Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Mavzu yuzasidan tarqatma materiallar


Download 4.13 Mb.
bet201/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Mavzu yuzasidan tarqatma materiallar
Quyidagi sifat so’z turkumiga mansub so’zlarni qaysi sifat darajalarida qo’llash mumkin.
Yaхshi, durust, tuzuk, chaqqоn, katta, ulkan, ulug’, buyuk, yomоn, хunuk, battol, chеvar, chеchan, oshiq, shirin, mazali, tоtli, go’zal, chirоyli, nafis, suluv, zеbо, ko’hlik, mo’min, yuvоsh, qоbil, qari, kеksa, qiyshiq, qing’ir, qahramоn, bоtir, mard, yumshоq, mulоyim, qiyin, murakkab.
SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMNI MUSTAHKAMLASH
1Sifat so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
2. Sifatlarni ma`no turlarini sanab bering.
3. Sifat yasovchi qo`shimchalari deb qanday qo`shimchalarga aytiladi?
4. Sifatlar qanday usullar bilan yasaladi?
5. Sifatlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
6. Sifat darajasi deb nimag aytiladi?
7.Sifatlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring


Mavzu yuzasidan testlar
1. Sifat turkumining o‘ziga xos morfologik xususiyatlari qaysilar?
A) darajalanish xususiyatiga ega
B) sifat aniqlovchilar o‘zlarining sifatlanmishlari bilan moslashmaydi.
C) sifatlar sodda va qo‘shma bo‘ladi
D) A, C
2. Narsa-buyumlardagi belgining ortiq-kamlik jihatdan farqlanishi...
A) nisbiy sifat deyiladi
B) tub sifat deyiladi
C) sifat darajasi deyiladi
D) qo‘shma sifat deyiladi
3. Orttirma daraja shaklidagi sifatlarni toping.
A) tim qora, qip-qizil, oqish
B) sarg‘ish, ko‘kimtir, qoramtir
C) yumshoqqina, och yashil, to‘q ko‘k
D) pak-pakana, bo‘m-bo‘sh, biram yoqimli.
4. Bunisi xiyol kattaroq ko‘rindi. Ushbu gapdagi sifat darajasini belgilang.
A) oddiy daraja B) orttirma daraja
C) ozaytirma daraja D) sifat qo‘llanmagan
5. Biram yoqimli havo birikmasidagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang.
A) orttirma daraja, fonetik vosita
B) orttirma daraja, morfologik vosita
C) orttirma daraja, leksik vosita
D) ozaytirma daraja, leksik vosita
Uyga vazifa:
1-topshiriq. Sifat so‘zlarni ma'nosiga qarab guruhlab ko‘chiring.
Erta bahorning serzavq kunlari. Yam-yashil adirlardagi giyohlardan taralgan xushbo‘y hidlar dimoqqa uriladi. Oftob charaqlaydi. Ko‘m-ko‘k osmon shishadek tiniq. Ola-quroq paxtali to‘nlar yelkadan tushgan. Katta-kichik mehnatkash dehqonning egnida xom surp yaktak. Xushchaqchaq qizlarning qop-qora sochlarida tol bargakdan soch popuk. O‘riklarning katta-kichik novdalarida och pushti marjon. Ariq bo‘ylarida yalpizlarning xushbo‘y hidi anqiydi. Baland-baland devorlar tagida qumursqalar o‘rmalaydi. (S. Ahm.)
2-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarni sifatlarning ma'no guruhlariga ko‘ra ajrating. Sho‘x, ziqna, qizil, yashil, talg‘ir, zangori, baland, ulkan, buyuk, uzun, qisqa, uzoq, yaqin, shirin, chuchuk, yozgi, qishki, ma'yus, keksa, qari, yosh, bo‘ydoq, go‘shtdor, to‘la, badbo‘y, qo‘lansa, sirtqi, kunduzgi, oq, qora.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling