2-mashq. Quyidagi gaplarda ketma-ket kelgan sinonimlarni aniqlab, sinonimik qatorlar hosil qiling.
1. Nurmat tog‘a ozoda, mirishkor odam bo‘lganidan shiyponni guldek tutadi. (S.Ahm.) 2. Moyli bo‘yoqdan tortib toza spirtgacha uning qo‘lida. 3. Begona yurtda, bolasi diydoridan uzoqda armon bilan ko‘z yumdi. (S.Ahm.) 4. Tolibjon ko‘p mashaqqatlarni birga kechirgan xotinini yot el tuprog‘ida qoldirdi. 5. Aspirantura yillari qishloqqa kelishning sira iloji bo‘lmadi. (S.Ahm.) 6. Birga o‘sib katta bo‘lgan singlisiga uylanishga Tolibjon aslo rozi emasdi. (S.Ahm.) 7. Giyohlarda zarracha g‘ubor yo‘q. (S.Ahm.) 8. Maysalarning bu ko‘rinishi hozirgina dastgohdan tushgan beqasamga o‘xshab ketardi. (S.Ahm.)
3-mashq.O‘qing. Antonimlarni topib, antonimik juftlar hosil qiling.
1. Eskilik yangilik uchun yo‘l bersa, buning nimasi yomon? (J.Abd.) 2. Kuz xunukmi, chiroylimi, baribir marra oldin bitirganniki.(O.) 3. Lekin har holda ozmi-ko‘pmi bu yerda ter to‘kdim, yaratish bobida yana qancha orzularim bor.(O.) 4. Nima balo bo‘ldi-yu, bozorga aylanishib, katta-kichikning farqiga bormay qo‘ydi. (S.Ahm.) 5. Aravalarda, otlarda, piyoda ketib borayotgan yoshu yalang, qari-qartanglar suyunchlari ichlariga sig‘may yalla aytishadi...(M.Ism.) 6. O‘shanda jiyani haqni nohaqdan ajratolmasa senga ham qiyin bo‘ladi.(P.Q.) 7. ...ayniqsa keyingi paytlarda munosa-batlarimiz yuzini qor bosib qolyapti, muzlash boru, erishdan darak yo‘q...(J.Abd.) 8. Bu dunyo o‘zi shunday g‘alati dunyo ekan, kelaman desa, yaxshilik ham, yomonlik ham ustma-ust kelaverar ekan.(O.Yo.)
SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH
Оmоnimlar dеb nimaga aytildadi?
Оmоnimlarning qanday ko`rinishlari bоr?
Sinonimiya nima?
Sinonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?
Antonimiya nima? Antonimik juftlik-chi?
Antonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?
Paronimlar va omonimlar qanday farqlanadi?
Paronimlar va omofonlar qanday farqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |