Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Shakl yasovchi qo‘shimchalar


Download 4.13 Mb.
bet186/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Shakl yasovchi qo‘shimchalar yangi so‘z yasamaydigan, so‘zlarning grammatik formalarini shakllantiradigan va turli grammatik ma’nolarni anglatadigan qo‘shimchalardir. Masalan, talabalarimizningso‘zida –lar, -imiz, -ning qo‘shimchalari, kelmading so‘zida –ma, -di, -ng qo‘shimchalari qatnashgan bo‘lib, ulardagi –lar ko‘plik ma’nosini,-imiz I-shaxs ko‘plik ma’nosini, -ning qaratqich kelishigi ma’nosini, -mafe’lning inkor ma’nosini, -di fe’lning o‘tgan zamon ma’nosini,-ng fe’lning shaxs-son (II-shaxc) ma’nosini ifodalaydi.
MAVZU YUZASIDAN TARQATMA MATERIALLAR
1-Tarqatma material
O’qing. So’zlarni morfemalarga ajrating.
Bu tuprоq chеhrasi – Vatan chеhrasi
Оta – оnamizning yuziday tanish
Biz uning milliarddan bir hujayrasi
Harоmzоdalikdir tuqqandan tоnish
2-Tarqatma material
O’qing. Gapning morfemik tarkibini aniqlang.
Qayiqlar to’хtaydigan jоyda оch yashil, tiniq mоviy rang hоshiya chizilgan оppоq qayiqlar еngil to’lqinda chayqalib turardi.
MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq.Quyidagi gaplar tarkibidagi so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajrating. N a m u n a : Kitobxonlar = kitob + xon + lar.
1. Kampir uning qishloqdan zakot undirgali ketganini aytib, uning otini xashakka qo‘yishni buyurdi.(O.) 2. ... bu do‘stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi.(A.Q.) 3. Ali Qushchi kaftini qoshlari ustiga tutib, navkarlarni yaxshiroq ko‘rishga urindi, lekin navkarlar mash'al-larini boshlari uzra baland ushlab turishar, sersoqol yuzlari chala-chulpa ko‘rinardi.(O.Yo.) 4. Ayvondagi o‘choq oldida o‘tirgan ayol o‘rnidan turdi-da, hovliga yuz o‘girdi. (P.T.) 5. Xonkeldieva so‘zini cho‘rt kesib gapiradi va ishini shartta qiladi-qo‘yadi.(H.G‘.) 6. Davolovchi vrach Latofatning hampalatasini emlash bahonasida olib chiqib ketdi. (T.Malik) 7. Cholning qo‘lidagi miltiqning uchi unga to‘g‘rilangan, cholning ikki ko‘zidan o‘t chaqnardi.(S.Ahm.) 8. Uning Asadbek bilan yaqinligi garchi do‘stlik libosida ko‘rinsa-da, aslida odam bolasiga xos samimiylikdan yiroq, faqat bir maqsad yo‘lidagi majburiy birlashuv edi.(T.Malik) 8. ... qizga o‘zbek qishlog‘ining sodda hayoti, oq ko‘ngil odamlari juda yoqdi.(S.Ahm.)



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling