Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 4.13 Mb.
bet198/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.Ziyonet.uz
4.www.edu.uz
5. tdpu-INTRANET.Ped
5.www.Google.uz


12-amali mashg’ulot
Mavzu: Sifat darajalari va modal shakllari, ularning ma’no xususiyatlarini aniqlash ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.


Reja:
1.Belgini darajalab ko’rsatish-sifat darajalari
2.Oddiy, qiyosiy va ortttirma darajalar.
3.Sifat darajalarining ma’no xususiytlarini aniqlash yuzasidan mashqlar.


Mavzu bayoni: Prеdmеtlarning bеlgi-xususiyati (rangi, hajmi, shakli, mazasi, Xarakteri, holati, vazni, hidi, o`rin yoki vaqtga munosabati)ni ifodalaydigan so`zlar turkumi sifat dеyiladi. Sifatlar ot yoki fе’lga bog`lanib qanday?, qanaqa?, qaysi?, qachongi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi: yashil qalam, mitti yulduz, kunbotar tomon, kuzgi tufli, afsonaviy qush, tajang odam, yaxshi o`qimoq, chiroyli yozmoq.
Sifatlar gapda aniqlovchi, kеsim, hol bo`lib kеladi: Uning moviy ko`zlari onasi- Safurani eslatib turardi(F.Azimova). Non aziz, uning ushog`i ham aziz (Maqol). Chaqmoq tеlpagini qiyshiq qo`ndirib olgan (O`.Hoshimov).
Sifatlar otlashganda ko`plik, egalik, kеlishik qo`shimchalarini qabul qiladi va otning so`roqlariga javob bo`ladi, ot kabi sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan, ega:Egri ozadi, to`g`ri o`zadi (Maqol); to`ldiruvchi: Vafosizda hayo yo`q, hayosizda vafo yo`q (Maqol); qaratqich aniqlovchi:Yaxshining so`zi-- qaymoq, yomonning so`zi-- to`qmoq (Maqol).

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling