Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Fanning amaliy mashg‘ulotlari ishlanmasi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAN YUZASIDAN MA’RUZA MASHG`ULOTLARI
FAN YUZASIDAN MA’RUZA MASHG`ULOTLARI 1-MAVZU: O’zbek tili-O’zbekiston Respublikasining Davlat tili ekanligi. Milliy va adabiy til. Tilning paydo bo’lishi, tillarning taraqqiyoti, tillarning tasnifi. RЕJA: Tilshunoslik fani va uning o`rganish obyekti. O`zbеk adabiy til haqida tushuncha. O`zbеk adabiy tili tariхi. O`zbеk milliy tilining shakllanishi. O`zbеk adabiy tili bo`limlari. Tayanch atama va ibоralar: Tilshunoslik fani, o`zbek tili, adabiy til, adabiy til shakllari, adabiy tilga asоs bo`lgan shеvalar, adabiy til sоhalari, adabiy til uslublari, qadimgi turkiy til, eski o`zbek tili, hozirgi o`zbek tili. Tilshunoslik fani kishilar tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga kiradi. “Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan”. Tilshunoslik fani hozirgi zamon fanining barcha asosiy turlari bilan bog‘liq. Tilshunoslik – ko‘p qirrali fan. U fan sifatida umumiy va xususiy, nazariy va amaliy tilshunoslikka ajratiladi.Umumiy tilshunoslik barcha tillar bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtiradi va turli tillarga tatbiq etiladigan nazariyani yaratadi. Umumiy tilshunoslikning maqsadi: 1) tilning tabiatini, mohiyatini aniqlash; 2) til haqidagi fanning sathlarini va ularni o‘rganuvchi sohalarni belgilash; 3) tillarning tasnifini yaratish; 4) lingvistik tahlil metodikasini ishlab chiqish va boshqalar. Xususiy tilshunoslik – alohida, ayrim til haqidagi fan; jumladan, o‘zbek tilshunosligi - o‘zbek tili haqidagi fan, qozoq tilshunosligi - qozoq tili haqidagi fan, rus tilshunosligi – rus tili haqidagi fan va h.k. O‘z-o‘zidan ayonki, har bir xususiy tilshunoslik ma’lum bir konkret tilga xos bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Nazariy tilshunoslik til haqidagi nazariyani o‘rgansa, amaliy tilshunoslik lingvistik bilimlarni amalda qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling