Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Modal so`zli so`z birikmasi


Download 4.13 Mb.
bet250/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

4. Modal so`zli so`z birikmasi.
Bu tipdagi birikmalarni hokim komponenti o`rnida modal so`zlar keladi:
O`zingda yo`q olamda yo`q.
Til faktlari shuni ko`rsatadiki, ravish va sifat turkumiga kiruvchi so`zlarning boshqaruvchilik xususiyati ot va fe’l boshqaruvchiligiga nisbatan passiv bo`lib, nutqda kamroq qo`llanadi.
MAVZUGA OID TARQATMA MATERIALLAR
1-Tarqatma material.
Bеrilgangaplarniso`zbirikmalarigaajratibtahlilqiling:
FayziхоnbilanAdоlatningоzоdlikkachiqib, yayrabyurishganibоynitiriklayino`ldiraredi.
2-Tarqatma material
Bеrilgan gaplarni so`z birikmalariga ajratib tahlil qiling:
Usmоnali akaning bеlidan quvvat kеtib, qariligi bilinadigan bo`lib qоldi.
MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq.Gaplar tarkibidagi so‘z birikmalarini aniqlab, otli va fe'lli so‘z birikmalariga ajratib yozing, bosh va ergash so‘zlarni ustiga yozing.
1. Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shni afzal. (G‘.G‘.) 2. Kon ishlarini bobolarimiz o‘z bobolaridan, ularning bobolari bobokalonlarimizdan o‘rganishgan. (S.Karomatov) 3. Ketma-ket kelayotgan quruvchilar, texniklar, tuproq qazuvchilar, montajchilar uchun birinchi navbatda makon kerak. (J.Abd.) 4. O‘sha lim-lim daryoni ayyuhannos solgan bilan orqaga qayirib bo‘larkanmi? (O‘.Usm.) 5. Bo‘ronboyning xizmatchisi qo‘l qovushtirib, darboza oldida turmoqda edi. (H.O.) 6. Muhiddin Jabborovich shularning barini o‘lchamay turib to‘g‘ri topayotgan edi. (O‘.Usm.) 7. Husayn Boyqaro Navoiyning uyida uch kun o‘tirdi. (M.O.) Hotam bilan Umid nozu ne'matlarga to‘la stol yonida yonma-yon o‘tirishdi; uzatilgan choydan ho‘plab, non tishlashdi. (Mirm.) 8. Namozboy bu gal ishni sal boshqacharoq tashkil etgan.(X.T.) 9. Tonggi salqin o‘rnini asta iliq shabada tafti egallay boshlaydi.(J.Abd.) 10. Farmonov bu juvonni dashtda bir-ikki marta ko‘rgandi.(O.Yo.) 11. Vazira Sherzodning bu dalilini ham yashil siyoh bilan belgiladi.(P.Q.) 12. Ertasiga Ergash kuni bo‘yi ro‘zg‘or ishlari bilan ovora bo‘ldi.(As.M.)



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling