MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TEST
1. So‘zlarning bir va ko‘p ma’noliligi tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) fonetikada B) frazeologiyada
C) leksikologiyada D) morfologiyada
2. 1. Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. 2. Meni boshqa tashkilotga ishga chaqirishyapti. 3.Ming qo‘ylining ishi bir qo‘yliga tushadi. Ushbu gaplarda qo‘llangan ish so‘zi o‘zaro ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) sinonim so‘zlar B) omonim so‘zlar
C) antonim so‘zlar D) ko‘p ma’noli so‘zlar
3. Bir ma’noli so‘zlar qaysi qatorda?
A) ko‘z, qosh B) og‘iz, bosh
C) etak, oyoq D) chumchuq, ravish
4. Omonimiya quyida berilgan qaysi birliklar orasida voqe bo‘lmaydi?
A) ikki so‘z orasida
B) ikki ibora va ikki tasviriy ifoda orasida
C) ikki qo‘shimcha orasida
D) sanalgan barcha birliklar orasida omonimiya vujudga kelishi mumkin
5. Qaysi qatorda berilgan so‘zlar tarkibidagi qo‘shimchalar o‘zaro omonim hisoblanadi?
A) kiyinmoq-ekinlar B) o‘qildi-yozildi
C) gulzorlarda-paxtazorga D) uchrashmoq-o‘rganish
6. Qaysi qatordagi juftliklar o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi?
A) adil-odil B) adolatli-odil C) adil-tik D) odil-adl
7. O‘chib borayotir qanchalar kalom,
Ne-ne bitiklar ham yo‘qdir, vassalom,
Dunyoda faqat bir sobit suxan bor:
U o‘z farzandingga o‘zing qo‘ygan nom (A.O.)
Banddagi sobit so‘zining sinonimi...
A) yoqimli B) ishonchli C) qat’iy D) doimiy
8. Quyidagi hodisalarning qaysi biri uchun shakliy bir xillik xos?
A) ko‘p ma’noli so‘zlar uchun xos B) omonimlarga xos
C) paronimlarga xos D) A va B
9. Qaysi so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) yuvindi – yuvundi B) yoriq – yorug‘
C) charlamoq – chorlamoq D) archish – artish
Uyga vazifa:
Katakchalarni to`ldirib lelsik birlikning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turini yozing.
Leksik birlik
|
Ma’nodoshi
|
Zid ma’nodoshi
|
Shakldoshi (necha turkumda)
|
Paronimi
|
Variantdoshi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |