8. Ijtimoiy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar hammadan avval va ko‘proq tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘z ifodasini topadi hamda unda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi?
A) orfoepiyada *B) leksikologiyada (lug‘at tarkibida)
C) grammatikada D) so‘z yasalishida
9. Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qaysi shevalar asos qilib olingan?
A) Andijon-Shahrixon B) Xorazm-Urganch C) Toshkent-Guliston
*D) Farg‘ona-Toshkent
10. O‘zbek adabiy tili qaysi jihatdan Toshkent shahar shevasiga asoslanadi?
*A) fonetik B) morfologik C) sintaktik D) leksik
11. Morfologik tasnif bo‘yicha o‘zbek tili qaysi guruhga kiradi?
*A) agglyunativ tillarga B) amorf tillarga C) flektiv tillarga
D) polisintetik tillarga
Uyga vazifa:
1-topshiriq.Xalqaro tillarni ajratib, ko‘chiring.
Shotland, ingliz, irland, chjuan, xitoy, kartaliy, abxaz, ingush, udmurt, nemis, eston, venger, mordov, fransuz, darg‘in, rus, svan, avar, batsbiy, guriy, ispan, tuareg, lazgin, somali, arab, kobil, oysor, ivrit, shilx.
2-topshiriq.O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarashning taqiqlanganligi “Davlat tili haqida”gi qonunning qaysi moddasida yozilganligini toping.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Do'stlaringiz bilan baham: |