilishi;

  • muloqotchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi lozim.

Bularning barchasi malaka oshirish jarayonini to‘g‘ri boshqarishda asos bo‘la oladi.
VI. Andragogning ta’lim jarayonini to‘g‘ri va oqilona boshqara olishi ham o‘qituvchi shaxsi kamolotida nihoyatda ahamiyatli. O‘quv jarayonini boshqarishning bir necha funksiyalari mavjud.
Bu borada andragog boshqarishning funksiyalarini yaxshi bilishi va bu funksiyalarni amalga oshirishi lozim. Bu funksiyalar quyidagilardan iborat:

Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling