Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Bitishuv munosabatidagi birikmalarni aniqlang


Download 4.13 Mb.
bet252/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

5. Bitishuv munosabatidagi birikmalarni aniqlang.
A) ko‘klam quyoshi, bahor tongi B) maftunkor chehralar, tezda kelmoq
C) o‘lkamiz chiroyi, ko‘l suvi D) xat yozdi, quduq qazdi, so‘z sehri
6. Kelishikli boshqaruv qatnashgan gapni aniqlang.
A) Mol topguncha aql top. B) Ko‘ringan tog‘ning yirog‘i yo‘q.
C) Xalqim uchun, Vatan uchun kurashdim. D) Ot birdan sapchidi.
D) bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan
Uyga vazifa:
Gaplar tarkibidagi so‘z birikmalarini boshqaruv, moslashuv va bitishuv usullari bilan birikishi bo‘yicha guruhlarga ajratib yozing.
1. Kecha Hamida ota-onalar majlisi bo‘lishi to‘g‘risida maktabidan qog‘oz olib kelgan. (A.Q.) 2. Raisimiz Sotiboldi shu kunlarda mening uyimda yashirinib turibdi. (H.G‘.) 3. Uning bu jilmayishida allanechuk sirli ma'no bor edi. 4. Novdalar qaytadan gulga bezanib, Kurtaklar yam-yashil bargchalar yozib, Atrofda parvona shamol esadi. (S.Zunnunova) 5. Havoni tutash, qandaydir vahshiy, dahshatli guldurama qopladi. (O.) 6. Lekin yangi uyda uni katta quvonch kutib turardi. (X.T.) 7. Qorong‘ida Usmonov uni yaxshi ko‘rolmadi. (O‘.Umarbekov) 8. Hafiza nafaqat Umidga, boshqalarga ham hayo bilan gapirardi. (Mirm.) 9. Sayroqi qushlar, urishqoq it, xo‘rozlar ham ko‘ziga yomon ko‘rinib ketdi. (G‘.G‘.) 10. Oxirgi marta yigirma ikkinchi avgustda ertalab ko‘rganman. (T.Malik) 11. Shu o‘rtada biordan bu xo‘jayin borib qoldilar. (O.) 12. Yuzini ajin bosgan xomush yo‘lovchi birinchi bo‘lib o‘ziga keldi. (A.Nesin) 13. Biz tog‘dan uyimizga eson-omon yetib keldik. 14. Arxitektorlar esa o‘z ijod mevalarini qog‘ozdan hayotga olib kiradilar.(P.Q.)


Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M. Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling