Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Tillarning morfologik tasnifi


Download 4.13 Mb.
bet6/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Tillarning morfologik tasnifi. Jahon tillarining morfologik tasnifi nisbatan keng tus olgan, chunki morfologik tizim tilning eng barqaror sathi hisoblanadi. Morfologik tasnif so‘zning tuzilishidagi o‘zak va qo‘shimchalarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga asoslanadi.
Bu tasnifga ko‘ra tillarning qarindoshligidan qat’i nazar, so‘zlarning tuzilish turi asos qilib olinadi.Morfologik tasnifga muvofiq jahon tillari to‘rt guruhga bo‘linadi:
1) amorf (so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchasiz) tillar; 2) agglyutinativ tillar; 3) flektiv tillar ; 4) polisintetik tillar.
Amorf tillarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda gap tarkibidagi so‘zlar hech qanday so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarsiz, to‘g‘ ridan-to‘g‘ ri birikib, bog‘lanib keladi. Bunday tillarda grammatik ma’no yordamchi so‘zlar, so‘z tarkibi, muzikal urg‘u va ohang (ohang) orqali ifodalanadi. Mazkur vositalar so‘zlar orasidagi sintaktik munosabatni o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Amorf tillarga xitoy, tibet, birma, vetnam va xitoy-tibet oilasiga mansub bo‘lgan boshqa tillar misol bo‘la oladi.
Agglyutinativ tillarda har bir grammatik ma’no odatda alohida affiks bilan, ma’lum bir grammatik ko‘rsatkich bilan ifodalanadi. Masalan, maktablarga so‘z shakli tarkibidagi –lar qo‘shimchasi ko‘plik ko‘rsatkichi, -ga affiksi jo‘nalish kelishigi ko‘rsatkichidir. Bormadilar so‘z shakli bor - o‘zak, -ma – bo‘lishsizlik shaklini yasovchi affiks, -di – yaqin o‘tgan zamon shaklini yasovchi affiks, -lar – III shaxs ko‘plikni ifodalovchi affiksdir. Bunda biror affiks o‘zakka yoki ma’lum bir affiksga qo‘shiladi.
Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, shu jumladan, o‘zbek tili, fin-ugor tillari, dravid, indonez, hindu tillari va boshqalar, shuningdek, alohida tillar hisoblanmish yapon va koreys tillari kiradi.
Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik ma’no odatda birgina grammatik ko‘rsatkich orqali ifodalanadi. Masalan, rus tilidagi kniga so‘zshakli tarkibidagi –a affiksi (tugallanmasi) uch grammatik ma’noni: 1) jinsni (jenskiy rod), 2) bosh kelishikni (imenitelniy padej), 3) birlik sonni (yedinstvennoye chislo) bildirib kelgan; rus tilidagi uchu so‘z shakli tarkibidagi –u affiksi ham uch grammatik ma’noni: 1) aniqlik (xabar) maylini; 2) hozirgi zamonni; 3) 3-shaxs birlikni ko‘rsatish uchun xizmat qilgan.
Flektiv tillardagi bunday grammatik ko‘rsatkich (tugallanma) fleksiya deb yuritiladi. Fleksiya ikki xil bo‘ladi: tashqi fleksiya va ichki fleksiya.
Tashqi fleksiya so‘z oxiriga qo‘shilib kelsa, ichki fleksiya so‘zning o‘zagida bo‘ladi. Fleksiyaning ikkala turi ham so‘zni grammatik jihatdan o‘zgartiradi. Tashqi fleksiyali tilga rus tili misol bo‘la oladi: zeml-ya, vod-a, pol-e, oblak-o, lyud-i so‘zlari oxiridagi unlilar, tugallanmalar so‘zning grammatik ma’nosini ko‘rsatib turadi.
So‘z o‘zagi ichidagi tovushni, unli tovushni o‘zgartirish yo‘li bilan grammatik ma’noni ifodalash ichki fleksiya sanaladi. Masalan, inglizcha woman (ayol) so‘zshakli tarkibidagi a unlisi birlik sonni, women (ayollar) so‘zshaklidagi e unlisi ko‘plik sonni ko‘rsatuvchi fleksiyadir.
Flektiv tillarga hind-yevropa, semit, xamit tillari kiradi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling