Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


-12 mavzu. Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari


Download 2.17 Mb.
bet82/110
Sana19.06.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1605721
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110
Bog'liq
3-mig` majmua

11-12 mavzu. Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari
Reja

  1. Ta`limning yosh va pedagogik psixologiya fanida tutgan o`rni, ta`lim va aqliy taraqqiyot.

  2. O`qish faoliyati va uning turlari, ta`lim va bilimlarni o`zlashtirishni boshqarish muammolari hamda imkoniyatlari, aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich tarkib toptirishning mohiyati,

  3. Muammoli ta`limning mohiyati, pedagogik baho va uning turlari, ta`lim texnologiyalarining psixologik xususiyatlari haqida ilmiy bilimlarni shaklliantirish.

  4. Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, tarbiya metodlari va turlari, bolalar jamoasi va uning tarbiyaviy imkoniyatlari,

  5. Tarbiyasi “qiyin” va o`zlashtirmovchi o`quvchilar bilan ishlash metodlari, ilmiy dunyoqarash va barqaror e`tiqodni shakllantirish metodlari, ideal, jinsiy tarbiyalash, mehnatning tarbiyaviy ta`siri o`z-o`zini tarbiyalashning metod va shakllari.

  6. Tarbiyaning psixologik mexanizmlari, milliy ong va milliy g`ururni tarbiyalashning psixologik asoslari muammosi yuzasidan tasavvurlarni shakllantirish.



Ta’lim psixologiyasi - pedagogik psixologiyaning eng muhim qismlaridan biridir.
Ta’lim - juda keng ma’noga ega bo`lib, u bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish, o`rganish, o`rgatish jarayonidir. Bu ta’rif xozirgi zamon ta’limi uchun yetarli emas. Chunki xozir mustaqillik davrida ta’lim o`zining mazmuni bilan o`quvchilarga bilim, ko`nikma va malakalar berish bilan birga, o`quvchilarni xozirgi zamon ruxida milliy kadrlar, jaxon madaniyati va maorifining ilg`or g`oyalaridan oqilona foydalanib tarbiya beruvchi, bola shaxsini rivojlantiruvchi, uni mustaqil fikrlashga o`rgatuvchi, ilmiy tushuncha va izlanishlarga layoqatli qiluvchi ta’lim xamdir.
Ta’lim ikki tomonlama jarayon;
1-dan, o`quvchi tomonidan bajariladigan, boshqariladigan,
2-dan, o`quvchi tomonidan bajariladigan jarayondir.
Demak, ta’lim jarayoni o`rganish va o`rgatish, o`rganib olish va uni xayotga tadbiq etish xususiyati bilan izoxlanadi.
O`rganish (o`qitish) - bu o`qutuvchining o`quvchilarga bilim, ko`nikma va malakalar berish, ularda yangi xaqiqatni ochishga qodir bo`lgan ijodiy, mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.
O`rganish- bu o`quvchilarning o`qituvchi tamonidan berilgan bilimlarni, qabul qilishlari jarayoni, o`zlarida bilish qobiliyatlarini, fikrlash operatsiyalari va xarakatlarni tarkib toptirish jarayonidir. Bu passiv mushoxada jarayoni emas, balki o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga beriladigan bilim va malakalarni faol ravishda qayta ishlash jarayonidir.
O`rganishning asosiy mohiyatii shundaki, bunda – o`qish jarayonida o`quvchilar mustaqil ravishda bilim ola bilish va bu bilimlardan foydalana olish ko`nikmasini o`z ichiga oluvchi aqliy va jismoniy mehnat elementlarini o`ziga sindiradi.
Ta’limning muvaffaqiyati o`quv materiallarning mazmunigagina, ta’lim usullarigagina emas, balki u ko`p jixatdan o`quvchining qanday o`qiyotganligini bilishga, ya’ni o`quvchining yosh xususiyatlariga, aqliy taraqqiyoti va faolligiga muvofiq malakalarni o`zlashtirish jarayonining psixologik asoslarini bilishga xam bog`liqdir.
O`qish jarayoni - o`quvchining o`ziga xos xususiyatlariga xam, uning psixik rivojlanishining (aqlliy, emosional, irodaviy jixatdan) individual tavsifnomasiga, unda o`qishga nisbatan qaror topgan munosabatlariga, uning qizikish-xavaslariga bog`liqdir. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim jarayoni o`quvchiga nimani va qanday qilib o`zlashtirishning oddiy bir xil natijasi emas, ya’ni sirtdan ta’sir qiladigan shart-sharoitlarning oqibati emas, balki o`quvchining individual-psixolok xususiyatlariga bog`liq ravishda amalga oshiriladi. Ta’limni ijodiy o`zlashtirish, o`rganish, bilim egallash 3 omilga:
1. Nimani o`qitishga;
2. Kim o`qitadi va qanday o`qitishga;
3 Kimni o`qitishga bog`liq.
1- xolda: o`qitisht xarakteri o`zlashtirilayotgan materiallarga, uning mazmuniga va qanday tizimda yetkazib berilayotganligiga bog`liq.
2- xolda: a) o`qituvchining uslubiy maxoratiga;
b) ish tajribasiga;
g) uning bilimiga bog`liq;
3- xolda: a) kimni, qanday o`quvchini o`qitishtga;
b) psixik rivojlanishining individual tavsifnomasiga;
v) qiziqsh va xavaslariga bog`liqdir.

Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling