Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


-mashq.Gaplar tarkibidagi so‘z yasovchi qo‘shimchasi bor so‘zlarni topib, namunadagidek yozing


Download 4.13 Mb.
bet187/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

2-mashq.Gaplar tarkibidagi so‘z yasovchi qo‘shimchasi bor so‘zlarni topib, namunadagidek yozing. N a m u n a : mehmonxonadan, ...
1. Maxdum, mehmonxonadan yurib kelgan oyoq tovushini eshitib, yomonlagan otdek tipirchiladi.(A.Qod.) 2. Anvarning “tanishsizlik va uysizlik” fikrining aksicha fotihaxonlar ham ko‘rinib qoldilar...(A.Qod.)
3. Sharif ham shunday o‘ylamasin deb, hanuz unga gapirganim yo‘q.(A.Q.)
4. Qishloq o‘rtasidan kesib o‘tgan soyning shovillashi eshitilmas, faqat daraxtzorlar, xarsanglar orasidan buralib-buralib o‘tishi ajib bir manzara hosil qilar edi.(S.Ahm.) 5. Saidiy haqiqatan talabalik vaqtida ko‘p she'rlar yozgan, bularning ko‘pchiligi devoriy gazetalarda bosilgan...(A.Q.) 6. Haydar hoji qirq yoshlardagi, o‘rta bo‘yli, ozg‘in... kishi bo‘lib, kiygan kiyimi uni yana ham ko‘rimsiz qilar edi. (A.Q.)
7. G‘oyibnazarni yangi mavsum oldidan hisobchilikdan bo‘shatishdi. (A.Q.)


3-mashq.Gaplar tarkibidagi so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchasi bor so‘zlarni topib, namunadagidek yozing.N a m u n a : o‘zim, ...
1. O‘zim olib kelganimda kamchiliklari ko‘rsatilar va bu ko‘rsatmalar-ning keyingi ishlarim uchun yordami tegar edi.(A.Q.) 2. Manzuraning dilida shu tuyg‘u bor , lekin bunday so‘zlarni maromiga yetkazib ulab, ayta olmaydi.(T.Malik) 3. – Qudrat akamning alamlari bor, - qo‘shib qo‘ydi Gulchiroy.(J.Abd.) 4. Hirot xo‘rozlari kechaning sukutini ikkinchi dapqir buzganda, Darveshali uyqu bosgan ko‘zlarini uqalab, o‘z xonasiga chiqdi.(O.) 5.– Tanimabman, ozib ketibsiz! – deb yubordi. – Kechiring...(H.G‘.) 6. Ra'no kulib o‘rnidan turdi va supadagi ko‘zi ilg‘agan g‘ujumlarni terib Anvarga berdi.(A.Qod.) 7. Katta, favqulodda voqyea qarshisida inson har narsani unutib, yolg‘iz shu voqyeaning hayajoni, sezgisiga berilganidek, yosh olim ham butun vujudi bilan xalq fikriga, xalq dardiga qiziqdi.(O.) 8. Bu yerga umumiy ish yuzasidan yig‘ilganmiz, shuni unutmanglar.(J.Abd.) 9. Uning gaplari Nurmat tog‘aning qulog‘iga kirmaydi, boshi g‘uvillab, ko‘zlari tinib, holsizlanib kursiga o‘tirib qoladi.(S.Ahm.)

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling