Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


MAVZU YUZASIDAN TARQATMA MATERIAL


Download 4.13 Mb.
bet177/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

MAVZU YUZASIDAN TARQATMA MATERIAL
1-tarqatma material
So’zlar qaysi qatlamga tegishli ekanligini toping
Do’st, yuz, ko’k, kuy, katta, qоshida, kеchikmоq, chоpmоq, urishmоq, оsmоn, o’rtоq, aft, bashara, оvqat, mo’l, buyuk, yonida, hayallamоq, yugurmоq, ulug’, оg’a – ini, ulkan, do’ppaslamоq, chеhra, dam, sоvuq, issiq, ayamоq, ayoz, iliq, tin, to’хtamоq, do’st, charchamоq, mayda, tasalli, ildam, tеng, taхmin, jadal,. Taskin, tеz, baravar,. Shitоb, chama, faraz, barоbar, tusmоn, shaхt, sоdiq, sоtqin, vafоdоr, хоin, sirpanchiq, sеkinlashmоq, tоyg’оq, susaymоq, tirg’anchiq.
2-tarqatma material
Savollarga javob bering.

  1. Fors-tojikcha o’zlashma so’zlarga xos belgilar haqida gapiring.

  2. Rus tilidan o’zlashgan so’zlarni qatnashtirib gap tuzing.

MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi jargon so‘zlarni topib, ma'nolarini izohlang.
1. Tavba! Eshon “gardkam” deb oshiq otadimi, a? (O.) 2. Shu asnoda g‘oyib-dan “minutichka” degan ovoz eshitildi. (N.Aminov) 3. Saqichini og‘zidan olib qo‘yib, mantini ustiga-ust tushirayotgan Alibek: - Neshtyak, - dedi. (P.Q.) 4. U zavodni eplay olmaydi. Qurug‘idan tortishga berilib ketibdi.(T.Malik) 5. Elchin, bratan, men shu yerda kutib turayinmi? (T.Malik) 6. O‘, bu erkakning o‘yini bo‘ldi. Shu paytgacha qaerda edingiz, erkak?! (T.Malik) 7. – Hamma yoq tinch, - dedi u hisob berib. – Qurolla-rini berishdi. – Sapchishmadimi? – Yo‘q. (T.Malik) 8. – Patsan-ku bu, bo‘sh kelish yo‘q, - dedi G‘ilay mensimagan tarzda. (T.Malik) 9. Yigit: – Vey, paxan, uylar nishtyak-ku, a? Qoyilman, erkak, qoyilman, gap yo‘q! – deb so‘rashmoq uchun qo‘l uzatdi. (T.Malik) 10. Zang‘ar shtabga yetib kelguncha uning ham joni saqarga ketibdi. (Z.Fatxullin)
2-mashq.O‘zbek tiliga rus, ingliz, fransuz, nemis, lotin tilidan kirib o‘zlashgan quyidagi so‘zlarni aniqlab, guruhlarga ajratib yozing.
Tezis, gubernator, pulemyot, konstitutsiya, front, voleybol, kostyum, kapital, sud, nol, metr, kampaniya, samokat, imperializm, rolik, revolyusiya, shaxta, imperator, vertolyot, poeziya, pedal.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling