MAVZU YUZASIDAN TARQATMA MATERIAL
1-tarqatma material.
Omonimlik bilan ko’p ma’nolilikning farqi nimada?
Metafora ma’no ko’chishining qaysi turi.
2-tarqatma material.
Metonimiya qatnashgan gapga misol keltiring.
Vazifadoshlikka misol keltiring.
MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq. Metonimiya usuli bilan ma'nosi ko‘chgan so‘zlarni aniqlab, o‘z va ko‘chma ma'nolarini yozing.
1. Olti so‘mini yubor, uchi yoningda qolsin.(O.) 2. Necha yuz yillardan buyon Qoplonbop shunday gavjum yashaydi.(S.Ahm.) 3. Mahalla u mutta-hamdan ikki-uch martaba shikoyat qilgan.(O.) 4. Shovqin shunchalik ko‘tarilgan ediki, Muzaffar zalni tinchitguncha o‘lib bo‘ldi.(J.Abd.) 5. Qo‘lidagi bo‘r polga tushib singandan keyin, butun sinf qah-qah urib kulib yuborgach, u o‘ziga keldi.(J.Abd.) 6. ... lekin Ochil buva hamon hayot, bu yil qovun pishig‘ida to‘qson to‘rtga kiradi. (As.M.)
7. “Qalandar” muvaffaqiyat qozondi, hatto alohida yozuvchilar, tanqidchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.(A.Q.) 8. Adabiyot etagim ikki uchini belimga aylantirib bog‘laydi. (T.Murod) 9. Keyin telefon trubkasini olib bog‘ni ulashni buyurdi. (S.Ahm.) 10. Kirgan bo‘lsa o‘n to‘qqiz-yigirmalarga kirgan.(S.Ahm.)
2-mashq.Sinekdoxa usuli yordamida ma'nosi ko‘chgan so‘zlarni topib, o‘z va ko‘chma ma'nolarini yozing.
1. Xonimchaga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu bois Manzuraning savoliga javob bermagani andak g‘ashini keltirgan bo‘lsa-da, gapni davom ettirdi.(T.Malik) 2. Paxmoqsoqol bir nimaning ilinjida o‘tirganini sezsa ham, Asadbek to‘xtamay o‘tib ketmoqchi bo‘ldi.(T.Malik)3. - Nimaga o‘xshaydi? – qiqirlab, og‘zini bekitib kuldi qiyiq ko‘z. (Mirm.) 4. Mo‘ylovning brigadasi Mingbuloqning o‘ng tomonida, O‘rozqulning uzumzoriga yondosh edi. (O.Yo.) 5. Hoji xola, tirnoq xuddi o‘ziga kerakdek, To‘raxon ko‘radigan bola unga baxt keltiradigandek, o‘zida yo‘q suyunib To‘raxonni ... quchoqladi. (M.I.) 6. Endi unga ufqlar ko‘rinadi, yaylovlar kengayadi, chorva keng yoyilib, tuyoq ko‘paygandan ko‘paya boradi. (As.M.)
Do'stlaringiz bilan baham: |