MAVZU YUZASIDAN TARQATMA MATERIAL
1-tarqatma material
Ibora deb nimaga aytiladi?
Frazemalar o’rtasidagi sinonimlik haqida ma’lumot bering.
2-tarqatma material
Iboraga ta’rif bering.
Bu voqeani ko’rib, Zaxroning ko’zlari qinidan chiqib ketdi.
MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi iboralarni toping.
1. Ular gangir-gungur gaplashib borarkan, yigit o‘zini butunlay tutib olishga harakat qilardi. (J.Abd.) 2. To‘g‘onbek garchi vaziyatini ozgina bo‘lsin o‘zgartirmagan bo‘lsa ham, tili kesilib, vahm bir sukutga ketdi. (O.) 3. Siz aytganday arqon uzun tashlansa, ular qo‘rg‘onlarini shunday mustahkamlab oladilarki, keyin o‘nta atom bomba tashlab ham tinchita olmaysiz. (T.Malik) 4. Ota kasbida gap ko‘p ekan, birim ikki bo‘lib boryapti.(G‘.G‘.) 5. Nima, sening ko‘zing qiymayaptimi? (P.Q.) 6. Ertaga elning og‘ziga tushadi, unda nima degan odam bo‘lamiz, xalq nima deydi? (S.Ahm.) 7. – Tog‘alariga tortgan bo‘lsa nima, - dedi tog‘alari arpangizni xom o‘rganmidi? (P.Q.) 8. Sho‘rim qaynadi, Olimxon aka, nimasini so‘raysiz, qizim yo‘qoldi. (O.) 9. Kim biladi, balki Mirhaydar otamni ham oyog‘idan chalar bir kun... (O.) 10. Nima qilish kerak? Boshim qotdi. (O.) 11. – Qani, tuyog‘ingizni shiqillatib qoling – sheriklik osh qornimni og‘ritadi. (Sh.) 12. - ... keyin men boshimni ko‘chada qanaqa qilib ko‘tarib yuraman.
2-mashq. Gaplardagi iboralarni topib, ma'nolarini izohlab yozing..
N a m u n a : ko‘z yumib – e'tibor bermasdan.
1. Biroq u quruvchilikni sevadi, shunday bo‘lgandan keyin haligiday nuqsonlardan ko‘z yumib keta olarmidi?(J.Abd.) 2. Ko‘zimning ostiga olib yurgan bir popukday qiz bor. (A.Q.) 3. Birovning mulkiga nega ko‘z olaytirishadi? Nima haqlari bor? (O‘.U.) 4. Soddaroq va beg‘amroq, shu bilan birga haybatli ko‘ringani uchunmi, Jamolboyga ko‘proq gap otadi, hazillashadi.(O.) 5. U uyiga qaytar ekan, dili sira yorishmaydi. (S.Ahm.) 6. Juftakni to‘g‘rilab, uyimga qaytdim.(G‘.G‘.) 7. Nega Nuri erkaklar ishi-ga burnini tiqadi.(O.) 8. Hay-hay, bola, og‘zingga qarab gapir, to‘riq qashqa o‘ldi, dedingmi?(G‘.G‘.) 9. Ota qizini to‘kis-tugal mol bilan uzat-gan. Uning ustiga dardchil cholning besh kunligi bormi, yo‘qmi?(S.Ahm.) 10. –Durust, miyang to‘libdi, - dedi kulib Tantiboyvachcha, - yaqin o‘rtada uncha-muncha ularmoni bir cho‘qishda qochirasan.(O.) 11. Odamlaringiz juda chapdast ekan. Yulduzni benarvon yigitlar o‘shalar.(O.) 12. Shu alpozda oyog‘im yerga, boshim osmonga tegmay o‘tirdim.(S.Ahm.)
Do'stlaringiz bilan baham: |