Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 2.17 Mb.
|
3-mig` majmua
Birinchi funksiya: tashkiliy funksiya bo‘lib, u o‘z ichiga o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etishni va buning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarning yaratilishini oladi.
Ikkinchi funksiya: bevosita o‘qituvchining qiziqishi va talablarini qondirishga yo‘naltirilgan holdagi ijtimoiy funksiyadir. SHuningdek, bu funksiya o‘qituvchilardagi ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida boshqarishning ana shu ijtimoiy funksiyasiga umumiy o‘rta maktablar ta’lim- tarbiya jarayoniga, shuningdek malaka oshirish jarayoniga ham juda kam e’tibor berildi. O‘quvchilarning hohish-istaklari va kayfiyatlariga ikkinchi darajali deb qaraldi. Hayot bu qarashning naqadar noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berdi. Boshqaruvning uchinchi funksiyasi ijtimoiy-psixologik funksiyadir. Bu funksiya o‘qituvchilarning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘ladigan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni o‘qituvchilarning o‘zaro bir - birlarini nazorat qilishlari, o‘z-o‘zlarini boshqarishlari, shuningdek, mustaqil ta’lim olishlarini rivojlantirishga yo‘naltirishdan iborat. Umuminsoniy hamda alohida kasbiy ehtiyojlar darajasi har bir o‘qituvchida tabiiy xilma- xildir. Bunday sharoitda malaka oshirish tinglovchilarda o‘z vazifalarini bajarish sifatini oshirishga nisbatan xohish va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning tashabbus va ijodkorliklarini, o‘z- o‘ziga ishonish, o‘z-o‘zini boshqarish va mas’uliyat hissini uzluksiz rivojlantiruvchi ma’naviy-psixologik muhitni yaratish nihoyatda muhimdir. Malaka oshirish markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi har bir pedagog kurs tinglovchisi, har bir guruh qalbiga yo‘l topishi, ularning yuzaga chiqmagan imkoniyatlarini ochib berishi, o‘z-o‘zini namoyon etishiga yordam beruvchi muhitni yaratishi, ular o‘quv faoliyatining samarali bo‘lishiga erishishida nihoyatda zarurdir. Buning uchun malaka oshirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar, o‘z bilim va malakalarini oshirayotgan tinglovchilarning o‘quv faoliyatini boshqarishda quyidagilarga amal qilishlari lozim: Anglash – tinglovchining, guruhning, jamoaning ichki ruhiy ehtiyojlarini, boshqaruv vaziyatlarini o‘quv jarayoni davomida tinglovchilarda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni anglash. Download 2.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling