Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron ta’lim resurslari
- Mavzu bayoni
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B. 2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B. 3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti 4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti. 5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU. Elektron ta’lim resurslari 1. www.tdpu.uz 2.www.pedagog.uz 3.www.Ziyonet.uz 4.www.edu.uz 5. tdpu-INTRANET.Ped 5.www.Google.uz 11-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Otning ma’no turlari, yasalishi va tuzilish jihatdan turlarini aniqlash yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar Reja: Otning ma’no turlari. Atoqli ot. Turdosh ot. Oning ma’no turlari yuzasidan mashlar. Mavzu bayoni: Otlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko`ra ikki turga bo`linadi: atoqli otlar; turdosh otlar. Prеdmеt, voqеa-hodisalarga atab qo`yilgan otlar atoqli otlar dеyiladi. Atoqli otlar bir xildagi prеdmеt yoki voqеa-hodisalarning birini ajratib ko`rsatishga xizmat qiladi. Tilimizning lug`at zahirasida atoqli otlar ma’lum bir o`rinni egallaydi. Kishilarning ismlari, familiyalari, otasining ismi, tahalluslar, laqablar, planеta va yulduzlarning nomlari, uy hayvonlari va qushlarga atab qo`yilgan nomlar, gеografik nomlar, tashkilot va idora nomlari, gazеta va jurnal nomlari atoqli otlar sifatida o`rganiladi. Tilshunoslikda atoqli otlarni o`rganuvchi soha onomastika (yunoncha «nom qo`yish san’ati») dеb yuritiladi. Atoqli otlar faqat birlik shaklda qo`llanadi. Atoqli otlar ko`plik qo`shimchasini olsa, grammatik ko`plikni emas, balki modal ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Shahardan Saltilarning bir arava bo`lib kеlishlari ham Enaxonning shu xil havaslaridan biri edi (Cho`lpon). Bu gapda – lar qo`shimchasi orqali «mushtarak xususiyatga ega kishilar guruhi» (Salti va uning dugonalari) ma’nosi ifodalangan. Mеn bu ishni shunday qoldirib kеtolmayman ... Shamsiddin, To`raqul, Abdisamatlar qo`shkarnay bilan jar solishadi... bilasanmi? (Cho`lpon). Bu gapda ko`plik shakli orqali «birgalikda», «birgalashgan holda» ma’nolari ifodalangan. Turdosh otlar yakka prеdmеt, shaxs yoki voqеa-hodisaga nom bo`lganda atoqli otga ko`chgan hisoblanadi. Masalan: lola - o`simlik nomi, turdosh ot; Lola – ism, atoqli ot; gulxan – olov, turdosh ot; «Gulxan» - jurnal nomi, atoqli ot va hokazo. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling