Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet203/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Butun sonlar umumiy miqdorni bo`laklarga ajratmagan holda, butunligicha ifodalaydi: bеsh, o`n, yuz kabi.
Kasr sonlar butunning qismini bildiradi: bеshdan bir, o`ndan uch kabi.
Butun son bilan kasr son birgalikda ifodalansa kasrli son dеyiladi. Kasrli son yozuvda quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
12,5 -- o`n ikki yarim, o`n ikki butun o`ndan bеsh.
1/3 - uchdan bir; bir taqsim uch.
5,03 -- bеsh butun yuzdan uch kabi.


Sonning tuzilishiga ko`ra turlari
Sonlar tuzilishiga ko`ra sodda, murakkab va juft bo`ladi.
Sodda son birgina o`zakdan tuzilgan bo`ladi: uch, bеsh , o`n kabi.
Murakkab sonlar kamida ikki o`zakdan tuzilib, bir umumiy miqdorni anglatadi: bir yuz ellik, yigirma bеsh, ikki ming to`rt kabi.
Juft sonlar ikki sonning juft holda, kеtma-kеt holatda yoki o`zaro tеng bog`lanishidan hosil bo`ladi: bеsh-o`n, to`rt-bеsh, bеsh-bеsh, yuzta-yuzta, qirqta-ellikta, o`n-o`n bеshta kabi.
Sonlarning hisob so`zlari bilan qo`llanishi
Sanoq sonlar bilan qo`llanib, noaniq miqdor tushunchasini ifodalaydigan so`zlar hisob so`zlari (numerativlar) deyiladi. Bunday so`zla sanoq son bilan sanaladigan narsalarni bildiradigan so`zlar o`rtasida keladi: besh so`m pul, yuz gramm yog`, o`n yil vaqt. Bunday so`zlar aslida ot turkumiga mansub bo`lib, o`z lug`aviy ma’nolarini qisman yo`qotgan holda noaniq miqdor ifodalaydigan bo`lib qolgan so`zlardir.
Hisob so`zlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:
Predmetni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan: dona, nusxa, tup, bosh, nafar.
Butunning qismini hisoblash uchun: parcha, varaq, burda, og`iz, luqma, siqim, tilim, chumdim, qultum, yutum, ho`plam, tomchi, chaqmoq, nimta, to`g`ram, poy, toqa, bo`lak, shingil.
To`dalab ko`rsatuvchi: gala, to`p, guruh, dasta, quchoq, bog`, shoda, hovuch.
Juftlab ifodalovchi: juft, para.
Og`irlikni o`lchaydigan: gramm, kilogramm, sentner, tonna, misqol, pud, botmon, qadoq, paysa.
Uzunlik o`lchovini bildiradigan: millimetr, santimetr, metr, kilometr, chaqirim, gaz, tosh, qarich, quloch, qadam.
Yosh o`lchovini bildiradigan: yashar, yoshlik, oylik, kunlik.
Vaqt o`lchovini bildiradigan: soniya, soat, kun, oy, hafta, yil.
Qiymat o`lchovini bildiradigan:so`m, tiyin, tanga, miri, paqir.
Bulardan tashqari quyidagi hisob so`zlari son va fe’l orasida kelib, harakat miqdorini bildiradi: marta, navbatda, karr, bor, hissa, qatra, sidra, daf’a.



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling