Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Qaysi so‘z turkumlari yasalmaydi?


Download 4.13 Mb.
bet193/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

7. Qaysi so‘z turkumlari yasalmaydi?
1) sifat; 2) son; 3) olmosh; 4) ravish; 5) taqlid so‘zlar; 6) undov so‘zlar.
A) 1,4 B) 2,3 C) 1,2,3,4 D) 2,3,5,6
8. Yasama so‘zni toping.
A) Berilgan so‘zlar tub so‘zlar. B) tibbiy C) samimiy D) milliy
9. Yasama so‘zlarni aniqlang:
1) dukurla; 2) bukla; 3) ishqala; 4) o‘yla; 5) qashila 6) tipirchila.
A) faqat 1 va 4.
B) barcha qatorda yasama so‘zlar berilgan
C) 1,2,4 – yasama so‘z, 3,5,6 – ma’noli qismlarga ajralmaydi.
D) 1,2,3,4
Uyga vazifa:
1-topshiriq. Semantik usul bilan yasalgan so‘zlarni ma'no ko‘chirishning qaysi yo‘li bilan ko‘chganligini ayting. O‘q(kamonning), o‘q(aravaning), o‘q(miltiqning); eshak(bola), eshak (o‘jar odam); qo‘y(hayvon), qo‘y(yuvosh odam): tulki(hayvon), tulki (ayyor odam).
2-topshiriq. Keltirilgan so‘zlardagi yangi semalar ma'no ko‘chirishning qaysi usullariga mansubligini aniqlab, ularni turlarga ajrating.
Ish - mehnat(ot)  ish - jazo (ot); nok - daraxt(ot) - nok - meva(ot), o‘q - kamon o‘qi (ot) - o‘q - arava o‘qi (ot), o‘q - kamon o‘qi (ot)  o‘q - miltiqning o‘qi (ot), samovar - buyum oti (ot) - samovar - choyxona (ot).
3-topshiriq. Misollarda qanday fonetik vosita yordamida yangi so‘z yasalayotganini tushuntirib bering.
a)yangi(sifat)-yangi(ravish),olma(ot)- olma(fe'l), oldi(fe'l) - oldi(ravish);
b) bobo - bibi, buva - buvi, ko‘r - ko‘z.
4-topshiriq. Yasalmalarni "yasalish asosi", "yasovchi vosita"ga ajrating.
temiryo‘lchi, ko‘p qavatli, gazlashtirish, chuqurlashtirish,
mo‘lchilik, o‘qituvchi, o‘quvchi, sihat-salomatlik, aravasoz.


Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling